Sayt test rejimida ishlamoqda

Fazilova Dilbarxon Shamuradovnaning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sun’iy yo‘ldosh texnologiyalari asosida O‘zbekiston milliy koordinatalar referens tizimini ishlab chiqish», 01.03.01–Astronomiya (fizika-matematika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.DSc/FM106.

Ilmiy maslahatchi: Egamberdiev Shuxrat Abdumannapovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Astronomiya instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Yadro fizikasi instituti, Astronomiya instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.FM/T.33.01.

Rasmiy opponentlar: Malkin Zinoviy Meerovich,fizika-matematika fanlari  doktori, katta ilmiy xodim; Xusomiddinov Sabriddin Samarovich,  fizika-matematika fanlari doktori, professor; Il`yasov Sabit Pulatovich, fizika-matematika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.

Yetakchi tashkilot: Rossiya Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasi hududida  klassik astronomik va zamonaviy  sun’iy yo‘ldosh texnologiyalari ma’lumotlarini samarali jamlash imkonini beruvchi ITRS (International Terrestrial Reference System) xalqaro tizimini integratsiyalash yo‘li bilan zamonaviy yuqori aniqlikka ega milliy geotsentrik koordinatalar tizimini ishga tushirishni optimallashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

respublika hududi uchun milliy geotsentrik tayanch koordinatalar tizimini tanlash va uni optimal ishlatishga oid texnik tavsiyalar ishlab chiqilgan;

geotsentrik tizimga o‘tish uchun shoqul og‘ishini astronomik o‘lchashlardan foydalanib «umumiy nuqtalar»ni aniqlash usuli tavsiya qilingan va yaratilgan;

SK-42 mahalliy koordinatalar tizimidan WGS-84 geotsentrik koordinatalar tizimiga o‘tishda amaliyotda qo‘llanilayotgan transformatsiya parametrlari aniqligining hudud rel`efiga bog‘liqligi aniqlangan;

respublika hududida SK-42 mahalliy koordinatalar tizimi va WGS-84 geotsentrik koordinatalar tizimi orasidagi o‘tish koordinatalarini qayta hisoblash uchun algoritmlar, matematik modellar va ularga mos dasturiy majmua ishlab chiqilgan;

respublika sun’iy yo‘ldosh tizimining yangi stansiyalari koordinatalarini hisoblash uchun yuqori aniqlikdagi pozisiyalash  usulidan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan;

doimiy, mavsumiy va noregulyar tashkil etuvchilarni aniqlash, tektonik, gidrologik hamda texnogen ta’sirlarni baholash uchun respublika tayanch stansiyalari koordinatalari o‘zgarishlarining prognoz modeli ishlab chiqilgan;

EGM2008 Er global gravitatsion maydoni modeli va GNSS-o‘lchashlardan foydalanib normal balandliklarni hisoblash usuli ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

O‘zbekiston milliy koordinatalar referens tizimini ishlab chiqish asosida:

O‘zbekiston Respublikasi hududida tayanch koordinatalar tizimini tanlash va optimal qo‘llash, SK-42 mahalliy koordinatalar tizimidan WGS-84 geotsentrik koordinatalar tizimiga o‘tish parametrlarini tanlash bo‘yicha tavsiyalar Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysida yo‘ldosh tizimi punktlari koordinatalarini hisoblash uchun qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2018 yil 1 maydagi 02-02-3413-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarining qo‘llanilishi tayanch stansiyalar ishining ishonchliligini ta’minlash, real vaqt rejimida o‘lchashlar o‘tkazish sifatini oshirish  imkonini bergan;

yuqori aniqlikdagi pozisiyalash usuli, foydalanuvchi koordinatalar tizimiga o‘tkazish dasturiy ta’minoti va Kitob, Toshkent, Maydanak va Maydontol stansiyalari koordinatalari va tezliklari katalogi viloyatlarda yangi punktlarni o‘rnatish uchun joy tanlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Geodeziya va kartografiya Milliy markazining 2018 yil 1 maydagi 02-02-3413-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarining qo‘llanilishi mintaqa deformatsion modelini qurish uchun tayanch punktlarga joy belgilash aniqligini oshirish imkonini bergan;

klassik o‘lchashlar, topografik xaritalar va balandliklar anomaliyasi va EIGEN-6C4, EGM2008 gravitatsion modellar ma’lumotlari bo‘yicha aniqlangan normal balandliklarni va og‘irlik kuchi tezlanishining aniqlash uslubi respublika balandlik tizimini o‘rnatishda foydalanish uchun tavsiya qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Geodeziya va kartografiya milliy markazining 2018 yil 1 maydagi 02-02-3413-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarining qo‘llanilishi Respublika hududi uchun aniq geoidning yo‘qligini e’tiborga olgan holda, milliy geotsentrik koordinatalar tizimining yagona balandlik tashkil etuvchisini baholash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish