Nomozov Xurshid Shavkat o‘g‘lining
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Internet-makonning shaxs ijtimoiylashuviga ta’siri”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fal749
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Shahrisabz davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Omonov Bahodir Nurullaevich, falsafa fanlari doktori, dotsent.
Rasmiy opponentlar: Choriev Sanjar Anvarovich, falsafa fanlari doktori, professor, Majitov Maxmud Abdimo‘min o‘g‘li, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi internet-makonning shaxs ijtimoiylashuvi jarayoniga ta’sirini va uning resurslaridan oqilona foydalanish imkoniyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
internet-makon ijtimoiylashuvning rsixologik va sotsial mexanizmlarini harakatga keltiruvchi institut sifatida shaxsning hayotiy bilim va faoliyat normalarini o‘zlashtirishi, madaniy saviyasini yuksaltirishi, ijtimoiy jarayonlar va shaxslararo muloqotda ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirishi sotsiologik tahlil asosida ochib berilgan;
shaxs negativ ijtimoiylashuvida internet-makonning salbiy xarakterdagi kontentlari intellektual, ma’naviy, ijtimoiy qadriyatlarni va kognitiv qobiliyatlarni zaiflashtirishi, xulq-atvorni milliy va umuminsoniy axloq normalaridan yiroqlashtirishi, ijtimoiy illatlarga tobe qilishi, yot g‘oyalar ta’siriga tushirishi, bo‘sh vaqtni samarasiz o‘tkazishga sabab bo‘lishi mantiqiy dalillangan;
axborot madaniyatini oshirishning zamonaviy modellari va konsersiyalarining ma’rifiy, axloqiy, utilitar, estetik, ijtimoiy-madaniy hamda tanqidiy va tahliliy tafakkurni rivojlantirish, ekologik, texnologik omillari asosida yoshlarning mediasavodxonligini oshirish, axborot xavfsizligi ta’minlash zarurati falsafiy asoslangan;
aholining internet-makon kontentlaridan foydalanishining axloqiy me’yorlarini ishlab chiqish, yoshlarda axborotga oid axloqiy tuyg‘ularni yuksaltirish va ularning axborot xavfsizligini ta’minlash, gumanistik qadriyatlarga zid kontentlardan tiyilish ko‘nikmasini shakllantirish mexanizmlari takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Internet-makonning shaxs ijtimoiylashuvi jarayoniga ta’siri xarakterini tadqiq qilish borasida olingan ilmiy natijalar asosida:
internet-makon ijtimoiylashuvning rsixologik va sotsial mexanizmlarini harakatga keltiruvchi institut sifatida shaxsning hayotiy bilim va faoliyat normalarini o‘zlashtirishi, madaniy saviyasini yuksaltirishi, ijtimoiy jarayonlar va shaxslararo muloqotda ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirishiga bayon etilgan nazariy mulohazalardan Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2023 yilda efirga uzatilgan “Ochiq muloqot” teleradioeshittirishlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2023 yil 4 apreldagi 17-05/100-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarning oqilona axborot ehtiyojlari, axborotlarni izlash, tanlash, baholash, tahlil qilish, xavfsizligini ta’minlash malakalarini shakllantirishga, axborot madaniyatini yanada yuksaltirishga xizmat qilgan;
shaxs negativ ijtimoiylashuvida internet-makonning salbiy xarakterdagi kontentlari intellektual, ma’naviy, ijtimoiy qadriyatlarni va kognitiv qobiliyatlarni zaiflashtirishi, xulq-atvorni milliy va umuminsoniy axloq normalaridan yiroqlashtirishi, ijtimoiy illatlarga tobe qilishi, yot g‘oyalar ta’siriga tushirishi, bo‘sh vaqtni samarasiz o‘tkazishga sabab bo‘lishiga oid nazariy mulohazalar va xulosalardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturining “Yoshlarni tashqi salbiy axborot xurujlaridan himoya qilish, shuningdek jamiyatimizda konstruktiv kommunikatsiyalar muhitini yaratishga ko‘maklashish” yo‘nalishi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashining 2023 yil 12-iyundagigi 02/02-32-son ma’lumotnomasi). Natijada, ma’naviyat va madaniyatni yanada oshirish mexanizmlarini takomillashtirishga, ma’naviy-mafkuraviy xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirishga, ilmiy-ommabop risolalar turkumini yaratish va ijtimoiy mediamahsulotlar va targ‘ibot materiallari tayyorlashga xizmat qilgan;
axborot madaniyatini oshirishning zamonaviy modellari va konsersiyalarining ma’rifiy, axloqiy, utilitar, estetik, ijtimoiy-madaniy hamda tanqidiy va tahliliy tafakkurni rivojlantirish, ekologik, texnologik omillari asosida yoshlarning mediasavodxonligini oshirish, axborot xavfsizligi ta’minlash zaruratiga oid nazariy umumlashma va takliflardan Qarshi davlat universitetida bajarilgan A-1-173 raqamli “Yoshlarni ummmilliy qadriyatlarimizning xos tarbiyasini shakkllantirish texnologiyasi va metodikasini ishlab chiqish“ mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2023 yil 08 iyundagi 04/2497-son ma’lumotnomasi). Natijada, internet-makonning ayrim kontentlari muloqotni virtuallashtirayotgani, shaxs negativ ijtimoiylashuviga sabab bo‘layotgan fakt va statistik ma’lumotlaridan xavfsizligini ta’minlash malakalarini mujassam qilgan axborot madaniyatini shakllantirishga doir taklif-tavsiyalari nazariy manba sifatida xizmat qilgan;
aholining internet-makon kontentlaridan foydalanishining axloqiy me’yorlarini ishlab chiqish, yoshlarda axborotga oid axloqiy tuyg‘ularni yuksaltirish va ularning axborot xavfsizligini ta’minlash, gumanistik qadriyatlarga zid kontentlardan tiyilish ko‘nikmasini shakllantirish mexanizmlariga oid bildirilgan nazariy mulohazalar va amaliy taklif-tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyatida, jumladan, 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining VIII yo‘nalishida belgilangan “Milliy qadriyatlar, ma’naviy fazilatlar va ijtimoiy odoblar targ‘iboti” 43-bandi “Internetda milliylikni targ‘ib etuvchi, mentalitetimiz, azaliy qadriyat va ezgu an’analarimizni saqlab qolish bo‘yicha o‘zaro muloqot maydoni uchun platforma va mobil ilovalar yaratish” vazifalarini bajarishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023 yil 23-iyundagi № 02-22/613-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatimizda yoshlarning internetdan foydalanish madaniyatini shakllanishida nazariy-amaliy manba sifatida uslubiy qo‘llanmalar tayyorlashga xizmat qilgan.