G‘afurova Nozimaxon Eldarovnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «O‘zbekiston Respublikasida sog‘liqqa bo‘lgan huquqni ta’minlashning xalqaro-huquqiy asoslari», 12.00.10 – Xalqaro huquq (yuridik fanlar). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Yu210.
Ilmiy rahbar: Umarxanova Dildora Sharipxanovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/03.06.2023.Yu.22.04. 
Rasmiy opponentlar: Tillaboev Mirzatilla Alisherovich, yuridik fanlar doktori, professor; Nug‘manov Nug‘man Abdullaevich, yuridik fanlar doktori, professor; Umaroxunov Irkin Mirzaxidovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Dissertatsiya ishi rus tilida tayorlangan.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida sog‘liqqa bo‘lgan huquqni ta’minlashning xalqaro huquqiy asoslarini hamda sog‘liqqa bo‘lgan huquq sohasidagi xalqaro va milliy qonunchilik bazasini takomillashtirish bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
sog‘liqni saqlashning asosiy ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik determinantlarini ta’minlash bo‘yicha davlat dasturlari doirasida davlatlarning javobgarligi va e’tiborini kuchaytirish, tengsizlik va diskriminasiya natijasida yuzaga keladigan, insonning sog‘liqqa bo‘lgan huquqlarini har tomonlama to‘liq amalga oshirishga yo‘l qo‘ymaydigan bir qator to‘siqlar, jumladan implementasiya mexanizmidagi kamchiliklar hamda dunyoda yuzaga kelgan yangi munosabatlarni tartibga solinmagani sababli mavjud bo‘lgan huquqiy bo‘shliqlar, moliyalashtirishdagi muammolar, turli favqulodda vaziyat yoki boshqa holatlarda yuzaga keladigan muammolarni hal etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan;
pandemiya davrida (COVID-19 va boshqalar) va boshqa favqulodda vaziyatlarda cheklovchi choralar ko‘rilganida davlatlarning o‘z majburiyatlarini samarali bajarishi, davlatlar xalqaro huquq doirasidagi xalqaro majburiyatlariga muvofiq inson huquqlari, insonning haqqoniy ma’lumot olish huquqini cheklamasdan, aksincha, davlat xizmatlarini sifatini oshirish, jumladan internet tarmog‘idan sog‘liqni saqlash va telemedisina xizmatlaridan samarali foydalanishdagi asosiy vositasi va ma’lumot manbai sifatida foydalanish imkoniyatini yuqori darajada ta’minlash zarurati asoslangan hamda davlat majburiyati sifatida xalqaro xujjatda alohida belgilash taklifi berilgan;
sog‘liqqa bo‘lgan huquqning mazmuni va yuridik tabiati aniqlanib, “sog‘liqqa bo‘lgan huquq – insonning asosiy ajralmas ijtimoiy huquqi bo‘lib, har bir shaxsga salomatliking eng yuqori darajasiga ega bo‘lishiga imkon beradigan, davlat tomonidan yaratilgan sharoitlardan teng va samarali foydalanish huquqi bo‘lib, mavjudlik, maqbullik, tenglik va adolat kabi tarkibiy qismlardan tashkil topgan somatik inson huquqlari kategoriyasidir”, degan ma’nodagi mualliflik ta’rifi ishlab chiqilgan;
 “bemor – bu sog‘lig‘i holatidan qat’y nazar, tibbiy va farmasevtika xizmatlarining barcha turlaridan foydalanish, tibbiy yordam olish, shuningdek, qonun doirasida biotibbiyot tajribalarida ishtirok etish uchun tibbiy muassasa yoki alohida tibbiyot xodimi bilan huquqiy va ijtimoiy munosabatlarga kirishgan har qanday shaxs”, degan ma’nodagi mualliflik ta’rifi ishlab chiqilgan;
barcha dorivor vositalaridan teng foydalanish huquqini ta’minlash maqsadida dorivor vositalarni majburiy lisenziyalash mexanizmini joriy etish zarurati asoslangan;
sog‘liqni saqlash sohasidagi sog‘liqqa bo‘lgan huquqning tartibga solish bo‘yicha milliy qonunchilikdagi huquqiy bo‘shliqlar, terminologik apparatlarning kamchiliklari aniqlanib, ularga muvofiq sog‘liqni saqlash sohasidagi zamonaviy tahdidlar va voqeliklar davrida huquqiy tartibga solishni talab qiladigan konseptual yondashuvni shakllantirish asosida qonunchilikka taklif etilayotgan “salomatlikni belgilovchi determinantlar”, “global sog‘liqni saqlash”, “epidemiya”, “pandemiya”, “fors-major holatlari”, “aholining o‘zini o‘zi izolyasiya qilish rejimi”, “karantin”, “favqulodda vaziyat”, “yuqori ogohlantirish rejimi”, “dorivor vositalarini majburiy lisenziyalash” kabi atamalarni kiritish zarurligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiya ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar qo‘yidagilarda foydalanilgan:
sog‘liqni saqlashning asosiy ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik determinantlarini ta’minlash bo‘yicha davlat dasturlari doirasida davlatlarning javobgarligi va e’tiborini kuchaytirish, tengsizlik va diskriminasiya natijasida yuzaga keladigan, insonning sog‘liqqa bo‘lgan huquqlarini har tomonlama to‘liq amalga oshirishga yo‘l qo‘ymaydigan bir qator to‘siqlar, jumladan implementasiya mexanizmidagi kamchiliklar hamda dunyoda yuzaga kelgan yangi munosabatlarni tartibga solinmagani sababli mavjud bo‘lgan huquqiy bo‘shliqlar, moliyalashtirishdagi muammolar, turli favqulodda vaziyat yoki boshqa xolatlarda yuzaga keladigan muammolarni engib o‘tish zarurati bo‘yicha ishlab chiqilgan xalqaro va milliy huquqiy asoslari bo‘yicha taklifdan BMTning Inson huquqlari Kengashi tomonidan 2023-yil 3-aprelda qabul qilingan «Ruhiy salomatlik va inson huquqlari» A/HRC/RES/52/12 rezolyusiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasining Jeneva shahridagi BMT bo‘linmasi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi Doimiy vakolatxonasining 2023-yil 30-apreldagi 15/12229/09-30-son dalolatnomasi). Ushbu taklif sog‘liqqa bo‘lgan huquqni amalga oshirishda davlatlarning javobgarligini kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar sifatida xizmat qilgan;
pandemiya davrida (COVID-19 va boshqalar) va boshqa favqulodda vaziyatlarda cheklovchi choralar ko‘rilganida davlatlarning o‘z majburiyatlarini samarali bajarishi, davlatlar xalqaro huquq doirasidagi xalqaro majburiyatlariga muvofiq inson huquqlari, insonning haqqoniy ma’lumot olish huquqini cheklamasdan, aksincha, davlat xizmatlarini sifatini oshirish, jumladan internet tarmog‘idan sog‘liqni saqlash va telemedisina xizmatlaridan samarali foydalanishdagi asosiy vositasi va ma’lumot manbai sifatida foydalanish imkoniyatini yuqori darajada ta’minlash zarurati asoslangan hamda davlat majburiyati sifatida xalqaro xujjatda alohida belgilash bo‘yicha taklifdan BMTning Inson huquqlari Kengashi tomonidan 2023-yil 3-aprelda qabul qilingan «Ruhiy salomatlik va inson huquqlari» A/HRC/RES/52/12 rezolyusiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasining Jeneva shahridagi BMT bo‘linmasi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi Doimiy vakolatxonasining 2023-yil 30-apreldagi 15/12229/09-30-son dalolatnomasi). Ushbu taklif davlatlar tomonidan pandemiya va boshqa favqulodda vaziyatlarda cheklov choralarini joriy etishda o‘z majburiyatlarini samarali bajarish uchun tavsiya sifatida xizmat qilgan;
sog‘liqqa bo‘lgan huquqning mazmuni va yuridik tabiati asosida ishlab chiqilgan: “sog‘liqqa bo‘lgan huquq – insonning asosiy ajralmas ijtimoiy huquqi bo‘lib, har bir shaxsga salomatliking eng yuqori darajasiga ega bo‘lishiga imkon beradigan, davlat tomonidan yaratilgan sharoitlardan teng va samarali foydalanish huquqi bo‘lib, mavjudlik, maqbullik, tenglik va adolat kabi tarkibiy qismlardan tashkil topgan somatik inson huquqlari kategoriyasidir”, degan ma’nodagi mualliflik ta’rifi bo‘yicha taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Aholi sog‘lig‘ini saqlash kodeksi loyihasining 4-moddasi loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023-yil 22-fevraldagi 08-04710-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning kiritilishi atamalar bazasini boyitish va sog‘liqqa bo‘lgan huquqning mohiyatini to‘g‘ri anglashga xizmat qilgan. Shuningdek, mazkur konsepsiyaning milliy qonunchilikka kiritilishi Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro Pakt (12-modda) va boshqa inson huquqlari sohasidagi xalqaro shartnomalar bo‘yicha xalqaro majburiyatlarni samarali bajarishga xizmat qilgan;
“bemor – bu sog‘lig‘i holatidan qat’i nazar, tibbiy va farmasevtika xizmatlarining barcha turlaridan foydalanish, tibbiy yordam olish, shuningdek, qonun doirasida biotibbiyot tajribalarida ishtirok etish uchun tibbiy muassasa yoki alohida tibbiyot xodimi bilan huquqiy va ijtimoiy munosabatlarga kirishgan har qanday shaxs” degan ma’nodagi mualliflik ta’rifi bo‘yicha taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Aholi sog‘lig‘ini saqlash kodeksi loyihasining 4-moddasi loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023-yil 22-fevraldagi 08-04710-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning kiritilishi atamalar bazasini boyitish va bemor huquqining mohiyatini to‘g‘ri tushunishga xizmat qilgan;
barcha dorivor vositalaridan teng foydalanish huquqini ta’minlashga qaratilgan dorivor vositalarni majburiy lisenziyalash mexanizmini joriy etish bo‘yicha taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Aholi sog‘lig‘ini saqlash kodeksi loyihasining 4-moddasi loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023-yil 22-fevraldagi 08-04710-son dalolatnomasi). Ushbu taklif mamlakatda favqulodda vaziyat yoki o‘ta zarurat tug‘ilganda barcha uchun dorivor vositalaridan teng foydalanish huquqini ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar sifatida hamda Jahon Savdo Tashkilotiga O‘zbekiston Respublikasi a’zo bo‘lishi jarayonidagi bajarishi lozim bo‘lgan shartlarini amalga oshirishga xizmat qilgan;
tadqiqot natijasida sog‘liqni saqlash sohasidagi milliy qonunchilikdagi aniqlangan huquqiy bo‘shliqlar, terminologik apparatlarning kamchiliklari va ularga muvofiq sog‘liqni saqlash sohasidagi zamonaviy tahdidlar va voqeliklar davrida huquqiy tartibga solishni talab qiladigan konseptual yondashuvni shakllantirish zarurati asosida ishlab chiqilgan “salomatlikni belgilovchi determinantlar”, “global sog‘liqni saqlash”, “epidemiya”, “pandemiya”, “fors-major holatlari”, “aholining o‘zini o‘zi izolyasiya qilish rejimi”, “karantin”, “favqulodda vaziyat”, “yuqori ogohlantirish rejimi”, “dorivor vositalarini majburiy lisenziyalash” kabi mualliflik ta’riflarni kiritish bo‘yicha takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Aholi sog‘lig‘ini saqlash kodeksi loyihasining 4-moddasi loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023-yil 22-fevraldagi 08-04710-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning kiritilishi sog‘liqqa bo‘lgan huquqning huquqiy tabiati va mazmun-mohiyatini anglash, atamalar bazasini boyitishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish