Mirzaumidov Asilbek Shuxratjonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jin mashinasi arrali silindri valining resurstejamkor konstruksiyasini ishlab chiqishning ilmiy-texnik echimlari” 05.02.03–Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari ixtisosligi bo‘yicha (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.DSc/T457
Ilmiy maslahatchi: Ergashev Jamoliddin Samatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.09.2023.T.66.01 raqamli ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Qayumov Juramirza Abdiramatovich texnika fanlari doktori, dotsent; Turdaliev Voxidjon Maxsudovich, texnika fanlari doktori, professor; Rasulov Ro‘zimurot Xasanovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: texnologik mashinalarning og‘ir va tez aylanuvchan vallarining egilishlarini kamaytirish, resurstejamkor, engillashtirilgan, bo‘ylama ichki kovak ochilgan, arrali silindr valini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
arrali silindr valining harakat qonunlari uning geometriyasi va massasini inobatga olgan holda analitik usulda olingan radial tebranishlar o‘zgarishining bog‘lanishlari asosida burchak tezlik, tezlanish, hamda burovchi momentlarning o‘zgarishi qonuniyatlari aniqlangan;
arrali silindr valini burilish burchagining maksimal qiymatlari, umumlashgan va yoyilgan kuchlarni hisobga olgan holda aniqlangan hamda chiziqsiz bikrlikka ega bo‘lgan tayanchni inobatga olish usuli, jin mashinasi arrali silindri parametrlari konstruktiv xususiyatlari va texnologik jarayonlarni inobatgga olgan holda asoslangan;
xomashyo valigidan kelayotgan tasodifiy qarshiliklarni hisobga olgan holda arrali silindr valining harakat qonunlari hamda burovchi moment va uni tebranish qamrovini texnologik qarshilikka bog‘liqlik qonuniyatlari va val markasini tanlash usuli ishlab chiqilgan;
arrali silindrga mo‘ljallangan amaldagi val o‘rniga ichi kovak vallardan foydalanishda tayanchlarining reaksiyasi, titrash va ko‘ndalang tebranishlarini kamayishi qonuniyatlari aniqlangan hamda valni siljish amplitudalarini hisoblash formulasi olingan;
tajribaviy usulda engillashtirilgan ichi kovak valni jin mashinasida qo‘llanilganda valning tebranish chastotasi, amplitudasi va burovchi momentni o‘zgarsih qonuniyatlari tolani sifat ko‘rsatkichlariga, elektr va resurs sarfiga bog‘liqligi va tebranish oralig‘ining chiziqsiz qonuniyatida kamayishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 5DP-130 jin mashinasi valining takomillashtirilgan konstruksiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalari asosida:
Jin mashinasi arrali silindr valining konstruksiyasilariga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk markazining 3 ta ixtiroga patentlari olingan.
(1.Patent № IAP 06087 Jinning arrali silindri, 2. Patent № IAP 06325 Jinning arrali silindri, 3. № IAP 06790 Aylanuvchi valdagi tebranishlarni so'ndiruvchi tayanch) «Namangan to‘qimachi klaster» MChJ To‘raqo‘rg‘on paxta tozalash korxonasida joriy etilgan («O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari» uyushmasining 2022 yil 22 iyuldagi 02/22-438-son ma’lumotnomasi). Natijada paxtani dastlabki ishlash texnologik jarayonlarining barqaror va uzlyuksiz ishlashini ta’minlash imkoni yartilgan;
Natijada mavjud konstruksiyaga nisbatan tavsiya etilayotgan val konstruksiyasida elektr energiya sarfi 14% kamayganligi, resurs tejalishi 71 kg ni tashkil etganligini ko‘rsatdi. 5DP-130 jin mashinasi arralarining ishlash muddati 22% ga, kolosnik, arra va qistirmalarning ishlash muddati esa 2,2 baravarga, tolaning sifat ko‘rsatkichini 1,1 % oshishiga erishilgan.