Egamberdieva Kamola Ibroximovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hozirgi o‘zbek hikoyalarida tasvir va talqin (Zulfiya Qurolboy qizi asarlari misolida)”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2472.
Ilmiy rahbar: Yo‘ldoshev Qozoqboy Boybekovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Guliston davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.Fil.91.02.
Rasmiy opponentlar: Nasirov Azimidin Normamatovich, filologiya fanlari doktori, professor, Hamroqulova Xurshida Quvvatovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi istiqlol davri o‘zbek hikoyachiligida tasvir va talqin konsepsiyasining o‘ziga xos xususiyatlarini iste’dodli adiba Zulfiya Qurolboy qizi hikoyalari misolida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek hikoyachiligining inson timsolini badiiy talqin qilish va tasvirlash hamda jamiyat ahli ma’naviy dunyosida keyingi davrlarda ro‘y bergan ko‘p qirrali o‘zgarishlarning namoyon bo‘lishi borasidagi taraqqiyoti Zulfiya Qurolboy qizi hikoyalari va boshqa novellistlarning asarlari qiyosi misolida asoslangan;
ifoda yo‘sini lo‘nda, ramziy bo‘yoqdor, yashirin ma’nolarga egalik, badiiy g‘oyani yorqin ifodalash, qahramonning ichki dunyosini chuqurroq ochish, hech kimga o‘xshamagan alohida va betakror tiplarni tasvirlash, obrazlar xarakter-xususiyatlari bo‘yicha xulosani o‘quvchining hukmiga qoldirish adiba asarlarining o‘ziga xos jihatlari ekanligi isbotlangan;
adiba hikoyalaridagi obrazlarning ichki va tashqi olamidagi o‘zaro uyg‘unlik, ularning ruhiyatidagi evrilishlar keskin dramatik kolliziyalar fonida ko‘rsatilishi ayollarning nafosat, go‘zallik, latofat ramzi sifatida emas, balki tarashlanmay, silliqlanmay, butun fazilat-u illatlari bilan tasvirlanishiga bog‘liqligi asoslangan;
o‘zbek hikoyachiligida ota-bola, erkak va ayol munosabatlarining badiiy talqini, ijtimoiy-maishiy, ma’naviy-axloqiy qiyofasi hayotiy vaziyatlarda ishonarli va ta’sirli aks ettirilishi kabi milliy novellistikadagi tasvir va talqin jihatidan yangilanishlar adiba asarlaridan keltirilgan misollar asosida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy o‘zbek hikoyalarida tasvir va talqin konsepsiyasining Zulfiya Qurolboy qizi hikoyalari misolidagi tadqiqi, hikoyachilikdagi badiiyat muammolarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar va xulosalar asosida:
o‘zbek hikoyachiligining inson timsolini badiiy talqin qilish va tasvirlash hamda jamiyat ahli ma’naviy dunyosida keyingi davrlarda ro‘y bergan ko‘p qirrali o‘zgarishlarning namoyon bo‘lishi borasidagi taraqqiyoti Zulfiya Qurolboy qizi hikoyalari va boshqa novellistlarning asarlari qiyosi misolida asoslanishi natijasida chiqarilgan xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan OT-F1-030-raqamli “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyasini (7-jild) chop etish fundamental loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022-yil 11-noyabrdagi 01/4-3096-son ma’lumotnomasi). Natijada monografiyaning XX-XXI asrlarga oid qismida adiba ijodida ayol obrazining badiiy talqini, yozuvchilarning nosirlik mahorati, adabiy-estetik qarashi uyg‘unligi masalalaritga oid yangi ma’lumotlar bilan boyishiga erishilgan;
ifoda yo‘sini lo‘nda, ramziy bo‘yoqdor, yashirin ma’nolarga egalik, badiiy g‘oyani yorqin ifodalash, qahramonning ichki dunyosini chuqurroq ochish, hech kimga o‘xshamagan alohida va betakror tiplarni tasvirlash, obrazlar xarakter-xususiyatlari bo‘yicha xulosani o‘quvchining hukmiga qoldirish adiba asarlarining o‘ziga xos jihatlari ekanligiga oid nazariy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan BV-Atex-2018-(143) raqamli “Ko‘zi ojiz shaxslar uchun kompyuter texnikasidan foydalanish, matnlarni o‘qish va yozish imkonini beruvchi o‘zbek tiliga asoslangan gapiruvchi dasturiy ta’minot va ovoz sintezatorini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022-yil 11-noyabrdagi 01/04-3097-son ma’lumotnomasi). Natijada lug‘at so‘zligi leksemalar semantik tabiati uchun xos bo‘lgan portret, obraz, rakurs, modernizm, realizm, motiv, egoizm, fon, individualizm kabi lisoniy hodisalarni aks ettiruvchi materillar bilan boyishiga erishilgan;
o‘zbek hikoyachiligida ota-bola, erkak va ayol munosabatlarining badiiy talqini, ijtimoiy-maishiy, ma’naviy-axloqiy qiyofasi hayotiy vaziyatlarda ishonarli va ta’sirli aks ettirilishi kabi milliy novellistikadagi tasvir va talqin jihatidan yangilanishlar natijasida chiqarilgan xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan IL-402104474 raqamli “Bolalar adabiyoti.uz multimediali elektron platform va uning mobil ilovasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihani bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022-yil 29-noyabrdagi 04/1-2544-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyihaning ilmiy-nazariy konsepsiyasi yangi fikr-mulohazalar bilan boyishiga erishilgan;
adiba hikoyalaridagi obrazlarning ichki va tashqi olamidagi o‘zaro uyg‘unlik, ularning ruhiyatidagi evrilishlar keskin dramatik kolliziyalar fonida ko‘rsatilishi ayollarning nafosat, go‘zallik, latofat ramsi sifatida emas, balki tarashlanmay, silliqlanmay, butun fazilat-u illatlari bilan tasvirlanishiga bog‘liqligi asoslanishi bilan bog‘liq ilmiy-nazariy xulosalardan “O‘zbekiston” teleradio kanali davlat muassasasi tarkibidagi “O‘zbekiston” telekanalida namoyish etilgan “Assalom, O‘zbekiston”, “Oydin hayot-live” teleko‘rsatuvlari hamda “Xulosa o‘zingizdan” tok-shusining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston teleradio kanalining 2023-yil 25-oktyabrdagi 02-16-1584-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ko‘rsatuv yangi ilmiy-amaliy ma’lumotlar bilan boyitilib, uning ilmiy-ma’rifiy saviyasining yanada yuksalishiga xizmat qilgan.