Uspankulov Bekjan Musabekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Binolar va inshootlar kadastriga oid turar joylarni texnik xatlovdan o‘tkazish usullarini takomillashtirish”, 06.01.10 – “Er tuzish, kadastr va er monitoringi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/T4340
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Qosimdjon Raxmonov, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.10.02 raqamli Ilmiy Kengash.
Safarov Eshqobil Yuldashevich – O‘zbekiston Milliy universiteti texnika fanlari doktori, professor (06.01.10).
Juraqulov Doniyor Ochilovich – Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti, fakul`tet dekani, texnika fanlari nomzodi, professor (06.01.10).
Yetakchi tashkilot – Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tomorqa er uchastkasidagi yangi barpo etilgan turar joy va xo‘jalik imoratlarini texnik xatlovdan o‘tkazish usulini takomillashtirish bo‘yicha taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
binoning ichki maydonini aniqlashdagi xatolik keltirib chiqaruvchi omillarni inobatga olgan holda turar joy va xo‘jalik imoratlarini xatlovdan o‘tkazishga oid tashkiliy-texnik hujjatlarni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan;
yangi barpo etilgan turar joy va xo‘jalik imoratlarini kadastr ro‘yxatidan o‘tkazishga oid taqqoslash usuli takomillashtirilgan;
Virtual Reality (VR) texnologiyasi asosida turar joy va xo‘jalik imoratlarini xatlovga olish usuli takomillashtirilgan;
turar joy va xo‘jalik imoratlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yangilab borish maqsadida ob’ektlarni texnik xatlovdan o‘tkazish algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Binolar va inshootlar kadastriga oid turar joylarni texnik xatlovdan o‘tkazish usullarini takomillashtirish mavzusi bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar asosida:
tadqiqot ishi bo‘yicha ilmiy izlanishlar Toshkent viloyati Qibray tumanida, jumladan Bo‘ston mahallasida joylashgan shaxsiy tomorqa er uchastkasida yangi barpo etilgan turar joy va xo‘jalik imoratlarini texnik xatlovdan o‘tkazish asosida amalga oshirildi. Tadqiqot natijasida tomorqa er uchastkalariga oid ishonchli axborotlarni shakllantirishda muammolar aniqlandi. Bunday muammolarni bartaraf etish maqsadida, muayyan er uchastkalarining xarakterli nuqtalarini sun’iy yo‘ldoshli texnologiyalar yordamida aniqlik darajasini oshirish orqali bino va inshootlar davlat kadastrining ishonchli axborotlarini shakllantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi. Jumladan, ushbu tavsiya Toshkent viloyati Davlat kadastrlari palatasi Qibray tumani filialining turar joy bo‘limida joriy etilgan (Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi kadastr agentligining 2023 yil 7 noyabrdagi 05/1511-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, er uchastkalarining xarakterli nuqtalarini aniqlashdagi o‘rta kvadratik xatoligi 0,10 metrdan 0,015 metrgacha kamaytirishga erishildi;
tadqiqot davomida turar joy ob’ektlari ichki maydonlarini aniqlash uslubi o‘rganildi. Tadqiqot lazerli masofani o‘lchash qurilmasi (dal`nomer)dan foydalangan holda amalga oshirildi. O‘lchov ishlarini amalga oshirishda lazerli dal`nomerdan foydalanish davrida xatolik kelib chiqishi mumkin bo‘lgan omillar o‘rganildi. Xatolikni salbiy oqibatlarini bartaraf etish maqsadida bino va inshootlarning ichki maydonlarini hisoblashda lazerli dal`nomer yordamida o‘lchash usuli to‘g‘ri amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar berildi. Tadqiqot natijasida “Bino va inshootlar kadastrini yuritishda ishonchli axborotlarni ishlab chiqish uslublarini takomillashtirish” nomli ilmiy-uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqildi va Toshkent viloyati Davlat kadastrlari palatasi Qibray tumani filiali turar joy bo‘limida joriy etildi (Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi kadastr agentligining 2023 yil 7-noyabrdagi 05/1511-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, turar joy binosi xonalarining ichki maydonlarini o‘lchash aniqligi oshirildi hamda o‘rta kvadratik xatolikni kamaytirishga erishildi;
2016–2020-yillar ma’lumotlari kameral sharoitda tahlil qilindi, turar joy va xo‘jalik imoratlarining soni va ular egallagan maydonlar miqdori muntazam ravishda o‘zgarib borganligi kuzatildi. Ushbu o‘zgarishlar asosan yangi barpo etilgan turar joy va xo‘jalik imoratlari hisobiga vujudga kelganligi aniqlandi. Xususan, muallif tomonidan bunday ob’ektlarni o‘z vaqtida ro‘yxatga olish zarurligi e’tirof etildi. Olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida “Bino va inshootlar kadastriga oid axborotlarni ishlab chiqishda taqqoslash uslubini takomillashtirish” nomli ilmiy-uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqildi va Toshkent viloyati Davlat kadastrlari palatasi boshqarmasi bino va inshootlar kadastrini yuritish bo‘limida joriy etildi (Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi kadastr agentligining 2023 yil 7-noyabrdagi 05/1511-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yangi barpo etilgan turar joy va xo‘jalik imoratlari bo‘yicha mulk solig‘i qiymatini tezkor usulda aniqlashga erishilgan hamda axborotlarni shakllantirish uslubi takomillashtirilgan