Shukurov Rustam Juraqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Markaziy Osiyo va Rossiyada Buxoro amirligi tarixining o‘rganilishi (1991-2018 yy.)”, 07.00.08 – Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Tar430.
Ilmiy rahbar: Ilhomov Ziyovutdin Adhamovich, tarix fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03./30.12.2021.Tar.26.03.
Rasmiy opponentlar: Ishquvatov Valiqul Turdievich, tarix fanlari doktori, dotsent; Xudoyqulov Tulqin Do‘stboboevich, tarix fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 1991-2018-yillarda Markaziy Osiyo va Rossiya hududlarida amalga oshirilgan Buxoro amirligi tarixiga oid tadqiqotlarni tarixshunoslik nuqtai-nazaridan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Mang‘itlar sulolasi hukmronligi davrida Buxoro amirligi aholisining milliy tarkibi va ijtimoiy qatlamlari to‘g‘risidagi birlamchi manbalar ilk bor komparativ (qiyosiy) tahlil qilinib, tarixiy davrning real ko‘rinishi yoritib berilgan ilmiy ishlar aniqlangan;
Mang‘itlar sulolasi vakillari Muhammad Rahimbiy, Amir Shohmurod, Amir Haydar, Amir Nasrullolarning ichki va tashqi siyosatda markaziy davlat boshqaruvini mustahkamlash, ichki nizolarga barham berish, harbiy va savdo-sotiq ishlariga oid ilmiy tadqiqotlar nazariy-konseptual jihatdan o‘rganilib, Rossiya va Markaziy Osiyo tarixshunosligining o‘ziga xos xususiyatlari, jumladan obektiv va subektiv yondashuvlari ko‘rsatib berilgan;
Tadqiq etilayotgan davrda Markaziy Osiyo va Rossiyadagi Buxoro amirligi tarixshunosligiga oid adabiyotlar, tadqiqotlar va ilmiy izlanishlarning katalogi yaratilib, xronologik va sohalar bo‘yicha tasnifi yoritib berilgan;
Mang‘itlar hukumronligi davri  tarixiga oid mustaqillikgacha bo‘lgan davrdagi izlanishlarga nisbatan 1991-2018-yillardagi tadqiqotlarda ilmiy muammoga hukmron mafkura ta’siri bo‘lmaganligi va voqeliklarni ob’ektiv yoritish kengayib borganligi aniqlangan.
 IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mavzu yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Mang‘itlar sulolasi hukmronligi davrida Buxoro amirligi aholisining milliy tarkibi va ijtimoiy qatlamlari to‘g‘risidagi birlamchi manbalar ilk bor komparativ (qiyosiy) tahlil qilinib, tarixiy davrning real ko‘rinishi yoritib berilgan ilmiy ishlarga oid ma’lumotlardan Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondi mazmunini boyitishda foydalanildi (Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondining 2022-yil 29-iyundagi 01-25-29.06.22-sonli ma’lumotnomasi). Natijada “Oltin meros” xayriya jamoat fondining ma’lumotlar bazasini boyitish, aholining Buxoro amirligi tarixi xususidagi bilimlari va tarixiy tafakkurini boyitishga imkon berdi.
Mang‘itlar sulolasi vakillari Muhammad Rahimbiy, Amir Shohmurod, Amir Haydar, Amir Nasrullolarning ichki va tashqi siyosatda markaziy davlat boshqaruvini mustahkamlash, ichki nizolarga barham berish, harbiy va savdo-sotiq ishlariga oid ilmiy tadqiqotlar nazariy-konseptual jihatdan o‘rganilib, Rossiya va Markaziy Osiyo tarixshunosligining o‘ziga xos xususiyatlari, jumladan obektiv va subektiv yondashuvlariga oid ma’lumotlar “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Ochiq dars” va “Manbalar so‘zlaganda” ko‘rsatuvlari ssenariylarini yozishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “O‘zbekiston teleradiokanali”ning 2022-yil 4-martdagi 06-31-538-sonli ma’lumotnomasi”). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida Buxoro amirligi tarixi tarixshunosligini mazmun va mohiyatini keng jamoatchilikka etkazish va tarixiy bilimlarini boyitishga erishildi.
Tadqiq etilayotgan davrda Markaziy Osiyo va Rossiyadagi Buxoro amirligi tarixshunosligiga oid adabiyotlar, tadqiqotlar va ilmiy izlanishlarning katalogi yaratilib, xronologik va sohalar bo‘yicha tasnifi haqidagi ma’lumotlardan  A-1-30 raqamli “Milliy timsollar va ramzlar ensiklopediyasini nashrga tayyorlash” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini taminlashda foydalanilgan. (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 11-noyabrdagi 02-07-5005/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Buxoro amirligi tarixining zamonaviy tarixshunoslik tadqiqotlarida aks etishi va ulardagi nazariy konseptual yondashuvlar tahlilini amalga oshirishga xizmat qilgan.
Mang‘itlar hukumronligi davri  tarixiga oid mustaqillikgacha bo‘lgan davrdagi izlanishlarga nisbatan 1991-2018-yillardagi tadqiqotlarda ilmiy muammoga hukmron mafkura ta’siri bo‘lmaganligi va voqeliklarni ob’ektiv yoritish kengayib borganligiga oid ma’lumotlardan ko‘rsatuvlar ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “O‘zbekiston teleradiokanali”ning 2022-yil 4-martdagi 06-31-538-sonli ma’lumotnomasi”). Natijada O‘zbekiston tarixiga oid yangi va boshqa davlatlardagi tadqiqot natijalarini o‘rganish imkonini berdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish