Arustamyan Armen Mixaylovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qimmatbaho metallarning ajralishini oshirishni ta’minlab beradigan mis, mis-molibden rudalarini boyitishning kompleks texnologiyasini tadqiq qilish, ishlab chiqish va joriy qilish», 04.00.14–Foydali qazilmalarni boyitish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/T623.
Ilmiy rahbar: Sanaqulov Quvandiq, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik instituti va Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.27.06.2017.T.06.01.
Rasmiy opponentlar: Yusupxodjaev Anvar Abdullaevich, texnika fanlari doktori, professor; Petuxov Oleg Fedorovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: “Mineral resurslar instituti” DK.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: metallarni ajratib olishni oshirish maqsadida ohaksiz muhitda mis va mis-molibden rudalarining flotatsiya yangi texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mis va mis-molibden rudalarini tegirmonda soda dozasini ta’minlash, kirayotgan pul`pani natriy ftorsilikati yordamida qayta ishlash va erigan gidroksid birikmalarni natriy sul`fid bilan neytralizatsiya qilish jarayonlarini o‘z ichiga olgan ohaksiz muhitda flotatsiyalash tartibi ishlab chiqilgan;
mis va mis-molibden rudalarini flotatsiya qilishda pul`paning elektrokimyoviy ko‘rsatkichlarini sifatli baholash, texnologik jarayonga salbiy ta’sir qiluvchi faktorlarni aniqlash imkonini beruvchi turli elektrod tizimlari yordamida qayd etib boradigan potensiogramma yaratilgan;
flotatsiya jarayonida yangi texnologiyalar rivojlanishining keng imkon beradigan Ag2S, Pt, Mo, Cd, EM, pH elektrod potensiallarini o‘z ichiga olgan elektrokimyoviy mul`tisensor tizimlarni joriy qilish uchun yangi axborot makon yaratilgan;
tasodifiy funksiyalarning garmonik ajralishi va faktorli tahlil metodologiyasi yordamida, chegaralangan ma’lumotlar sharoitida mis va mis-molibden rudalarini flotatsiya qilish jarayonining texnologik audit uslubi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qimmatbaho metallarni ajratib olishni oshirish maqsadida mis, mis-molibdenli rudalarni boyitish kompleks texnologiyasini tadqiq qilish, ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
mis va molibden seleksiya siklidagi minerallar yuzasini yangilash uchun komplekslar «Qalmoqir» va «Yoshlik 2» konlarining ruda shixtalarini qayta ishlash texnologiyasini loyihalash va ishlab chiqish texnologik reglamentida joriy qilingan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2018 yil 10 apreldagi VX-04171-son ma’lumotnomasi). Natijada mis-molibden rudalarini ajratish jarayonining samaradorligi oshirildi va jarayon jadallashtirildi, shuningdek bir metalli konsentratlarda metall ajratib olish darajasini oshirish imkonini bergan;
mis va molibden minerallarini ajratib olish samaradorligini oshirish texnologiyasi «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJda joriy qilingan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2018 yil 10 apreldagi VX-04171-son ma’lumotnomasi). Natijada mahsulotli molibden konsentrati sifatini me’yorlashtirish va yiliga 15–20 tonna qo‘shimcha mis ishlab chiqish orqali iqtisodiy samara olish imkonini bergan.