Sayt test rejimida ishlamoqda

Nadirbekov Maxmudjon Sulaymanovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Lantanid va aktinid yadrolarning uyg‘ongan kollektiv holatlarining xususiyatlari va ularning shaklini o‘zgarish dinamikasi», 01.04.08–Atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi. Tezlashtiruvchi texnika (fizika-matematika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/FM34.

Ilmiy maslahatchi: Yarmuxamedov Raxim, fizika-matematika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Yadro fizikasi instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Yadro fizikasi instituti, Astronomiya instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.FM/T.33.01.

Rasmiy opponentlar: Muminov Tolib Musaevich, fizika-matematika fanlari  doktori, professor, akademik; Adamyan Gurgen Grigor`evich, fizika-matematika fanlari  doktori; Bekmirzaev Raxmatulla Nurmurodovich,  fizika-matematika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Fizika-texnika instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: bir xil va o‘zgaruvchan juftlikdagi kollektiv uyg‘onish spektrining xususiyatlarini hamda og‘ir juft-juft yadrolarning aylanma polosa energetik spektridagi zigzag ko‘rinishidagi shoxlanishini aniqlash va noadiabatik kollektiv modelini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

transuran 242,244Pu, 248Cm va 252,254No yadrolarining uyg‘ongan holatlarining β- va γ-polosalardagi energetik sathlari bashorat qilingan va barqaror deformatsiyali yadrolar aktinidlar sohasida lantanidlar sohasiga nisbatan ko‘pligi ko‘rsatilgan;

uyg‘ongan holatlarining quyi energetik sathlarining buzilishi topilgan va 166Yb, 168Hf, 232Th, 236U yadrolarning energetik sathlari kollektiv dinamikaning “tartibsiz” qismida, qolgan yadrolar esa “barkaror” qismida joylashuvi ko‘rsatilgan;

 152,154Sm, 154Gd, 156,158Dy, 162Er, 170Hf, 232,234U yadrolarning kollektiv uyg‘ongan holatlarining energetik spektriga ko‘ndalang sirt tebranishlarining hissasi baholangan;

juft-juft lantanid 150Sm, 154,156,158Gd, 156Dy, 162,164Er va aktinid 224Ra, 228Th, 232,234,236,238U, 240Pu yadrolarning o‘zgaruvchan juftlikdagi energetik spektrini tavsiflashda kvadrupol-oktupol ko‘rinishidagi sirt tebranishlarini hisobga olishning muhimligi ko‘rsatilgan;

kvadrupol va oktupol deformatsiyalarning dinamikasiga keltirilgan E1- va E2-o‘tishlarning sezgirligi topilgan;

kvadrupol va oktupol deformatsiyalanuvchi 228,230,232Th, 230,232,234,238 U, 240Pu yadrolarning kollektiv spektrining shakllanishida aksial va noaksial erkinlik darajalarining ta’siri aniqlangan;

 150Sm, 154,156,158Gd, 156Dy, 162,164Er, 228,230,232Th, 230,232,234,238 U, 240Pu yadrolarning aylanma polosadagi energetik spektrining zigzag ko‘rinishida shoxlanishida buylama va ko‘ndalang shakldagi kollektiv harakatlarning hissasini hisobga olishning muhimligi ko‘rsatilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Yadro shaklining dinamikasi va lantanid, aktinid yadrolarning uyg‘ongan kollektiv holatlarining xususiyatlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:   

noaksial lantanid va aktinid yadrolarning E2-o‘tishlarining keltirilgan ehtimolliklarining nazariy natijalari 01-3-1114-2014/2018 raqamli «Yadroviy reaksiyalar va yadrolarning shakli tuzilishi» (2014–2018) fundamental loyihasida  og‘ir yadrolarning spektroskopik xususiyatlarini tushuntirishda qo‘llanilgan (Birlashgan yadro tadqiqotlari institutining 2018 yil 24 apreldagi ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarining qo‘llanilishi o‘ta og‘ir yadrolarni sintez qilish natijasida olingan aylanuvchan yadroning yashash vaqtini baholash imkonini bergan;

 o‘zgaruvchan juftlikdagi lantanid va aktinid yadrolarning kollektiv holatlarining energetik sathlari va ularning yuqori spinlardagi shoxlanishi «Uyg‘ongan atom yadrolarini va yadroviy jarayonlar mexanizmini chegaraviy reaksiyalarda o‘rganish»  (2013-2017) ilmiy tadqiqot loyihasida og‘ir yadrolarning statik va dinamik spektroskopik xossalarini tavsiflash va ularni tushuntirish uchun qo‘llanilgan (Ukraina Milliy Fanlar akademiyasi Yadro tadqiqotlari institutining 2018 yil 11 apreldagi 1-17/265-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarining qo‘llanilishi transuran yadrolarning γ- va β-polosalardagi energetik sathlarini va ular orasidagi mul`tipol o‘tishlarning ehtimolliklarini eksperimental aniqlashda olingan natijalarni baholash va identifikatsiyalash imkonini bergan;

lantanid va aktinid juft-juft yadrolarning uyg‘ongan kollektiv holatlardagi shaklining noaksialligi oid olingan yangi natijalar xalqaro ilmiy jurnallarda (Journal of Physics G: Nuclear and Particle Physics, 2015; Chinese Physics C, 2017; Nuclear Data Sheets, 2015) og‘ir va o‘ta og‘ir yadrolarning bog‘lanish energiyalarini aniqlash uchun foydalanilgan. Ilmiy natijalarining qo‘llanilishi og‘ir va o‘ta og‘ir yadrolarning yashash vaqtini va eksperimental spektroskopik ma’lumotlarni baholash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish