Madreyimova Dil`fuza Erkabaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sho‘rlangan tuproqlar sharoitida pomidor mahsuldorligini oshirishni va urug‘larining har xil sifatliligini ilmiy asoslash”, 06.01.06 - Sabzavotchilik , 06.01.05-Seleksiya va urug‘chilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSc/Qx173.
Ilmiy maslahatchi: Dusmuratova Saodat Ismailovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc05/29.04.2022.Qx.13.04.
Rasmiy opponentlar: Asatov Shuxrat Ismatovich, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor; Raxmatov Anvar Mamatovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Nurmatov Norqobil Jo‘raevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarkand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston Respublikasining sho‘rlangan tuproqlari sharoitida pomidor mahsuldorligini oshirishni va urug‘larining har xil sifatliligining ilmiy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rta sho‘rlangan tuproqlari sharoitida etishtirish texnologik elementlari sifatida pomidorning yuqori xosilli, mahalliy sharoitlarga mos, stress omillarga chidamli Rio grande, Novichok navlari va Tristar F1, Solerosso F1 duragaylari tanlab olingan;
Tuproq sho‘rlanishiga chidamliligini asoslashda turli konsentratsiyali (NaCl, Na2SO4) tuzli eritmalarida pomidor urug‘lari unib chiqish energiyasi va unuvchanligi bo‘yicha Volgogradskiy 5/95, TMK-22, UzMASh 1, Novichok, Rio grande navlari va Sultan F1, Tristar F1 hamda Solerosso F1 duragaylari ajratib olingan;
Qoraqalpog‘iston respublikasining o‘rta sho‘rlangan tuproqlari sharoitida pomidorning stress holatlarga chidamliligini oshiruvchi Zamin-M biopreparatining qo‘llanilishi natijasida TMK-22 va Volgogradskiy 5/95 pomidor navlarida hosildorlik 8-10% ga oshgani asoslangan;
har xil iqlim hududlari sharoitida etishtirilgan pomidor navlaridan eng yirik urug‘lar Doni navida – markaziy; Oktyabr navida – shimoliy; UzMASh-1, TMK-22, Surxan 142, Istiqlol va Shafaq navlarida esa – janubiy hududdan olingan; ekologik xududlar bilan bog‘liq holda mevalardan urug‘ chiqishi va ularning yirik-maydaligi bo‘yicha korrelyasion bog‘lanishlar aniqlangan (r=0,69-0,99);
shimoliy hududning (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati) sho‘rlangan tuproqlari sharoitida etishtirilgan mahalliy reproduksiya urug‘laridan 5-18% gacha qo‘shimcha hosil olinishi asoslangan.
eng yuqori ekinboplik sifatlari hamda o‘simliklar rivoji bo‘yicha Doni va Surxan 142 navlarida – 1-chi, 2-chi va 3-chi tartib meva shingili; TMK-22 navida – 1-chi va 2-chi tartibdagi; Boxodir navida – 2-chi va 3-chi tartibdagi meva shingillari ajratilgan; navlar kesimida turli shingillarda joylashgan mevalar o‘rtacha vazni va ulardan urug‘ chiqishi o‘rtasidagi korrelyasion bog‘lanishlar aniqlangan (r=0,69-0,99).
respublikada rayonlashtirilgan 15 ta pomidor navlaridan urug‘ chiqishi bo‘yicha kam (0,22-0,24%), o‘rtacha (0,29-0,34) va yuqori (0,34% dan ortiq) guruhlar ajratib olingan, urug‘larning kattaligi bo‘yicha navlar mayda, o‘rta va yirik urug‘li navlarga shartli ajratish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sho‘rlangan tuproqlar sharoitida pomidor mahsuldorligini oshirishni va urug‘larning har xil sifatliligini ilmiy asoslash bo‘yicha olib borilgan izlanishlar natijasida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rta sho‘rlangan tuproq-iqlim sharoitiga mos pomidorning Rio grande, Novichok navlari va Tristar F1, Solerosso F1 duragaylari tanlab olinib, 2019-2020 yillarda Kegeyli tumanida 7,56 ga, Nukus tumanida 7,70 ga va Chimboy tumanida 7,79 ga sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 13 apreldagi 07/33-04/2247-sonli ma’lumotnomasi). Natijada har bir joriy etilgan fermer xo‘jaliklarida pomidordan 8-10,5 t/ga qo‘shimcha hosil olingan.
Pomidor mahsuldorligini oshirishga qaratilgan Zamin-M biopreparatini qo‘llash bo‘yicha ishlanma Kegeyli tumanida 3,67 ga er maydoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 13 apreldagi 07/33-04/2247-sonli ma’lumotnomasi). Natijada respublikaning sho‘rlangan tuproqlarida etishtirilayotgan TMK-22 va Volgogradskiy 5/95 naviga qo‘llanilganda qo‘shimcha 3-4 s/ga hosil olingan, daromad 22,4 mln so‘mni tashkil etgan.
Pomidor urug‘larining ekologik va matrikal har xil sifatliligi bo‘yicha tadqiqot natijalari: Xorazm viloyatida 4,4 gektar; Toshkent viloyatida 6,4 gektar, jami 10,8 gektar maydonda sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 13 apreldagi 07/33-04/2247-sonli ma’lumotnomasi). Natijada pomidor hosildorligi 10,7-14,6% oshgan va qo‘shimcha daromad olingan.   

Yangiliklarga obuna bo‘lish