Qo‘chqarova Muqaddas Oybekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’limda fizika o‘qitish bosqichlarini izchillik tamoyili asosida o‘rganish metodikasini innovatsion texnologiyalar yordamida takomillashtirish (molekulyar fizika va kvant statistikasi misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped5075.
Ilmiy rahbar: Qo‘chqarov Xoshimjon Ortiqovich, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.11.2022.FM/T.66.04 raqamli ilmiy kengash asosida bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Kadirova Munira Rasulovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Dadamirzaev Muhammadjon G‘ulomqodirovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarida fizika kursi bosqichlari orasida izchillik tamoyilini amalda ta’minlashga qaratilgan o‘qitish metodikasini didaktik vositalar va innovatsion texnologiyalar yordamida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
psixologik-pedagogik nuqtai nazardan izchillikni muammoli tadqiqotga, shaxs rivojiga va funksional faoliyatga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon tamoyili sifatida tavsiflash zarurati ko‘rsatilib, fizikaviy jarayonlarga mos keladigan izchillikni yangi tahrirdagi bilim, ko‘nikma va malakalarning rivojlanish bosqichlari orasidagi pedagogik axborot texnologiyalariga asoslangan ta’lim nazariya va texnologiyalarini uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarni o‘quv o‘rganish faoliyatida izchillikni amaliy ta’minlashga yo‘naltirilgan pedagogik shart sharoit va shaxsni rivojlantiruvchi izchillik tamoyili ilmiylik, ketma-ketlik, uzviylik, ta’lim tarbiya nazariyasini amaliyot bilan shaxsning bilish jarayoni straktiyasida qo‘llaydigan o‘ziga xos bilish xususiyatlari aloqadorligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
talabalarning fizika kursini o‘qitish jarayonini uzviylikda rivojlantirishni amalga oshirish metodikasi hodisalarni baholashda dinamik va qayta aloqaning barqarorligini, oldingi va keyingi bosqichlardagi tushunchalarni chegaraviy hollarda o‘zaro mosligini aniqlash, empirik ma’lumotlarni yig‘ish hamda umumlashtirishga asoslangan pedagogik maqsadga erishishning ichki va tashki aloqalar tizimini integratsiyalash asosida aniqlashtirilgan;
fizika kursining molekulyar fizika va kvant statistikasi bo‘limi mashg‘ulotlarida talabalar o‘quv bilish faoliyatini va ilmiy dunyoqarashlarini rivojlantirish ideal gaz molekulalari harakatlanishini animatsion kuzatish, empirik axborot hissiy idrok natijasi sifatida dalil va hodisalarni nazariy-mantiqiy umumlashtirilgan hodisalarning uning qismlari bilan o‘zaro aloqadorlikda o‘rganish, birligini yaxlitlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim tizimida fizika kursining molekulyar fizika va kvant statistikasi bosqichlarini izchillik tamoyili asosida o‘qitish metodikasini innovatsion texnologiyalar yordamida takomillashtirish yuzasidan olib borilgan tadqiqot ishlari natijalari asosida:
psixologik-pedagogik nuqtai nazardan izchillikni muammoli tadqiqotga, shaxs rivojiga va funksional faoliyatga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon tamoyili sifatida tavsiflash zarurati ko‘rsatilib, fizikaviy jarayonlarga mos keladigan izchillikni yangi tahrirdagi bilim, ko‘nikma va malakalarning rivojlanish bosqichlari orasidagi pedagogik axborot texnologiyalariga asoslangan ta’lim nazariya va texnologiyalarini uyg‘unlashtirishga oid tavsiyalar “Termodinamika va statistik fizika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-maydagi 232-son buyrug‘i asosida berilgan 232-314-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada oliy ta’lim tizimida fizika kursini izchillik tamoyili asosida o‘qitishning mavjud holatini tahlili orqali ta’lim jarayonida izchillikni amalga oshirishning shart-sharoitlarini aniqlash imkoni kengaytirilgan;
talabalarni o‘quv o‘rganish faoliyatida izchillikni amaliy ta’minlashga yo‘naltirilgan pedagogik shart sharoit va shaxsni rivojlantiruvchi izchillik tamoyili ilmiylik, ketma-ketlik, uzviylik, ta’lim tarbiya nazariyasini amaliyot bilan shaxsning bilish jarayoni straktiyasida qo‘llaydigan o‘ziga xos bilish xususiyatlari aloqadorligiga oid xulosalari “Termodinamika va statistik fizika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-maydagi 232-son buyrug‘i asosida berilgan 232-314-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarni fizika bo‘limlarini o‘zaro aloqadorlik va uzviylikda o‘quv o‘rganish faoliyatlarini tashkil etish samaradorligi oshgan;
talabalarning fizika kursini o‘qitish jarayonini uzviylikda rivojlantirishni amalga oshirish metodikasi hodisalarni baholashda dinamik va qayta aloqaning barqarorligini, oldingi va keyingi bosqichlardagi tushunchalarni chegaraviy hollarda o‘zaro mosligini aniqlash, empirik ma’lumotlarni yig‘ish hamda umumlashtirishga asoslangan pedagogik maqsadga erishishning ichki va tashki aloqalar tizimini integratsiyalash bo‘yicha berilgan takliflar “Termodinamika va statistik fizika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-maydagi 232-son buyrug‘i asosida berilgan 232-314-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada faoliyatlarida uzviylik va izchillikni tashkil etish va ular asosida ilmiy tushunchalar mazmunini yangi mazmunli holatga ko‘tarilishga sharoit yaratilgan;
fizika kursining molekulyar fizika va kvant statistikasi bo‘limi mashg‘ulotlarida talabalar o‘quv bilish faoliyatini va ideal gaz molekulalari harakatlanishini animatsion kuzatish, empirik axborot hissiy idrok natijasi sifatida dalil va hodisalarni nazariy-mantiqiy umumlashtirilgan hodisalarning uning qismlari bilan o‘zaro aloqadorlikda o‘rganish, birligini yaxlitlash asosida takomillashtirilishga oid tavsiyalari asosida “Ideal gaz fizik tajribalarining virtual modellari” nomli elektron dasturi ishlab chiqilgan hamda Germaniyaning “A&A Ausbildung und Arbeit Plus GmbH” tashkiloti faoliyatiga joriy etilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 24-iyundagi 02-07-2422/04-son dalolatnomasi). Natijada, talabalar mustaqil ravishda ideal gaz molekulalari harakatlanishini animatsion kuzatishi, molekulalarning tezliklari Maksvell-Bolsman taqsimotiga bo‘ysunishi haqida yaqqol tasavvurlarining kengayishiga hamda ilmiy dunyoqarashlarini rivojlanishiga erishilgan.