Tag‘aeva Muhayo Bafoevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mikrobiologik preparatlar ta’sirida o‘simlikarni hosildorligini oshirish biotexnologiyasi», 03.00.12 – Biotexnologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/B1134.
Ilmiy rahbar: Toxirov Baxtiyor Baxshilloevich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03.30.12.2019.B.72.02.
Rasmiy opponentlar: Murodova Sayyora Sabirovna, biologiya fanlari doktori, professor; Xo‘jjiev Sodiq Oltievich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kolleksion mikrosuvo‘tlarini o‘simliklar o‘sishini boshqarish xususiyatlari bo‘yicha skrining qilish, faol shtammlar asosida biostimulyator olish hamda mazkur biopreparatning qishloq xo‘jaligidagi ahamiyatini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Botryococcus, Tetradesmus, Scenedesmus, Chlorococcum avlodiga mansub mikrosuvo‘tlarining chigit unuvchanligiga ta’sirini aniqlashda xlorofillarning o‘zaro nisbati asosiy faktori sifatida qarash lozimligi isbotlangan;
B.braunii-AnDI-115 hamda Chlorococcum infusionum-AnDI-76 shtammlari qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larining umumiy unuvchanligiga qo‘yilgan talablarga javob beradigan biostimulyatorlik xususiyatiga ega algologik ob’ektlar sifatida asoslangan;
chigit unuvchanligiga mikrosuvo‘tlarining bevosita IUK sintez qilish xususiyatiga bog‘liq holda ta’sir ko‘rsatishi Ch.infusionum-AnDI-76 kulturasining B.braunii-AnDI-115 kulturasiga nisbatan 5,5 mg/ml ko‘proq (17,67 mg/ml) IUK sintez qilishini aniqlash orqali isbotlangan;
B.braunii-AnDI-115 hamda Ch.infusionum-AnDI-76 kulturalarining IUK sintezining maksimal miqdori ozuqa muhitida L-triptofan miqdoriga bog‘liq bo‘lib, optimal L-triptofan miqdori har ikki kultura uShun 2,50 mg/ml ni tashkil etishi, birgalikda etishtirilgan kulturalar (B.braunii-AnDI-115 + Ch.infusionum-AnDI-76) uShun 2,0 mg/ml bo‘lishi ochib berilgan;
B.braunii-AnDI-115 hamda Ch.infusionum-AnDI-76 kulturalari asosida tayyorlanadigan namunaviy “Algobiostim” biopreparatini olish texnologiyasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mikrobiologik preparatlar ta’sirida o‘simliklarni hosildorligini oshirish biotexnologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Algobiostim” biopreparati bilan ishlov berish agrotexnologiyasi Buxoro viloyatining paxta etishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida o‘rta sho‘rlangan tuproqlarda amaliyotga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 7 fevraldagi 06/27-05/732-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Buxoro viloyati, Buxoro tumanining o‘rtapishar Buxoro-10 (Sardor) navida “Algobiostim” biologik stimulyatori (4,0 l/ga) amaliyotga qo‘llash 3,11 s/ga, gektariga 4,5 l/ga qo‘llanilganda 4,68 s/ga, qo‘shimcha hosil olish imkonini bergan;
«Algobiostim» biostimulyatori bilan ishlov berish agrotexnologiyasi Buxoro viloyati, Buxoro tumanining kuchli sho‘rlangan g‘o‘za etishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashining 2023 yil 3 oktyabrdagi 01/03-1960-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Buxoro viloyati, Buxoro tumanining o‘rtapishar Buxoro-10 (Sardor) navida “Algobiostim” biologik stimulyatori (4,0 l/ga) amaliyotga qo‘llash 2,38 s/ga, gektariga 4,5 l/ga qo‘llanilganda 3,16 s/ga, qo‘shimcha hosil olish imkonini bergan.