Karimova Nilufar Sadirdin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “O‘zbekistonda klasterlar faoliyatini rivojlantirishning moliyaviy-iqtisodiy asoslari” 08.00.01-iqtisodiyot nazariyasi va  08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari) tutash ixtisosliklari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.PhD/Iqt2857
Ilmiy rahbar: Alimardanov Muxamadi Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dosent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Nabiev Elshod G‘anievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Toshqulov Abduqodir Xamidovich.
Yetakchi tashkilot: Toshkent xalqaro kimyo universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi paxta-to‘qimachilik klasterlarining moliyaviy-iqtisodiy asoslarini ilmiy tadqiq qilish asosida ularning tashkiliy asoslari va faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nazariy-uslubiy yondashuvga ko‘ra “iqtisodiyot sohasidagi klasterlar” tushunchasining mazmuni xomashyo etkazib berishdan tayyor mahsulot tayyorlashga qadar bo‘lgan jarayonlarni yagona texnologik tizimga birlashtirgan, iqtisodiyotning bir xil yoki bir-biriga bog‘liq sohalarida faoliyat yuritadigan va geografik jihatdan bir-biriga yaqin bo‘lgan hamda oraliq qo‘shilgan qiymatni uzilishlarsiz yuzaga kelishini ta’minlaydigan xo‘jalik yurituvchi subektlar tizimi nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
davlat tomonidan agrar sohani qo‘llab-quvvatlashga oid institutsional nazariyalar paxta-to‘qimachilik yo‘nalishidagi klasterlarning faoliyatini moliyalashtirishni maxsus jamg‘arma resurslari hisobidan tijorat banklari tomonidan asosiy qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yig‘im-terimi uchun imtiyozli davr va stavkada kreditlar ajratishni asoslash orqali takomillashtirilgan;
agrosanoatda ishlab chiqarish omillaridan samarali foydalanishga oid nazariy qoidalar asosida paxta-to‘qimachilik klasteriga ijara huquqi asosida er uchastkasini berishda qishloq xo‘jaligi xomashyosini mustaqil qayta ishlash quvvatining nisbatan eng katta salmog‘i mavjud bo‘lgan xo‘jalik subektlariga ustunlik berish taklifi asoslangan;
paxta-to‘qimachilik klasterlari mahsulot umumiy hajmining muayyan miqdoridagi eksportni ta’minlash (ETPTK≥50%), korxona umumiy kapitalida o‘z mablag‘lari ishtirokining quyi chegarasini belgilash (O‘MPTK≥30%), kredit majburiyatlari bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorliklar mavjud emasligi (MO‘QPTK=0%) mezonlariga javob bergan taqdirda ishlab chiqarish asosiy jarayonlarini kredit liniyalari ochish orqali moliyalashtirish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxta-to‘qimachilik sohasidagi klasterlarning tashkiliy va moliyaviy mexanizmlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
nazariy-uslubiy yondashuvga ko‘ra “iqtisodiyot sohasidagi klasterlar” tushunchasining mazmunini xomashyo etkazib berishdan tayyor mahsulot tayyorlashga qadar bo‘lgan jarayonlarni yagona texnologik tizimga birlashtirgan, iqtisodiyotning bir xil yoki bir-biriga bog‘liq sohalarida faoliyat yuritadigan va geografik jihatdan bir-biriga yaqin bo‘lgan hamda oraliq qo‘shilgan qiymatni uzilishlarsiz yuzaga kelishini ta’minlaydigan xo‘jalik yurituvchi subektlar tizimi nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Iqtisodiy siyosatga kirish” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2023 yil 21-dekabrdagi 387-sonli buyrug‘i).
Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda xomashyo etkazib berishdan tayyor mahsulot tayyorlashga qadar bo‘lgan jarayonlarni yagona texnologik tizimga birlashtirgan, iqtisodiyotning bir xil yoki bir-biriga bog‘liq sohalarida faoliyat yuritadigan va geografik jihatdan bir-biriga yaqin bo‘lgan hamda oraliq qo‘shilgan qiymatni uzilishlarsiz yuzaga kelishini ta’minlaydigan xo‘jalik yurituvchi subektlar tizimi nuqtai nazaridan takomillashtirilgan iqtisodiyot sohasidagi klasterlar tushunchasining bo‘yicha nazariy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish imkoni yaratilgan;
davlat tomonidan agrar sohani qo‘llab-quvvatlashga oid institutsional nazariyalarni paxta-to‘qimachilik yo‘nalishidagi klasterlarning faoliyatini moliyalashtirishni maxsus jamg‘arma resurslari hisobidan tijorat banklari tomonidan asosiy qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yig‘im-terimi uchun imtiyozli davr va stavkada kreditlar ajratishni asoslash orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyatini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2021-yil 26-fevraldagi PF-6179-sonli Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 yil 20 noyabrdagi 03/41-25388-con ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining faoliyatini yanada takomillashtirish va ushbu jamg‘armaning paxta-to‘qimachilik sohasidagi klasterlarining faoliyatini moliyalashtirish amaliyotini va uning rolini yanada oshirish imkonini bergan;
agrosanoatda ishlab chiqarish omillaridan samarali foydalanishga oid nazariy qoidalar asosida paxta-to‘qimachilik klasteriga ijara huquqi asosida er uchastkasini berishda qishloq xo‘jaligi xomashyosini mustaqil qayta ishlash quvvatining nisbatan eng katta salmog‘i mavjud bo‘lgan xo‘jalik subektlariga ustunlik berish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-noyabrdagi “Paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-14-sonli Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 yil 20 noyabrdagi 03/41-25388-con ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi paxta-to‘qimachilik sohasidagi klasterlarning faoliyatini ilmiy asosda tashkil etish imkonini yaratgan;
paxta-to‘qimachilik klasterlari mahsulot umumiy hajmining muayyan miqdoridagi eksportni ta’minlash (ETPTK≥50%), korxona umumiy kapitalida o‘z mablag‘lari ishtirokining quyi chegarasini belgilash (O‘MPTK≥30%), kredit majburiyatlari bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorliklar mavjud emasligi (MO‘QPTK=0%) mezonlariga javob bergan taqdirda ishlab chiqarish asosiy jarayonlarini kredit liniyalari ochish orqali moliyalashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-yanvardagi “Paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini tubdan isloh qilish hamda sohaning eksport salohiyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-2-sonli Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 yil 20 noyabrdagi 03/41-25388-con ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi paxta-to‘qimachilik sohasidagi klasterlarining eksport salohiyatini oshirishga va ularning faoliyatini kreditlash amaliyotini takomillashtirish imkonini yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish