Yusupova Sabohatxon A’zamjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hurmat kategoriyasining lingvokulturologik tadqiqi”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fil3239.
Ilmiy rahbar: Ganieva Dildoraxon Azizovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Sultonova Shohista Muhammadjonovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Matkarimova Ashurxon Isroilovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi hurmat kategoriyasi va xushmuomalik tabiatini ifoda etuvchi lisoniy vositalarning til sistemasida tutgan o‘rni, nutqiy jarayonda qo‘llanilishi va ularni yuzaga keltiruvchi ijtimoiy omillarni asoslashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tilda hurmat va xushmuomalalik ifodalanishining lisoniy shakllariga xos gonorefik, murojaat qilish, ekspressiv ta’sir etish kabi funksional xususiyatlar xalq dunyoqarashi, hayot tarzining muayyan ifodasi ekanligi turli tizimdagi tillar misolida dalillangan;
hurmat shakllarining ijtimoiy guruhlari, gender xususiyatlarini ifodalovchi morfologik, leksik, grammatik nutq birliklariga xos madaniy me’yor va qadriyatlarni aks ettiruvchi lingvokulturologik jihatlar o‘zbek, ingliz, yapon tillaridagi lisoniy vositalar orqali asoslangan;
turli tizimdagi tillar va ularning madaniyati misolida hurmat kategoriyasiga ilk bora til-madaniyat uygʻunligi asosida yondashilib, ularning lingvomadaniy xususiyatlari xushmuomalalik va axloq-odob meʼyorlari orqali aniqlangan;
muloqot jarayonida hurmat ifodalanishiga ijtimoiy mavqei, madaniy me’yor, gender munosabatlari kabi ijtimoiy omillarning ta’siri baholanib, hurmat kategoriyasini ifoda etuvchi siz, janob, sir, miss, あなた、きみleksik va -ng, -ngiz, -lar, -です、-ますgrammatik shakllarning turli tizimdagi tillarda namoyon bo‘lishi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hurmat kategoriyasining lingvokulturologik tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
muloqot jarayonida hurmat ifodalanishiga ijtimoiy mavqe, madaniy me’yor, gender munosabatlari kabi ijtimoiy omillarning ta’siri baholanib, hurmat kategoriyasini ifoda etuvchi siz, janob, sir, miss, あなた、きみleksik va -ng, -ngiz, -lar, -です、-ますgrammatik shakllarning turli tizimdagi tillarda namoyon bo‘lishi hamda turli tizimdagi tillar va ularning madaniyati misolida hurmat kategoriyasiga ilk bora til-madaniyat uygʻunligi asosida yondashilib, ularning lingvokulturologik jihatlari xushmuomalalik va axloq-odob meʼyorlari orqali ochib berilishiga oid xulosalaridan Farg‘ona davlat universitetida 2019-2021 yillarga mo‘ljallangan “EMI (English as a Medium of Instruction)” nomli xalqaro loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Farg‘ona davlat universitetining 2023-yil 5-sentyabrdagi 01-3850-son ma’lumotnomasi). Natijada hurmat kategoriyasi va xushmuomalalik xalq dunyoqarashi, hayot tarzining muayyan ifodasi sifatida talabalar uchun ahamiyatli ekanligini singdirishga erishilgan;
hurmat shakllarining ijtimoiy guruhlari, gender xususiyatlarini ifodalovchi morfologik, leksik, grammatik nutq birliklariga xos madaniy me’yor va qadriyatlarni aks ettiruvchi lingvokulturologik jihatlar o‘zbek, ingliz, yapon tillaridagi lisoniy vositalar orqali asoslanganligi haqidagi xulosalardan Farg‘ona davlat universitetida 2021-2022-yillarga mo‘ljallangan “Change academy” nomli xalqaro loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Farg‘ona davlat universitetining 2023-yil 27-noyabrdagi 04-5935-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha ilmiy dalillar bilan boyitildi, xususan, hurmat ifodalovchi til va nutq birliklarining turli tizimdagi tillardagi o‘ziga xos xususiyatlari hamda ularning lingvomadaniy jihatlarini yoritishda muhim ahamiyat kasb etgan;
tilda hurmat va xushmuomalalik ifodalanishining lisoniy shakllariga xos gonorefik, murojaat qilish, ekspressiv ta’sir etish kabi funksional xususiyatlar xalq dunyoqarashi, hayot tarzining muayyan ifodasi ekanligi turli tizimdagi tillar misolida dalillanganligiga doir xulosalaridan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatida milliy madaniy an’analarda hurmat ifodalanuvchi muloqot shakllarining ijtimoiy asoslarini o‘rganish, muloqot madaniyatida hurmat ifodalash doirasida til vositalarining qo‘llanishi me’yorlari bugungi kundagi yoshlar madaniyatida tutgan o‘rniga doir xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatida yosh avlodni ma’naviy komillik, har tomonlama barkamol va istiqlolga sodiqlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishda, targ‘ibot-tashviqot ishlari uchun ma’ruzalar tayyorlash hamda ijodkor yoshlar uchun turli seminarlar va tadbirlar tashkil qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi Farg‘ona viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasining 2023-yil 4-sentyabrdagi 02-22/617-son ma’lumotnomasi). Natijada hurmat ifodalashning lingvokulturologik jihatlari barkamol shaxsni tarbiyalash va ular ongiga milliy mustaqillik g‘oyasini singdirishga hissa qo‘shgan.