Yuldasheva Nilufar Abduvaxidovna
Iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sanoat korxonalarini boshqarishda innovatsion strategiyani rivojlantirishning ilmiy-metodologik asoslari”, 08.00.13 – “Menejment”, 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/Iqt438
Ilmiy rahbar: Xankeldieva Guzal Sherovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.60.03
Rasmiy opponentlar: Muftaydinov Qiyomiddin, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Gaibnazarova Zumrat Talatovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Rasulov Nodirbek Madraximovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik – texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sanoat korxonalarini boshqarishda innovatsion strategiyani rivojlantirishning ilmiy-metodologik jihatlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
to‘qimachilik tarmog‘i korxonasi uchun strategik ko‘ra bilishlik, strategik maqsadlar tizimi va innovatsion strategiyasini shakllantirish asosida to‘qimachilik sanoati korxonasi innovatsion faoliyatini strategik boshqarish modeli taklif etilgan;
sanoat korxonalarida yangi turdagi mahsulotlar va innovatsion texnologiyalar yaratishning g‘oyadan yakuniy iste’molchigacha bo‘lgan tizimning asosiy elementlari va ularni ishlash mexanizmi taklif etilgan;
to‘qimachilik sanoati korxonalarini kompleks baholash uslubiyoti [Samk] – me’yoriy samaradorlik koeffisienti hamda investision qo‘yilmalarni hisobga olgan holda takomillashtirish hamda innovatsion rivojlanishni boshqarish strategiyasi samaradorligini baholash indikatorlari taklif etilgan;
to‘qimachilik sanoat tarmog‘ining mavjud resurs imkoniyatlarini tahlil qilish asosida sabab-oqibat bog‘lanishlarini hisobga oluvchi “Qo‘shtepa hududiy innovatsion klasteri”ni shakllantirish algoritmi taklif etilgan;
innovatsion salohiyatdan foydalanish ko‘rsatkichlarining hozirgi baholash modellari orasidagi reprezentativligini e’tiborga olib sanoat ishlab chiqarish hajmining 2027-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
To‘qimachilik sanoati korxonalarini boshqarishda innovatsion strategiyani rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
to‘qimachilik tarmog‘i korxonasi uchun strategik ko‘ra bilishlik, strategik maqsadlar tizimi va innovatsion strategiyasini shakllantirish asosida to‘qimachilik sanoati korxonasi innovatsion faoliyatini strategik boshqarish modeli bo‘yicha berilgan taklif «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi faoliyatiga joriy etilgan («O’zto’qimachiliksanoat» uyushmasining 2023-yil 22-maydagi 03/25-1147-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida to’qimachilik korxonalarida innovatsion faoliyat, innovatsion salohiyat va innovatsion infratuzilma tizimini optimal darajada shakllantirish hamda innovatsion faoliyatni samarali boshqarish usullaridan foydalanish yo‘nalishlarini aniqlash imkoniyati yaxshilangan;
sanoat korxonalarida yangi turdagi mahsulotlar va innovatsion texnologiyalar yaratishning g‘oyadan yakuniy iste’molchigacha bo‘lgan tizimning asosiy elementlari va ularni ishlash mexanizmi bo‘yicha berilgan taklifdan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi «2022-2026-yillarda O’zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to’g‘risida”gi PF-165-sonli Farmonining 1-ilovasi loyihasini tayyorlashda foydalanilgan. («O’zto’qimachiliksanoat» uyushmasining 2023-yil 22-maydagi 03/25-1147-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida faoliyatni innovatsion tashkil etish bo‘yicha takomillashgan elementlar tarkibidan iborat mexanizm asosida sanoat korxonalarida innovatsion salohiyatini reyting tizimida baholash, strategiyalar samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar guruhini aniqlash, yangi turdagi mahsulotlar va innovatsion texnologiyalar yaratishning g‘oyadan yakuniy iste’molchigacha bo‘lgan tizimi ishlab chiqilgan;
to‘qimachilik sanoati korxonalarini kompleks baholash uslubiyoti [Samk] – me’yoriy samaradorlik koeffisienti hamda investision qo‘yilmalarni hisobga olgan holda takomillashtirish hamda innovatsion rivojlanishni boshqarish strategiyasi samaradorligini baholash indikatorlari taklifi «O’zto’qimachiliksanoat» uyushmasi tizimidagi korxonalar faoliyatiga joriy etilgan. («O’zto’qimachiliksanoat» uyushmasining 2023-yil 22-maydagi 03/25-1147-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida innovatsion rivojlanishni boshqarish strategiyasi samaradorligini baholashda me’yoriy samaradorlik va investision qo‘yilmalar koeffisienti kabi integral ko‘rsatkichlarini qo‘llash orqali to‘qimachilik sanoati korxonalarini kompleks baholash uslubiyoti takomillashtirilgan;
to‘qimachilik sanoat tarmog‘ining mavjud resurs imkoniyatlarini tahlil qilish asosida sabab-oqibat bog‘lanishlarini hisobga oluvchi “Qo‘shtepa hududiy innovatsion klasteri”ni shakllantirish algoritmi taklifidan “2022 — 2026 yillarda Farg‘ona viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-apreldagi 221-sonli qarorining 2-ilovasi loyihasini tayyorlashda foydalanilgan. («O’zto’qimachiliksanoat» uyushmasining 2023-yil 22-maydagi 03/25-1147-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Qo‘shtepa hududiy innovatsion klaster”ni shakllantirish algoritmi orqali to’qimachilik sanoati tizimidagi korxonalar innovatsion faoliyatini tashkiliy-iqtisodiy rivojlantirish yo‘nalishlarining innovatsion va texnologik konsorsiumi ishlab chiqilgan;
innovatsion salohiyatdan foydalanish ko‘rsatkichlarining hozirgi baholash modellari orasidagi reprezentativligini e’tiborga olib sanoat ishlab chiqarish hajmining 2027-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlaridan «O’zto’qimachiliksanoat» uyushmasining innovatsion rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan («O’zto’qimachiliksanoat» uyushmasining 2023-yil 22-maydagi 03/25-1147-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida to’qimachilik sanoati tizimidagi korxonalarda sanoat ishlab chiqarish hajmining 2027-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari asosida risklarni va innovatsion faoliyatini boshqarishga ta’sir etuvchi omillarni tasniflash algoritmi ishlab chiqilgan.