Djumanov Shuxrat Toshmatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Chorva mollarini o‘g‘rilash jinoyatini tergov qilishni takomillashtirish”, 12.00.09 -“ Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi” (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Yu1091.
Ilmiy rahbar: Mirazov Davron Miragzamovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, DSc.32/30.12.2019.Yu.25.02.
Rasmiy opponentlar: Zakurullaev Abdumutal, yuridik fanlar doktori, professor; Sultanov Abdulla Azamatovich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi IIV malaka oshirish Instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi chorva mollarini o‘g‘rilash jinoyatini tergov qilish metodikasini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chorva mollarni o‘g‘rilash jinoyatini tergov qilishda shaxsni g‘ayriqonuniy harakatlar sodir etishga undash va bunday undash oqibatida sodir etilgan jinoyat uchun uni ayblash, shaxsni jinoyat ishiga gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi sifatida jalb qilish uchun asoslar mavjud bo‘lganda guvoh sifatida so‘roq qilish mumkinligi asoslantirilgan;
tergov jarayonida sodir etilgan jinoyat holati bo‘yicha – jinoyat ishi mazmuni, shuningdek, jinoyatga aloqador bo‘lgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor etishga, shaxsning jinoyat sodir etilishida ayblilik masalasini muhokama qilishga hamda ular muhokamada ishtirok etishga yo‘l qo‘yilmasligi, jinoyatni tergov qilishida tegishli davlat organlari va nodavlat-notijorat tashkilotlari hamda jamoatchilik vakillari qatnashishi mumkinligi asoslantirilgan;
chorva mollarni o‘g‘rilashga oid xabarlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari ichki ishlar organlarining surishtiruvchi va tergovchi tomonidan olib borilishi, ekspert-kriminalist xodimi mavjud bo‘lmagan hollarda hodisa joyiga chiqilganda surishtiruvchi yoki tergovchi hodisa sodir bo‘lgan joyini ko‘zdan kechirishda innovatsion texnik uskunalar orqali izlarni va boshqa ashyoviy dalillarni topish, olish, qayd qilish va saqlash uchun zarur bo‘lgan kriminalistik texnika vositalaridan foydalanishi asoslab berilgan;
gumon qilinuvchi va ayblanuvchilarni ziddiyatli vaziyatlarda so‘roq qilishda kutilmaganda savollar berish, emotsional holatni yuzaga keltirish, diqqatni chalg‘itish kabi bir nechta taktik usullarni bir vaqtda ko‘llash natijada u yolg‘on ko‘rsatuvlar bilan birga haqiqatga mos keluvchi ko‘rsatuvlarni ham bayon etishi hamda hayvonlarni tanib olish uchun ko‘rsatish taktikasi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lganligi, tanib olishdan oldin hayvonning egasini so‘roq qilishda uning belgilarini aniqlashtirilishi, chorva mollarnini tanib olishda hayvonning egasiga nisbatan munosabatiga e’tibor berishi, egasi tomonidan ko‘rsatilgan belgilarni tasdiqlash uchun veterinariya ekspertizasi o‘tkazilishi mumkinligi asoslantirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
chorva mollarni o‘g‘rilashda uni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxsdan tergovga qadara tekshiruvni, tezkor-qidiruvni amalaga oshiruvchi organlarning mansabdor shaxslari tomonidan arizalar, tushuntirishlar yoki ko‘rsatuvlar olish jinoyatlarni olib borishga ma’sul bo‘lgan xodim va organlarning yozma ruxsatiga asosan va faqat himoyachi ishtirokida amalga oshirilishi, tezkor-qidiruv tadbirlarining natijalari faqat qonun talablariga muvofiq olinganda shaxsni jinoyat ishiga gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi sifatida jalb qilish uchun asoslar mavjud bo‘lganda ularni so‘roq qilish mumkinligiga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 18 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodeksiga jinoyat protsessida ishtirok etuvchi fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilishni kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-675-son qonunining 2-moddasi 2-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari Qo‘mitasining 2022 yil 13 apreldagi 04/2-09/1242-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi chorva mollarini o‘g‘rilashda gumon qilinuvchi va ayblanuvchining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishini ta’minlanishiga xizmat qilgan;
chorva mollarni o‘g‘rilash jinoyatini tergov qilish jarayonida sodir etilgan jinoyat holati bo‘yicha – jinoyat ishi mazmuni, shuningdek, jinoyatga aloqador bo‘lgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor etishga, shaxsning jinoyat sodir etilishida ayblilik masalasini muhokama qilishga hamda ular muhokamada ishtirok etishga yo‘l qo‘yilmasligi, tegishli davlat organlari, nodavlat-notijorat tashkilotlari va jamoatchilik vakillari qatnashishi mumkinligiga doir takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 10 sentyabrdagi 565-sonli qarorida ifodalangan “Jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishga imkon bergan shart sharoitlarni muhokama qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 17-bandi birinchi xatboshisini va 18-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2022 yil 6 maydagi 12/21-29-son dalolatnomasi). Ushbu takliflarning joriy etilishi chorva mollarni o‘g‘rilashni tergov qilishda jinoyatga aloqador bo‘lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish mexanizmini samaradorligini oshirish vositasi hamda jamoat tashkilotlari va jamoatchilik vakillari qatnashish shaffoflikni ta’minlashgaxizmat qilgan;
chorva mollarni o‘g‘rilashga oid xabarlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalari tomonidan ekspert-kriminalist bo‘lmagan hollarda hodisa joyida olib borilishi ularning hodisa joyini raqamli ahborot texnologiyalar yordamida ta’sfirlash, izlarni va boshqa ashyoviy, raqamli dalillarni topish, olish, qayd qilish va saqlash xarakatlar algoritmini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan kriminalistik texnika vositalaridan foydalanishiga doir takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi IIV 2017 yil 12 iyundagi 100-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida surishtiruv va dastlabki tergovni tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaning 54-bandi “a”-kichik bandining birinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tergov Departamentining 2022 yil 9 apreldagi 18/3784-son dalolatnomasi). Ushbu taklif chorva mollarini o‘g‘rilash jinoyati bo‘yicha hodisa sodir bo‘lgan joyni qo‘zdan kechirishda tergov organlari tomonidan raqamli kriminalistik texnikasini qo‘llash taktikasini takomillashtirishga xizmat qiladi;
chorva mollarni o‘g‘rilash jinoyatlarni tergov qilishda gumon qilinuvchi va ayblanuvchilarni ziddiyatli vaziyatlarda so‘roq qilishda kutilmaganda savollar berish, emotsional holatni yuzaga keltirish, diqqatni chalg‘itish kabi bir nechta taktik usullarni bir vaqtda ko‘llash yuqori samara berishi, bu holat so‘roq qilinuvchining ongida haqiqiy holat va o‘ylab topilgan yolg‘on ko‘rsatuvlar aralashib ketishiga, natijada u yolg‘on ko‘rsatuvlar bilan birga haqiqatga mos keluvchi ko‘rsatuvlarni ham bayon etishi, hayvonlarni tanib olish uchun ko‘rsatish taktikasi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Bunday hollarda, tanib olishdan oldin hayvonning egasini so‘roq qilishda uning zoti, jinsi, yoshi, rangi, tamgalari, belgilar, tuyoq nuqsonlari, shakli, o‘lchami, shoxlarning holati va boshqa holatlar aniqlashtirilishi, chorva mollarnini tanib olish jarayonida hayvonning egasiga nisbatan o‘zini qanday tutishiga e’tibor berishi, tanib olishdan so‘ng egasi tomonidan ko‘rsatilgan belgilarni tasdiqlash uchun veterinariya ekspertizasi o‘tkazilishi mumkinligiga oid takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti va uning hududiy bo‘linmalarida chorva mollarini o‘g‘rilash jinoyatlarni tergov qilish amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tergov Departamentining 2022 yil 9 apreldagi 18/3785-son dalolatnomasi). Ushbu takliflarning joriy etilishi chorva mollarini o‘g‘rilash jinoyatida so‘roq qilishda ish uchun ahamiyatli ma’lumotlarni qo‘lga kiritish, xususiy tergov qilish metodikasida tergov harakatlarni o‘tkazish taktikasi samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.