Beknazarov Xushvaqt Jo‘raevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bosh miya anaplastik astrotsitomasining morfologik va immunogistokimyoviy jihatlari», 14.00.02 – Morfologiya, 14.00.15 – Patologik anatomiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tib3270.
Ilmiy rahbarlar: Rasulov Hamidulla Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Nishanov Daniyar Anarbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Azizova Feruza Xusanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Aliev Baxrom Raximberdievich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qirg‘iziston tibbiyot akademiyasi (Qirg‘iziston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bosh miya anaplastik astrotsitomasining morfologik, morfometrik va immunogistokimyoviy tahlil natijalari interpritatsiyasiga asoslanib, patomorfologik tashxislashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
anaplastik astrotsitomaning uchrash darajasi erkaklarda 57,3% yuqori (A (II) βRh+ va 0 (I) αβ Rh+ qon guruxlarga mansub insonlarda, o‘rtacha yosh – 38,8), topografik joylashuvi 78% holatlarda – bosh miya katta yarim sharlarida (miyaning o‘ng yarim sharida 43,0%) aniqlangan;
ilk bor bosh miya astrotsitomalarining morfologik va immunogistokimyoviy xususiyatlarining mutannosibligi tahlil qilinib, anaplastik astrotsitomalar to‘qimalarida geterogenlik mohiyati morfologik jihatdan ochib berilgan, shuningdek qon tomirlari tuzilishining o‘ziga xosligi va monoklonal antitelolarning ekpressiyasi aniqlangan;
monoklonal antitelolarning ekpressiyalanish xususiyatlarini immunogistokimyoviy tekshiruvlar natijasida anaplastik astrotsitomaning prognostik ahamiyati aniqlangan;
bitta o‘sma to‘qimasi tarkibida xavflilik darajasi turlicha bo‘lgan maydonlar monoklonal antilelolarni ekspressiyalanish darajasiga asoslangan holda isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti ekspert kengashining 2024 yil 3 apreldagi 03/218-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish buyicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2024 yil 12 fevraldagi 03/399-sonli xati taqdim etilgan):
birinchi ilmiy yangilik: anaplastik astrotsitomaning uchrash darajasi erkaklarda 57,3% yuqori (A (II) βRh+ va 0 (I) αβ Rh+ qon guruxlarga mansub insonlarda, o‘rtacha yosh – 38,8), topografik joylashuvi 78% holatlarda – bosh miya katta yarim sharlarida (miyaning o‘ng yarim sharida 43,0%) aniqlangani Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiѐt markazi Toshkent viloyat filiali bo‘yicha 23.11.2023 yildagi 67-son hamda Respublika patologik anatomiya markazi bo‘yicha 13.11.2023 yildagi 431U-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: xavflilik darajasi II (G) va III (G) bo‘lgan astrotsitomalarning patomorfologik belgilarning turli darajada uchrashi aniqlanib, bu holat ularning patogenezi natijasida gistokimyoviy va immunogistokimyoviy tahlilardagi antitelolarning turli darajada ifodalanishi va Grade kriteriyalari bo‘yicha tashxislashda foydalanish, bemorlarni tashxislash va davolash sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: xavflilik darajasi II (G) va III (G) bo‘lgan astrotsitomalarning patomorfologik belgilarning turli darajada uchrashi aniqlanib, bu holat ularning immunogistokimyoviy tahlilardagi antitelolarning turli darajada ifodalanishi va Garde kriteriyalari bo‘yicha tashxislashda foydalanishning bilvosita aniqlanganligi kasallikning asoratlarini oldini olishda inobatga olinib davolashning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish, kasallik asoratlarini oldini olish hamda bemorlarga sarflanadigan xarajatlarini har bir antiteloning miqdoriga (6 mkl) 50000 so‘mga bog‘liq kamayishiga erishilgan. Xulosa: xavflilik darajasi II (G) va III (G) bo‘lgan astrotsitomalarning patomorfologik belgilarning turli darajada uchrashi, immunogistokimyoviy tahlillarda ikki va undan ortiq antitelolardan foydalangan holda yuqoridagi ma’lumotlardan va zamonaviy davolash texnologiyalaridan foydalanish, kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarning oldini olish har bir bo‘lakchaga sarflanadigan antilelolar miqdorini (6 mkl) 50000 so‘mga kamaytirgan, bu esa 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 750000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 2750000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor bosh miya astrotsitomalarining morfologik va immunogistokimyoviy xususiyatlarining mutannosibligi tahlil qilinib, anaplastik astrotsitomalar to‘qimalarida geterogenlik mohiyati morfologik jihatdan ochib berilgan, shuningdek qon tomirlari tuzilishining o‘ziga xosligi va monoklonal antitelolarning ekpressiyasi aniqlangani Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiѐt markazi Toshkent viloyat filiali bo‘yicha 23.11.2023 yildagi 67-son hamda Respublika patologik anatomiya markazi bo‘yicha 13.11.2023 yildagi 431U-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: keltirilgan organometrik va morfologik tahlillarning natijalari, taklif etilgan algoritmlar anaplastik astrotsitoma bilan kasallangan bemorlarning diagnostikasida kompleks yondashuvlardan foydalanish, ularda kuzatiladigan asoratlarni erta aniqlash va davolashda to‘g‘ri yondashuvlarni yaxshilanishiga erishiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: 1) bosh miya anaplastik astrotsitomasining tarkibiy jihatdan organometrik o‘rganish, qon tomir atrofi, o‘smaning markaziy va periferik qismlaridagi hujayralarning morfologiyasini tadqiq etish, ularda kelib chiqadigan o‘zgarishlarni va ko‘rsatkichlarni me’yor bilan tahlil qilib solishtirish, bir nechta morfologik usullarni qo‘llash orqali xavflilik darajasi turlicha bo‘lgan astrotsitomalarni diagnostika qilish uchun sarflanadigan xarajatlarni 30% ga kamaytirishga erishiladi; 2) bosh miya anaplastik astrotsitomasining morfologik va immunogistokimyoviy tahlillarining bir biriga mutanosibligini baholash oraliq kam mablag‘ sarflash orqali, iqtisodiy jihatdan qulay bo‘lgan ana’naviy gistologik va immunogistokimyoviy usullarda ikkita antiteloni qo‘llash oraliq ortiqcha xarajatlar sarflanmasligi hisobiga iqtisod qilishga erishiladi. Xulosa: bosh miya anaplastik astrotsitomasi bilan kasallangan bemorlarda jarrohlik amaliyotidan keyin kuzatiladigan asoratlarni oldini olishni inobatga olib, qo‘shimcha tekshiruv usullari talab qilinmasligi natijasida 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablalarini 5000000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablalarni 2000000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: monoklonal antitelolarning ekpressiyalanish xususiyatlarini immunogistokimyoviy tekshiruvlar natijasida anaplastik astrotsitomaning prognostik ahamiyati aniqlangani Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiѐt markazi Toshkent viloyat filiali bo‘yicha 23.11.2023 yildagi 67-son hamda Respublika patologik anatomiya markazi bo‘yicha 13.11.2023 yildagi 431U-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: astrotsitomalarda immunogistokimyoviy tahlillar asosida olib borilgan tekshiruvlarni interpritatsiyasi asosida olingan natijalar asosida bemorlarda kuzatiladigan salbiy va ijobiy holatlarni prognozlash va ularning davo choralarni to‘g‘ri korreksiya qilish, bu esa kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olish va bemorlarning ahvolini yaxshilanishiga olib keladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: bosh miya anaplastik astrotsitomasining tarkibiy jihatdan organometrik o‘rganish, qon tomir atrofi, o‘smaning markaziy va pereferik qismlaridagi hujayralarning morfologiyasini tadqiq etish, ularda kelib chiqadigan o‘zgarishlarni va ko‘rsatkichlarni me’yor bilan tahlil qilib solishtirish, bir nechta morfologik usullarni qo‘llash orqali xavflilik darajasi turlicha bo‘lgan astrotsitomalarni diagnostika qilish uchun sarflanadigan xarajatlarni 45% ga kamaytirishga erishiladi. Xulosa: bosh miya anaplastik astrotsitomasi bilan kasallangan bemorlarda jarrohlik amaliyotidan keyin kuzatiladigan asoratlarni oldini olishni inobatga olib, qo‘shimcha tekshiruv usullari talab qilinmasligi natijasida 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablalarini 8000000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 3500000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: bitta o‘sma to‘qimasi tarkibida xavflilik darajasi turlicha bo‘lgan maydonlar monoklonal antilelolarni ekspressiyalanish darajasiga asoslangan holda isbotlangani Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiѐt markazi Toshkent viloyat filiali bo‘yicha 23.11.2023 yildagi 67-son hamda Respublika patologik anatomiya markazi bo‘yicha 13.11.2023 yildagi 431U-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: xavflilik darajasi II (G) va III (G) bo‘lgan astrotsitomalarning patomorfologik belgilarning turli darajada uchrashi aniqlanib, bu holat ularning patogenezi natijasida gistokimyoviy va immunogistokimyoviy tahlilardagi antitelolarning turli darajada ifodalanishi va Garde kriteriyalari bo‘yicha tashxislashda foydalanish, bemorlarni tashxislash va davolash sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: bosh miya anaplastik astrotsitomasining morfologik va immunogistokimyoviy tahlillarining bir biriga mutanosibligini baholash oraliq kam mablag‘ sarflash orqali, iqtisodiy jihatdan qulay bo‘lgan ana’naviy gistologik va immunogistokimyoviy usullarda ikkita antiteloni qo‘llash oraliq ortiqcha xarajatlar sarflanmasligi hisobiga iqtisod qilishga erishiladi, buning hisobiga davolash uchun sarflanadigan xarajatlarni 45%ga kamaytirishga erishiladi. Xulosa: bosh miya anaplastik astrotsitomasi bilan kasallangan bemorlarda jarrohlik amaliyotidan keyin, kuzatiladigan asoratlarni oldini olishni inobatga olib, qo‘shimcha tekshiruv usullari talab qilinmasligi, keluvchi omillarni erta bartaraf etish chora tadbirlari ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablalarini 20000000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 10000000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.