Tojiboev Jaxongir Ilxomovichning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Turkistonda harbiy asirlar (1914-1924-yillar), 07.00.01 - O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tar874.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.12.2021.Tar.26.03
Ilmiy rahbar: Abdulla Rasulov Nuritdinovich, tarix fanlari doktori, professor
Rasmiy opponentlar: Xurshida Erkinovna Yunusova, tarix fanlari doktori, professor; Raxbar Ergashevna Xalikova, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Turkiston o‘lkasida 1914-1924-yillar oralig‘ida harbiy asirlari masalasi bilan bog‘liq tarixiy jarayonlardan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Birinchi jahon urushi yillari (1914 - 1918)da Turkiston o‘lkasida tashkil etilgan harbiy lagerlarning dislokatsiyasi aniqlangan va harbiy asirlarni saqlash qulay bo‘lgan yirik ma’muriy markazlar hisoblangan Toshkent, Samarqand, Jizzax, Skobelev (Farg‘ona), Namangan, Andijon, Qo‘qon, O‘sh, Xo‘jand, Ashxobod, Verniy (Almati), Pishpek (Bishkek) kabi shaharlarga jo‘natilganligi dalillangan;
harbiy lager tartiboti hamda asirlarning yashashi va mehnat qilishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlarni tashkil qilishda Qizil Xoch jamiyati va Yosh xristianlar tashkiloti (YMCA) kabi xalqaro tashkilotlarning, AQSh, Shvesiya, Daniya, Ispaniya kabi vositachi davlatlarning vakillari ishtirok etganligi isbotlangan;
harbiy asirlarning madaniy-ma’rifiy hayotdagi ishtiroki, jumladan, turk harbiy asirlarining Toshkentdagi jadid maktablaridagi pedagogik faoliyatlari, o‘lkadagi harbiy elita tomonidan chex harbiy asirlarining musiqa darslaridan repetitorlik qilishga jalb qilinganligi, chex musiqa orkestrining bayram tadbirlaridagi ishtiroki aniqlangan;
avstro-venger harbiy asirlari Turkiston o‘lkasidagi Toshkent va Bishkek shaharlarning shaharsozlik loyihalarini tayyorlashda qatnashib, Toshkentdagi katolik cherkovi, qishki teatri (hozirgi O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi binosi), Bishkekdagi botanika bog‘i kabi obektlar barpo etganligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Birinchi jahon urushi yillari (1914-1918)da Turkiston o‘lkasida tashkil etilgan harbiy lagerlarning dislokatsiyasi aniqlangan va harbiy asirlar asosan Toshkent, Samarqand, Jizzax, Skobelev (Farg‘ona), Namangan, Andijon, Qo‘qon, O‘sh, Xo‘jand, Ashxobod, Verniy (Almati), Pishpek (Bishkek) kabi shaharlarda joylashtirilganligi haqidagi tarixiy dalillardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2023-yil 24-oktyabrdagi 02-31-1518-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan ma’lumotlar natijasida tomoshabinlar 1914-1924-yillarda Turkiston o‘lkasida harbiy lagerlarning vujudga kelishi, harbiy asirlarning turmush tarzi to‘g‘risidagi yangi ilmiy ma’lumotlarga ega bo‘ldi.
harbiy lager tartiboti hamda asirlarga yaratilgan shart-sharoitni tizimli muvofiqlashtirishda Qizil Xoch jamiyati va YMCA kabi xalqaro tashkilotlarning, shuningdek, AQSh, Shvesiya, Daniya, Ispaniya kabi vositachi davlatlarning ishtiroki to‘g‘risidagi ilmiy dalillardan AQShning Shimoliy Jorjiya universitetining (University of North Georgia) “Rossiya imperiyasi” (“Imperial Russia”), “Zamonaviy dunyo inqiloblari” (“Modern World Revolutions”), “Zamonaviy harbiy tarix” (“Modern Military History”), “Birinchi jahon urushi tarixi” (“History of World War I”) o‘quv kurslaridan o‘quv qo‘llanmalar tayyorlashda foydalanildi. (Shimoliy Jorjiya universitetining 2023-yil 5-maydagi ma’lumotnomasi). Natijada, AQShning Shimoliy Jorjiya universitetidagi tarixga oid o‘quv qo‘llanmalar Rossiya imperiyasi va unga qaram bo‘lgan Turkiston o‘lkasi masalalari, Birinchi jahon urushi va harbiy tarix bilan bog‘liq ma’lumotlar bilan boyidi.
harbiy asirlarning madaniy-ma’rifiy hayotdagi ishtiroki, jumladan, turk harbiy asirlarining Toshkentdagi jadid maktablaridagi faoliyati, o‘lkadagi harbiy elita tomonidan chex harbiy asirlarining musiqa darslaridan repetitorlik qilishga jalb qilinganligi, shuningdek, chex musiqa orkestrining bayram tadbirlarnida ishtirok qilganligi kabi ma’lumotlardan Namangan viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida tashkil etilgan yangi ko‘rgazmada foydalanildi. (O‘zbekiston respublikasi madaniy meros agentligining 2023-yil 3-oktyabrdagi 02-06/3526-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rgazma ishtirokchilari 1914-1924-yillarda Turkistonda harbiy asirlar masalasiga doir ma’lumotlar bilan tanishdilar va asirlikdagi harbiylarning Turkiston o‘lkasidagi ma’rifiy-madaniy faoliyatlari haqida tasavvurga ega bo‘ldi.
avstro-venger harbiy asirlari Turkiston o‘lkasidagi shaharlarning shaharsozlik loyihalarini tayyorlashda qatnashib, Toshkentdagi katolik cherkovi, Toshkentning qishki teatri (hozirgi O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi binosi), Bishkekdagi botanika bog‘i kabi obektlar barpo etganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan Namangan viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida tashkil etilgan yangi ko‘rgazmada foydalanildi. (O‘zbekiston respublikasi madaniy meros agentligining 2023-yil 3-oktyabrdagi 02-06/3526-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, keng jamoatchilik harbiy asirlarning Turkiston o‘lkasidagi shaharsozlik va me’morchilik ishlarida qatnashganligi haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘ldi.