Raimov Salaxiddin Abdullaevichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jigar sirrozi va portal gipertenziya bilan kasallangan bemorlarda selektiv portosistem shuntlash operatsiyasini takomillashtirish», 14.00.27–Xirurgiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tib110.

Ilmiy rahbar: Nazirov Feruz Gafurovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, akademik.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.49.01.

Rasmiy opponentlar: Akilov Xabibulla Ataullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xakimov Murad Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: S.M.Kirov nomli harbiy-tibbiyot akademiyasi oliy ta’lim federal davlat byudjet harbiy ta’lim muassasasi (Rossiya Federatsiyasi).

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadiportokaval havza qon tomirlari regionar angioarxitektonikasi xususiyatlarini hisobga olgan holda selektiv portosistem shuntlashga ko‘rsatmalarni optimallashtirish va taktik-texnik jihatlarini takomillashtirish yo‘li bilan JS bilan bemorlarda PGning xirurgik korreksiyasi natijalarini yaxshilashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

dekompressiv aralashuvlarning selektiv turining taktik-texnik jihatlarini bosqichli unifikatsiyalashni e’tiborga olgan holda O‘zbekistonda PG xirurgiyasi taraqqiyoti davriga bog‘liq ravishda DSRAning samarasi baholangan;

JS bilan bemorlar individual xususiyatlariga bog‘liq ravishda shuntlashning selektiv turiga avval ishlab chiqilgan ko‘rsatmalar optimallashtirilgan;

PGli JPda QOVKVdan qon ketishlar rivojlanish chastotasi va PSSh bajarishning texnik jihatlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatuvchi splenoportal o‘zan angioarxitektonikasi va gemodinamikasining xususiyatlari yosh omiliga bog‘liq ravishda aniqlangan;

JS bilan bemorlar yoshiga bog‘liq ravishda portal sistema qon tomirlari gistostrukturasi o‘zgarishlarining xususiyatlari o‘rganilgan va 50 yoshdan kattalarda t. media va t. adventitia ning qalinlashuvi kuchliroq ifodalanganligi, 30 yoshgacha esa – splenoportal o‘zan venalari bo‘shlig‘ining kengayishi xos ekanligi isbotlangan;

taloq venasining kuchli transformatsiyasi va uning diametri 1,5 smdan kengroq bo‘lgan JS bilan bemorlarda DSRAni shakllantirishda portokaval tashlashni cheklashning original amaliyoti ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

PGli JS bilan bemorlarni davolash natijalarini yaxshilashga bag‘ishlangan tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

taloq venasining kuchli trasnformatsiyasi va diametrining 1,5 smdan ortiq kengayishi kuzatilganda salbiy gemodinamik oqibatlarni bartaraf qilish va asoratlar chastotasini taloq venasi diametri 1,5 smgacha bo‘lgandagi DSRA uchun xos ko‘rsatkichlargacha kamaytirish imkonini bergan «Qon tomir portosistem shuntlashda portokaval tashlashni cheklash usuli» (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 15 noyabrdagi 8n-d/56-son ma’lumotnomasi) ishlab chiqilgan;

«Portal gipertenziya asoratlarining rejali xirurgiyasi» uslubiy qo‘llanmasi sog‘liqni saqlash amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 15 noyabrdagi 8n-d/56-son ma’lumotnomasi). PGli JS bilan bemorlarni qo‘llanmaga asosan davolash taktikasini optimallashtirish, operatsiyadan keyingi asoratlar chastotasini pasaytirish, qizilo‘ngachdan qon ketish residivlari xavfini kamaytirish imkonini bergan;

PGli JS bilan bemorlar diagnostikasi va davolash sifatini yaxshilash bo‘yicha bajarilgan dissertatsiya ishining olingan ilmiy natijalari sog‘liqni saqlash amaliy faoliyatiga, xususan, «Akademik V.Voxidov nomli RIXM» AJ, Buxoro va Samarqand shahar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi amaliy faoliyatiga, shuningdek, Samarqand, Buxoro davlat tibbiyot institulari, Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Nukus filiali o‘quv jarayonlariga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 15 noyabrdagi 8n-d/56-son ma’lumotnomasi) tatbiq etilgan. Tadqiqotning olingan natijalari PGli JS bilan bemorlarda diagnostika sifatini yaxshilash, qizilo‘ngachdan qon ketish residivi xavfini 30,1% dan 19,5% gacha, keyingi davrda jigar ensefalopatiyasi yuzaga kelish xavfini 30% dan 12% gacha va bemorlarning kasalxonada yotish muddatini 15%ga kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish