Xamidov Baxtiyorjon Xamidovichining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kompyuter axborotiga qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) kirish jinoyatini tergov qilishning kriminalistik jihatlari”, 12.00.09 - Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquqi va sud ekspertizasi ixtisosligi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Yu1354.
Ilmiy rahbar: Baratov Azim Shamsievich, yuridik fanlar nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/13.05.2020.Yu.22.03.
Rasmiy opponentlar: Tulaganova Gulchehra Zaxitovna, yuridik fanlar doktori, professor; Xusanov Anvar Djumabaevich, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi kompyuter axborotiga qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) kirish jinoyatini tergov qilishning kriminalistik jihatlarini kompleks ochib berish hamda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va tergov amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zamonaviy fan va texnikaning ilg‘or yutuqlarini, raqamli texnologiyalarni, kriminalistikaning yangi ilmiy usul va vositalarini qo‘llash mexanizmlarini joriy etish, zamon talablariga mos axborotlashtirilgan kriminalistik axborot-qidiruv tizimlari va axborot bazalarini yaratish ichki ishlar organlarining ekspert-kriminalistika faoliyatini yanada takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilanishi zarurligi asoslangan;
ichki ishlar organlari faoliyatiga zamonaviy raqamli va axborot texnologiyalarini joriy etishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash hamda ichki ishlar organlari ma’lumotlar bazalaridagi shaxsga doir ma’lumotlar himoyasini ta’minlash zarurligi asoslangan;
raqamli dalillarni kiritish (huquqiy maqomini belgilash bo‘yicha), raqamli dalillarni olish usullarini belgilash, shu bilan birga, jinoyat ishini yuritish tamom bo‘lganligi munosabati bilan ashyoviy dalillar to‘g‘risida qabul qilinadigan qarorlarga raqamli dalillarni kiritish zarurligi xususidagi takliflar asoslangan;
dalillar va ularning turlariga raqamli dalillarni kiritish hamda dalillarni to‘plash tartibiga raqamli hujjat shaklidagi ma’lumotlarni kiritish bo‘yicha takliflar asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. Kompyuter axborotiga qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) kirish jinoyatini tergov qilishning kriminalistik jihatlarini o‘rganish qaratilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
zamonaviy fan va texnikaning ilg‘or yutuqlarini, raqamli texnologiyalarni, kriminalistikaning yangi ilmiy usul va vositalarini qo‘llash mexanizmlarini joriy etish, zamon talablariga mos axborotlashtirilgan kriminalistik axborot-qidiruv tizimlari va axborot bazalarini yaratish ichki ishlar organlarining ekspert-kriminalistika faoliyatini yanada takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilash haqidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-fevraldagi PQ–122-son “Ichki ishlar organlarining ekspert-kriminalistika faoliyatini zamonaviy ilm-fan yutuqlarini keng joriy etgan holda yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori 1-bandi ikkinchi xatboshisida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2022-yil 19-noyabrdagi 12/21-86-son dalolatnomasi). Mazkur takliflar tergov faoliyatining texnik muammolarini hal etishga xizmat qilgan;
ichki ishlar organlari faoliyatiga zamonaviy raqamli va axborot texnologiyalarini joriy etishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash hamda ichki ishlar organlari ma’lumotlar bazalaridagi shaxsga doir ma’lumotlar himoyasini ta’minlash haqidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-oktyabrdagi 645-son “Ichki ishlar organlari faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori 3-bandining uchinchi xatboshisida hamda mazkur qaror bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tizimiga axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining 22-bandida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2022-yil 19-noyabrdagi 12/21-86-son dalolatnomasi). Ushbu takliflar sohaga zamonaviy raqamli texnologiyalarni tizimli ravishda joriy etish hamda tergov jarayonida shaxsga doir ma’lumotlar muhofazasini ta’minlash bilan bog‘liq muammolarni hal etishga xizmat qilgan;
dalillar va ularning turlariga raqamli dalillarni kiritish haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi yangi loyihasining (keyingi o‘rinlarda JPK deb yuritiladi) 88-moddasi ikkinchi qismi 7-bandini, dalillarni to‘plash tartibiga raqamli hujjat shaklidagi ma’lumotlarni kiritish bo‘yicha takliflar JPKning 94-moddasi beshinchi qismini shakllantirishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi 27-boshqarmasining 2021-yil 23-yanvardagi 06/1-05/867j-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning kiritilishi jinoyat-protsessida raqamli dalillarning protsessual tartibiga doir munosabatlarni tartibga solishga xizmat qilgan;
raqamli dalillarni kiritish (huquqiy maqomi) bo‘yicha taklif JPKning 243-moddasini, raqamli dalillarni olish usullari haqidagi taklif JPKning 244-moddasini va jinoyat ishini yuritish tamom bo‘lganligi munosabati bilan ashyoviy dalillar to‘g‘risida qabul qilinadigan qarorlarga raqamli dalillarni kiritishga oid taklif JPKning 250-moddasini shakllantirishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi 27-boshqarmasining 2021-yil 23-yanvardagi 06/1-05/867j-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning kiritilishi jinoyat-protsessida raqamli dalillarning protsessual tartibiga doir munosabatlarni tartibga solishga xizmat qilgan