Latipov Murotali Mannobovichning  
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ishoqxon Ibrat asarlarining leksik-grammatik xususiyatlari”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Fil1326.
Ilmiy rahbar: Normamatov Sultonbek Ermamatovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Guliston davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.Fil.91.02.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Abdug‘ofur Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor; Turdibekov Mo‘min To‘raevich, filologiya fanlari doktori, dotsent;
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universitetini.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Ishoqxon Ibrat ijodiga mansub tarixiy, badiiy, publisistik asarlarning o‘ziga xos leksik-grammatik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijtimoiy-siyosiy terminlar, qarindoshlik nomlari, geografik joy, uy-ro‘zg‘or buyumlari, oziq-ovqat va ichimlik nomlari, o‘rin-makonni bildiruvchi otlar, koinot jismlari nomlari, zoonim, fitonim kabi atoqli ot guruhiga mansub leksemalar o‘ttizga yaqin mavzuiy guruhlarga ajratilib tahlil qilingan, adib asarlarida qo‘llangan leksik birliklarning asosiy qismi o‘z qatlamga mansub ekanligi isbotlangan;
adib asarlari tilida -xona, -dosh, -chi, -be, -ba, -no, -vor -iy, -viy, -obod,
-iya, -iyat kabi so‘z yasovchilar o‘zbek tilidagi mahsuldor so‘z yasalish modellari asosida yasalgan leksemalarning katta miqdorni tashkil etishi aniqlanib, bu vositalar muallifning badiiy nutq va uslubiga xos okkazional yasama so‘zlarda yasovchi vosita sifatida xizmat qilganligi dalillangan;
xalqimiz tarixi, madaniyati, adabiyoti, ta’limi va tili rivojida munosib o‘ringa ega adib Ishoqxon Ibratning nazmiy, nasriy, leksikografik, ilmiy, publisistik asarlarining leksik va grammatik jihatlari asosida davr adabiy tilining leksik-morfologik imkoniyatlari ochib berilgan;
jonli xalq tili, so‘zlashuv nutqining lisoniy belgilari bilan adabiy tilning og‘zaki va yozma shakllari unsurlarini qiyoslash natijalari o‘tmishdagi jonli xalq tiliga xos tarixiy-lisoniy xususiyatlarni aniqlashda muhim asos bo‘lishi Ibrat asarlarining morfologik jihatdan baholanilishi asosida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ibrat asarlarining leksik-grammatik xususiyatlari yuzasidan amalga oshirilgan tadqiqot jarayonida erishilgan ilmiy natijalar va xulosalar asosida:
Ishoqxon Ibratning nazmiy, nasriy, lug‘atchilikka oid asarlarining leksik-grammatik tahlili, XX asr boshlaridagi davr adabiy tili va funksional uslublarining o‘ziga xos ko‘rinish va lisoniy imkoniyatlari belgilanishi yuzasidan chiqarilgan nazariy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan OT-F1-030-raqamli “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyasini (7-jild) chop etish fundamental loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 15-avgustdagi 02/1-1505-son ma’lumotnomasi). Natijada monografiyaning XIX asr oxiri XX asr boshlariga oid qismi adabiy tur va janrlar tahlili, ularning uslubiy ko‘rinishlari, adabiy an’ana va o‘ziga xoslikning namoyon bo‘lishiga oid yangi ma’lumotlar bilan boyishiga erishilgan;
         tadqiqotdagi o‘z qatlam birliklari nomi ostida tavsiflangan ijtimoiy-siyosiy terminlar, qarindoshlik nomlari, geografik joy, uy-ro‘zg‘or buyumlari, oziq-ovqat va ichimlik nomlari, o‘rin-makonni bildiruvchi otlar, koinot jismlari nomlari, zoonim, fitonim kabi atoqli otlarga mansub leksemalarning mavzuiy guruhlar asosidagi tahlili natijalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan BV-Atex-2018-(143) raqamli “Ko‘zi ojiz shaxslar uchun kompyuter texnikasidan foydalanish, matnlarni o‘qish va yozish imkonini beruvchi o‘zbek tiliga asoslangan gapiruvchi dasturiy ta’minot va ovoz sintezatorini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil15-avgustdagi02/1-1506-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur grant loyihasi doirasida tayyorlangan o‘quv-uslubiy lug‘atda o‘z qatlam so‘zlarining semantik tabiatini to‘laqonli tavsiflash, izohlashga erishilgan;
o‘zbek tilining tadrijiy taraqiyotida jadid ma’rifatparvarlari yaratgan asarlarning o‘rni va ahamiyati, Ibrat asarlarining leksik-grammatik jihatdan o‘rganilishi bilan bog‘liq ilmiy-nazariy xulosalardan “O‘zbekiston” teleradiokanali DM tarkibidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida namoyish etilgan “Tarixiy savol” tok-shousi, “Taqdimot” ko‘rsatuvi, shuningdek, “O‘zbekiston” telekanalida namoyish etilgan “Oydin hayot-live” teleko‘rsatuvlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zbekiston” teleradiokanalining 2023-yil 3-avgustdagi 02-06-1172-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan holda ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish