Kazakov Aziz Nigmanovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oltin rudali konlarni er osti usulida qazib olishdagi dinamik ko‘rinishda sodir bo‘ladigan kon bosimini tadqiq qilish», 04.00.09–Marksheyderiya (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/T264.

Ilmiy rahbar: Sayyidqosimov Sayyidjabbor Sayyidqosimovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik instituti va Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.27.06.2017.T.06.01.

Rasmiy opponentlar: Nurpeisova Marjan Baysanovna, texnika fanlari doktori, professor; Jo‘raev Davron Oqnazarovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: «O‘zbekiston geotexnologiya va rangli metallurgiya ilmiy-tadqiqot va qidiruv loyihalash instituti» DUK.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: konchilik ishlarini loyihalash bosqichida tog‘ jinslari massivining kon zarbasiga moyilligini prognoz qilishning kompleks usulini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

konchilik ishlarini loyihalash va olib borishdan avval aprior sharoitda konning kon zarbasiga moyilligini baholash maqsadida blokli strukturalardagi tektonik kuchlanish maydonini aniqlashning strukturaviy-tektonofizik usuli ishlab chiqilgan;

oltin rudali konlarning darzlilik strukturasiga tegishli tog‘ jinslari massividagi kuchlanish-deformatsiyalanish holatini aniqlashning  an’anaviy usullaridan foydalanilgan va ulardan biri «shelli xolislantirish» usuli mazkur sharoit uchun takomillashtirilgan;

oltin rudali konlar zonasidagi uchastkalarda kon zarbasi uchun bexatar bo‘lgan texnologiyalarni qo‘llashning samarali chekli chuqurligi aniqlangan;

chekli elementlar usulini qo‘llab, tog‘ jinslari massividagi kuchlanish holatini baholashning matematik modeli ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Oltin rudali konlarni er osti usulida qazib olishdagi dinamik
ko‘rinishda sodir bo‘ladigan kon bosimini tadqiq qilish  bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:

oltin rudali konlarda kon bosimini xavfli ko‘rinishda paydo bo‘lishi va kuchlanish-deformatsiyalanish holatini baholash usullari «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ Angren kon boshqarmasi Qizilolma va Kochbuloq konchilik korxonalarida joriy qilingan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2018 yil 10 apreldagi OU-04151-son ma’lumotnomasi). Natijada konchilik ishlarini bexatar olib borish, er osti muhandislik inshootlarining ustuvorligini saqlash, er osti transporti, mashina va kon mashinalarning to‘xtovsiz ishini ta’minlash imkonini bergan;

ishlab chiqilgan tog‘ jinslari massivining kon zarbasiga moyilligini prognoz qilishning kompleks usuli «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ Angren kon boshqarmasi Qizilolma va Kochbuloq konchilik korxonalarida joriy qilingan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2018 yil 10 apreldagi OU-04151-son ma’lumotnomasi). Natijada bir yilda har bir rudnikdagi kon lahimlarining mustahkamligini 21,5 % ta’minlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish