Raximova Ulzana Xamidullaevna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jinoyat protsessida sud ekspertizasini tayinlash va o‘tkazishning o‘ziga xos xususiyatlari”, 12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika,
tezkor-qidiruv huquqi va sud ekspertizasi ixtisosligi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Yu451.
Ilmiy rahbar: Astanov Istam Rustamovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/13.05.2020.Yu.22.03.
Rasmiy opponentlar: Raxmonova Surayyo Maxmudovna, yuridik fanlar doktori, professor; Yugay Lyudmila Yurevna, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi jinoyat protsessida sud ekspertizasini tayinlash va o‘tkazish muammolarini kompleks ochib berish, shuningdek, sud ekspertizasi institutiga taalluqli O‘zbekiston Respublikasining amaldagi jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ekspertiza o‘tkazish uchun tibbiy muassasaga joylashtirilishini kutayotgan shaxslarga, shuningdek aqli norasolik holatida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan yoki jinoyat sodir etganidan keyin ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan shaxslarga nisbatan ehtiyot choralari ularning qochib ketishining va boshqa ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etishining oldini olish, shuningdek tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash haqidagi sud ajrimining ijrosini ta’minlash maqsadida qo‘llanilishi mumkinligi asoslantirilgan;
Jinoyat-protsessual kodeksining 571-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan ishda himoyachining majburiy ishtirok etishi to‘g‘risidagi qoida, agar sud-psixiatriya ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, himoya ostidagi shaxs ruhiy holatining buzilishi jinoyat sodir etilgandan so‘ng yuzaga kelgan yoki u ijtimoiy xavfli qilmishni aqli norasolik holatida sodir etgan bo‘lsa yoxud uning aqli rasoligini istisno etmaydigan, biroq ruhiy holati o‘zini himoya qilish huquqini mustaqil amalga oshirishini qiyinlashtiradigan tarzda buzilgan bo‘lsa amal qilishi davom etishi asoslantirilgan;
Jinoyat-protsessual kodeksining 567-moddasi matnidagi “ruhiy kasalligi” degan so‘zlar “ruhiy holatining buzilganligi” degan so‘zlar bilan almashtirish lozimligi asoslantirilgan;
murakkab tibbiy tekshiruv usullaridan, shuningdek kuchli og‘riq berish bilan bog‘liq usullardan majburiy foydalanishga faqat ekspertiza o‘tkazilayotgan shaxsning roziligi bilan, agar ushbu shaxs voyaga etmagan yoki uning ruhiy holati buzilgan bo‘lsa, uning qonuniy vakilining, vasiysining yoki homiysining roziligi bilan yo‘l qo‘yilishi asoslantirilgan;
ekspertiza tayinlashga vakolatli organ (shaxs) tomonidan tadqiqotlarga sud ekspertizasini tayinlash to‘gʻrisidagi qaror (ajrim), tadqiqot obektlari va ish materiallari, shuningdek, tadqiqotlarni o‘tkazish va xulosa berish uchun sud ekspertiga zarur bo‘lgan sud ekspertizasi predmetiga taalluqli maʼlumotlarga ega bo‘lgan hujjatlar ekspertiza tashkilotiga taqdim etilishi kerakligi asoslantirilgan;
sud ekspertining faoliyatini kasbiy layoqatliligi, o‘tkazilgan sud ekspertizalarining sifati va boshqa mezonlarga asosan baholash qoida tariqasida bir yilda bir marotaba amalga oshirilishi asoslantirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. Jinoyat protsessida sud ekspertizasini tayinlash va o‘tkazishning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ekspertiza o‘tkazish uchun tibbiy muassasaga joylashtirilishini kutayotgan shaxslarga, shuningdek aqli norasolik holatida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan yoki jinoyat sodir etganidan keyin ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan shaxslarga nisbatan ehtiyot choralari ularning qochib ketishining va boshqa ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etishining oldini olish, shuningdek tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash haqidagi sud ajrimining ijrosini ta’minlash maqsadida qo‘llanilishi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 236-moddasi yangi tahririda o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2022-yil 21-noyabrdagi 06-13/62-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi psixiatriya yordami ko‘rsatish tizimini takomillashtirishga, shuningdek, jinoyat protsessida protsessual majburlov va ehtiyot choralarini qo‘llash maqsadini aniqlashga yordam bergan;
Jinoyat-protsessual kodeksining 571-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan ishda himoyachining majburiy ishtirok etishi to‘g‘risidagi qoida, agar sud-psixiatriya ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, himoya ostidagi shaxs ruhiy holatining buzilishi jinoyat sodir etilgandan so‘ng yuzaga kelgan yoki u ijtimoiy xavfli qilmishni aqli norasolik holatida sodir etgan bo‘lsa yoxud uning aqli rasoligini istisno etmaydigan, biroq ruhiy holati o‘zini himoya qilish huquqini mustaqil amalga oshirishini qiyinlashtiradigan tarzda buzilgan bo‘lsa amal qilishi davom etishi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 571-moddasi to‘rtinchi qismi yangi tahririda o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2022-yil 21-noyabrdagi 06-13/62-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi jinoyat protsessida shaxs huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi;
Jinoyat-protsessual kodeksining 567-moddasi matnidagi “ruhiy kasalligi” degan so‘zlar “ruhiy holatining buzilganligi” degan so‘zlar bilan almashtirish to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 567-moddasi yangi tahririda o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2022-yil 21-noyabrdagi 06-13/62-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi sud ekspertizasi predmetining kengaytirilishiga yordam berdi;
murakkab tibbiy tekshiruv usullaridan, shuningdek kuchli og‘riq berish bilan bog‘liq usullardan majburiy foydalanishga faqat ekspertiza o‘tkazilayotgan shaxsning roziligi bilan, agar ushbu shaxs voyaga etmagan yoki uning ruhiy holati buzilgan bo‘lsa, uning qonuniy vakilining, vasiysining yoki homiysining roziligi bilan yo‘l qo‘yilishi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 181-moddasi yangi tahririda o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2022-yil 21-noyabrdagi 06-13/62-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi ekspertiza o‘tkazilayotgan shaxslarga nisbatan kuchli og‘riq berish bilan bog‘liq usullardan majburiy foydalanish chegaralarini belgilashga xizmat qildi;
ekspertiza tayinlashga vakolatli organ (shaxs) tomonidan tadqiqotlarga sud ekspertizasini tayinlash to‘gʻrisidagi qaror (ajrim), tadqiqot obektlari va ish materiallari, shuningdek, tadqiqotlarni o‘tkazish va xulosa berish uchun sud ekspertiga zarur bo‘lgan sud ekspertizasi predmetiga taalluqli maʼlumotlarga ega bo‘lgan hujjatlar ekspertiza tashkilotiga taqdim etilishi kerakligi to‘g‘risidagi taklifdan Sud ekspertizasi tadqiqotlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomning 13-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati Axborot-tahlil va yuridik taʼminlash departamentining 2023-yil 31-avgustdagi 12-15-63-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi ekspertiza tayinlash va o‘tkazishning protsessual asoslarini aniqlashga yordam berdi;
sud ekspertining faoliyatini kasbiy layoqatliligi, o‘tkazilgan sud ekspertizalarining sifati va boshqa mezonlarga asosan baholash qoida tariqasida bir yilda bir marotaba amalga oshirilishi to‘gʻrisidagi taklifdan Sud ekspertlarining faoliyatini reyting tizimida baholab borish to‘g‘risidagi namunaviy nizomning 3-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2023-yil 31-avgustdagi 12-15-63-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi o‘tkazilayotgan sud ekspertizalari sifatini oshirishga xizmat qildi.