Nazarov Odil Omanqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Texnika ixtisosliklari talabalariga gidravlika fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish (texnologik mashinalar va jihozlari (neft va gaz sanoati) yo‘nalishi misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped5105.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Eshev Sobir Samatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.04/30.04.2021.T.111.04 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash. 
Rasmiy opponentlar: Turdiev Shoxrux Razzoqovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Norqulov Bahodir Musulmanovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarni gidravlik qurilmalaridan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatishga oid bilimlari, ko‘nikmalarini shakllantirish shartlarini nazariy va metodik jihatdan takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarni tanlangan ixtisoslik nuqtai nazaridan gidravlika fanini o‘zlashtirish samaradorligini oshirishga qaratilgan didaktik shartlar oliy texnik ta’limni takomillashtirishning fundamentallashtirish, individuallashtirish kabi yo‘nalishlarida fanlarni yaxlit siklga sintez qilish imkonini beradigan muhandislik g‘oyalari, metodik shart-sharoitlar va didaktik asoslarning mavjudligi shartlari ustuvorligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
gidravlika fanini innovatsion asosda o‘qitish metodikasi fanning Gidrostatika, Gidrodinamika, Gidravlik mashinalar kabi modullarini o‘qitishda foydalaniladigan texnik ta’limning innovatsion texnologiyalarini talabalarning intellektual sezgirligi, intellektual harakatchanligi va tafakkuri moslashuvchanligini intensivlashtirishini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
talabalarni muhandislik faoliyatiga tayyorlashda gidravlika fanini o‘qitishning tarkibiy tuzilmalari hamda jarayon modelining mazmunli va texnologik-jarayoniy bloklari Gidravlika hamda Suyuqlik va gaz mexanikasi fanlari mazmuni o‘quv materiallarini modellashtirish hamda akademik ta’lim shakllarini  integratsiyalash orqali takomillashtirilgan;
gidravlika faniga doir nazariy va amaliy qarashlar ilm-fan taraqqiyoti bilan bog‘liq gidrodinamik hodisalardan texnik sohalarda foydalanishga doir empirik tajribalar gidravlik, gazodinamik, aerodinamik tizimlardagi texnologik jarayon bosqichlari asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Texnika ixtisosligi talabalariga gidravlikani o‘qitish metodikasini takomillashtirishga doir qo‘lga kiritilgan ilmiy natijalar asosida:
gidravlika faniga doir nazariy va amaliy qarashlar ilm-fan taraqqiyoti bilan bog‘liq gidrodinamik hodisalardan texnik sohalarda foydalanishga doir empirik tajribalar gidravlik, gazodinamik, aerodinamik tizimlardagi texnologik jarayon bosqichlarining tizimli tahlili asosida aniqlashtirilgan ma’lumotlardan 2018-2020 yillarda bajarilgan “O‘zbekistonning sug‘oriladigan hududlarida GAT-texnologiyasini qo‘llagan holda suv berish va suv uzatish tizimining gidrologik va gidrokimyo monitoring ilmiy asosi va metodologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 17-maydagi 01/207-son ma’lumotnomasi). Natijada texnika fanlarini o‘qitishda talabalarda innovatsion muhandislik faoliyatiga bo‘lgan qobiliyatlarini rivojlantirish ko‘nikmalarini shakllantirishga erishilgan; 
talabalarni muhandislik faoliyatiga tayyorlashda gidravlika fanini o‘qitishning tarkibiy tuzilmalari hamda jarayon modelining mazmunli va texnologik-jarayoniy bloklari Gidravlika hamda Suyuqlik va gaz mexanikasi fanlari mazmuni o‘quv materiallarini modellashtirish hamda akademik ta’lim shakllarini  integratsiyalash orqali takomillashtirilganligiga doir xulosalardan “Umumiy va er osti gidravlikasi” nomli o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 25 noyabrdagi 388-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 388-155-raqamli guvohnoma). Natijada, oliy ta’lim muassasalarida gidravlika fanini o‘qitish jarayonining metodik ta’minoti zamonaviy ma’lumotlar bilan boyitilgan; 
talabalarni tanlangan ixtisoslik nuqtai nazaridan gidravlika fanini o‘zlashtirish samaradorligini oshirishga qaratilgan didaktik shartlar oliy texnik ta’limni takomillashtirishning fundamentallashtirish, individuallashtirish kabi yo‘nalishlarida fanlarni yaxlit siklga sintez qilish imkonini beradigan muhandislik g‘oyalari, metodik shart-sharoitlar va didaktik asoslarning mavjudligi shartlari ustuvorligini ta’minlash orqali takomillashtirilganligiga oid takliflardan 2018-2020 yillarda bajarilgan “Nasos stansiyalarida sifonli suv o‘tkazish vakuum uzish gidravlik moslamasini ekspluatatsiya qilishning yangi energiya samarador texnologiyalarini ishlab chiqish” mavzusidagi loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutining 2023 yil 22 maydagi 01/219-son ma’lumotnomasi). Mazkur model talabalarga gidravlika fanini o‘rgatish asosida ularning motivatsiya darajalari, bilim va ko‘nikmalarni shakllanish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish