Qarshiev Abduhoshim Xo‘jaqulovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yuqori qovushqoqli neft` konlarida jadallashgan tarzda suyuqlik olish samaradorligini oshirish», 04.00.13–Neft` va gaz konlarini o‘zlashtirish hamda ishlatish (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/T584.

Ilmiy rahbar: Agzamov Avaz Xamidillaevich, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Neft` va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti, O‘zbekiston neft-gaz sanoati ilmiy-tadqiqot va loyihalash instituti, Toshkent davlat texnika universiteti va I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft` va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali, DSc.27.06.2017.GM/T.41.01.

Rasmiy opponentlar: Li Robert Chanirovich, texnika fanlari doktori; Akramov Baxshillo Shafievich, texnika fanlari nomzodi, professor.

Yetakchi tashkilot: «O‘zneftgazqazibchiqarish» AJ.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: yuqori qovushqoqli neft` konlarida jadallashgan tarzda suyuqlik olishning samarali modelini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

qatlam neftining qovushqoqligini ishonchliroq aniqlashga imkon beruvchi qovushqoqlik va neft` tarkibidagi parafin, asfal`ten va smola (qatron)larning umumiy miqdori orasidagi logarifmik bog‘liqlik aniqlangan;

quduqlarning tuzilmada joylashishini hisobga olib, mahsuldor qatlamlarni birlashtirish yoki ajratishning asoslash imkoniyatini beruvchi bir ishlatish ob’ektiga birlashtirilayotgan gorizontlarda neft` zaxiralarini yo‘qotilish darajasi baholangan;

qatlamlarni yuvilganlik koeffisienti va suyuqlik-neft` omili ko‘rsatkichlari bo‘yicha jadallashgan tarzda suyuqlik olish usulini samarali qo‘llash geologik-fizik sharoitlari aniqlangan;

suyuqlik olishni orttirishning boshlash vaqtini va darajasini asoslash imkonini beruvchi ishlatishning turli bosqichlari uchun suyuqlik va neft` olish sur’atlarining geologik-fizik omillarga bog‘liqliklari aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Yuqori qovushqoq neftli konlarda jadallashgan tarzda suyuqlik olish samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

birga ishlatilayotgan gorizontlarni ajratish Uchqizil konidagi №51 va Xaudag konidagi №6 quduqlarda joriy etilgan (“O‘zbekneftegaz” AJning 2018 yil 3 apreldagi 14-2/18-1948-son ma’lumotnomasi). Natijada №51 va №6 quduqlardan kunlik olinayotgan neft` miqdorini va konlarni ishlatish samaradorligini oshirish imkonini bergan;

quduqlar to‘ri zichligining neft` beraolishlik koeffisientiga ta’siri Sho‘rtepa konida boshlang‘ich quduqlar to‘rini zichlashtirish uchun joriy etilgan (“O‘zbekneftegaz” AJning 2018 yil 3 apreldagi 14-2/18-1948-son ma’lumotnomasi). Natijada 4 ta yangi loyiha qudug‘i burg‘ilanib, neft` olishni oshirishga va uni keyingi yillarda barqarorlashtirish imkoniyati yaratilgan;

turli bosqichlar uchun suyuqlik va neft` olish sur’atlarining geologik-fizik omillarga  bog‘liqligi “O‘zbekneftegaz” AJda amaliyotga joriy etilgan (“O‘zbekneftegaz” AJning 2018 yil 3 apreldagi 14-2/18-1948-son ma’lumotnomasi). Natijada konlarning texnik-iqtisodiy ishlash ko‘rsatkichlarini va geologik-texnik tadbirlar samaradorligini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish