Manasova Izimkul Serdanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Un ishlab chiqarish korxonalari ishchilari mehnat sharoitini kompleks gigienik baholash va ularni gigienik jihatdan sog‘lomlashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqarish», 14.00.07 – Gigiena (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tib3022.
Ilmiy rahbar: Iskandarova Gulnoza To‘lqinovna, tibbiyot fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, PhD 04/30.09.2019.Tib.122.01.
Rasmiy opponentlar: Xamrakulova Mukaddasxon Askarovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Li Marina  Vladimirovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarkand  davlat tibbiyot unversiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: un ishlab chiqarish korxonalari ishchilari mexnat sharoitini kompleks gigienik baxolash va ularni gigienik jixatdan sog‘lomlashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan profilaktika chora-tadbirlarini ishlab chikarishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda modernizatsiya qilingan un ishlab chiqrish korxonalari shchilarining mehnat sharotini baholash natijasida(chang yukari konsentratsiyasi, shovkin darajasi, issiqlik rejasi) asosiy ish joylaridagi mehnat jarayonining og‘irligi va keskinligi, zararlilik va xavflilik ko‘rsatkichlarini optimallashtirishning gigienik xususiyatlari birinchi marotaba ilmiy asoslangan;
zamonaviy un ishlab chiqarish korxonalari mehnat sharoitlarining noqulay omillarining kompleks ta’siri bilan ishchilar kasallanishi o‘rtasida sabab-oqibat bog‘liqlik isbotlangan va ishchilarning vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo‘qotish bilan kasallanishning shakillanishiga olib keluvchi zararli omillar ta’sirini inobatga olgan xolda un ishlab chiqarish korxonalari ishlovchilarini kasb shartliligi darajasi aniqlangan;
mehnat qobiliyatini vaqtinchalik yo‘qotish bilan kasallanish  darajasini o‘rganish natijalari, shuningdek, o‘tkazilgan tibbiy ko‘riklar yuzasidan yangi ma’lumotlar olinib, ishchilarning ish o‘rinlarida,  changlanganlik yetakchi  omil ekanligi  isbotlangan;
zamonaviy un ishlab chiqarish korxonalarida un ishlab chiqarish korxonalari ishlovchilarida vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo‘qotish bilan kasbi  kasallanishni oldini olishga, mehnat sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar majmuasi ishlab chiqilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Fan va ta’lim boshqarmasining 2022-yil 28-noyabrdagi  18n-r/1388-conli xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot institutining 2023 yil 4-sentyabrdagi 01/04/4617-sonli  xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan).
birinchi ilmiy yangilik: yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda modernizatsiya qilingan un ishlab chiqrish korxonalari shchilarining mehnat sharotini baholash natijasida (chang yukari konsentratsiyasi, shovkin darajasi, issiqlik rejasi) asosiy ish joylaridagi mehnat jarayonining og‘irligi va keskinligi, zararlilik va xavflilik ko‘rsatkichlarini optimallashtirishning gigienik xususiyatlari birinchi marotaba ilmiy asoslangani Buxoro shahri sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi bo‘limi bo‘yicha buyruq (05.09.2023 y.; №428), Buxoro viloyati Kogon shahri sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi bo‘limi bo‘yicha (21.06.2023 y.; №350) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: un ishlab chiqarish korxonalari ishchilarining ish o‘rinlaridagi mehnat jarayonida ishchilarning funksional holati va kasallanish darajasiga ko‘rsatayotgan chang va shovqin tasirini oldini olish, ishning og‘irlik va tig‘izlik darajasini meyoriy gigienik talabalarga moslashtirish va zararli omillarning ta’sirini kamaytirish orqali ishlash qobilyatini oshirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: un ishlab chiqarish korxonalarida ish o‘rinlaridagi chang va shovqin salbiy ta’sirini kamaytirish orqali ishchilar vaqtinchalik ish qobiliyatini yoqotishi va kasbiy kasalliklar oldi olinshi natijasida korxonada bir kunlik ish xakini 108000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan. Agar o‘rtacha kasallanish davomiyligi 12 kun bo‘lsa 1296 000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan. Shu bilan birgalikda shifoxona sharoitda davolanish talab qilinmasa, bir kunga o‘rtacha 373330 so‘m tejab qolinadi, 12 kunda 4479960 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan, agar nogironligi tufayli guruxlarga ajratilsa, kasbiy kasalliklar tufayli to‘lanadigan 1nafar imtiyozli nafaqasi 747000 so‘mdan belgilansa, yiliga 8964000  so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: un ishlab chiqarish korxonasi ishchilarining ish o‘rinlaridagi chang va shovqin salbiy ta’sirini kamaytirish orqali ishchilar vaqtinchalik ish qobiliyatini yoqotishi va kasbiy kasalliklar oldi olinshi natijasida korxonada 1 nafar ishchi hisobiga byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larini yiliga 8000964  so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: zamonaviy un ishlab chiqarish korxonalari mehnat sharoitlarining noqulay omillarining kompleks ta’siri bilan ishchilar kasallanishi o‘rtasida sabab-oqibat bog‘liqlik isbotlangan va ishchilarning vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo‘qotish bilan kasallanishning shakillanishiga olib keluvchi zararli omillar ta’sirini inobatga olgan xolda un ishlab chiqarish korxonalari ishlovchilarini kasb shartliligi darajasi aniqlangani Buxoro shahri sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi bo‘limi bo‘yicha buyruq (05.09.2023 y.; №428), Buxoro viloyati Kogon shahri sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi bo‘limi bo‘yicha (21.06.2023 y.; №350) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat:  un ishlab chiqarish korxonalarida ayrim texnologik jarayonlarining takomillashtirishi natijasida, ishchi o‘rinlarida zararli omillarini me’yorlashtirish bilan ishchilar orasida kasallanish darajasining kamaytirilishiga olib kelgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kasbiy guruhlar bo‘yicha mehnat sharoitining sinflari bo‘yicha zararli omillarni ta’sirini oldini olishga qaratilgan sanitar-texnik va texnik-texnologik chora-tadbirlar ishlab chiqish natijasida ishchilar vaqtinchalik ish qobiliyatini yo‘qotishi oldi olingan korxonada bir kunlik ish xakini 108000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan. Agar o‘rtacha kasallanish davomiyligi 12 kun bo‘lsa 1296 000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan. Shu bilan birgalikda shifoxona sharoitda davolanish talab qilinmasa, bir kunga o‘rtacha 373 330 so‘m tejab qolinadi, 12 kunda 4 479 960 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan ,agar nogironligi tufayli guruxlarga ajratilsa, kasbiy kasalliklar tufayli to‘lanadigan 1nafar imtiyozli nafaqasi 747 000 so‘mdan belgilansa, yiliga 8964000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: mikroiqlim omillarni ta’sirini oldini olishga qaratilgan sanitar-texnik va texnik-texnologik chora-tadbirlar ishlab chiqish natijasida  ishchilar vaqtinchalik ish qobiliyatini yoqotishi va kasbiy kasalliklar oldi olinshi natijasida korxonada 1 nafar ishchi hisobiga byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larini yiliga 8964000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: mehnat qobiliyatini vaqtinchalik yo‘qotish bilan kasallanish  darajasini o‘rganish natijalari, shuningdek, o‘tkazilgan tibbiy ko‘riklar yuzasidan yangi ma’lumotlar olinib, ishchilarning ish o‘rinlarida, changlanganlik yetakchi  omil ekanligi  isbotlangani Buxoro shahri sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi bo‘limi bo‘yicha buyruq (05.09.2023 y.; №428), Buxoro viloyati Kogon shahri sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi bo‘limi bo‘yicha (21.06.2023 y.; №350) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: un ishlab chiqarish korxonalari ishchilarining vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo‘qotish bilan kechuvchi kasallanishiga mehnat sharoitlaridagi ta’sir qiluvchi omillarining me’yordan ortiqligi gigienik baholangan, ular orasidagi bog‘liqlik isbotlangan natijasi ishchilar orasida kasallanish darajasining kamaytirilishiga imkon yaratgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: un ishlab chiqarish korxonalari ishchilarining vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yoqotishga ta’sir qiluvchi omillarni baholashda asosiy sexlar kasbiy guruhlar ishchilari mehnat sharoitlari tasnifiga ko‘ra 3 sinfning “zararli” 1 va 2 darajasiga taaluqligini inobatga olib, ushbu kasbdagi ishchilarning salomatlik holatini davriy nazorat qilish tartibi belgilash orqali ishchilar vaqtinchalik ish qobiliyatini yo‘qotishi oldi olingan va korxonada bir kunlik ish xakini 108 000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan       Agar o‘rtacha kasallanish davomiyligi 12 kun bo‘lsa 1 296 000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan. Shu bilan birgalikda shifoxona sharoitda davolanish talab qilinmasa, bir kunga o‘rtacha 373330 so‘m tejab qolinadi, 12 kunda 4479960 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan,  agar nogironligi tufayli guruxlarga ajratilsa, kasbiy kasalliklar tufayli to‘lanadigan 1 nafar imtiyozli nafaqa 747000 so‘mdan belgilansa, yiliga 8964000  so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa:  ishchilarning salomatlik holatini davriy nazorat qilish tartibi belgilash orqali ishchilar vaqtinchalik ish qobiliyatini yo‘qotishi va kasbiy kasalliklar oldi olinishi natijasida korxonada 1 nafar ishchi hisobiga byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larini yiliga 8964000  so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: zamonaviy un ishlab chiqarish korxonalarida un ishlab chiqrish korxonalari ishlovchilarida vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo‘qotish bilan kasbi  kasallanishni oldini olishga, mehnat sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar majmuasi ishlab chiqilgani Buxoro shahri sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi bo‘limi bo‘yicha buyruq (05.09.2023 y.; №428), Buxoro viloyati Kogon shahri sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi bo‘limi bo‘yicha (21.06.2023 y.; №350) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan.  Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: un ishlab chiqarish korxonalari mehnat sharoiti sinflari tahlilida asosiy sexlarida zararli va havfli omillar darajalarining yuqori ekanligini inobatga olib, kasallanish va mehnat qilish qobiliyatini yo‘qotilishini oldini olishga qaratilgan kompleks profilaktik chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: un ishlab chiqarish korxonalari ish o‘rinlaridagi barcha zararli omillarining kompleks salbiy ta’sirini oldini olish, mehnat jarayonining og‘irligi va tig‘izligi, zararlilik va xavflilik ko‘rsatkichlarini kamaytirish natijasida: ishchilar vaqtinchalik ish qobiliyatini yo‘qotishi oldi olingan korxonada bir kunlik ish xakini 108000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan. Agar o‘rtacha kasallanish davomiyligi 12 kun bo‘lsa 1296 000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan. Shu bilan birgalikda shifoxona sharoitda davolanish talab qilinmasa, bir kunga o‘rtacha 373330 so‘m tejab qolinadi , 12 kunda 4479960 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan ,agar nogironligi tufayli guruxlarga ajratilsa, kasbiy kasalliklar tufayli to‘lanadigan 1nafar imtiyozli nafaqa pensiyasi 747 000 so‘mdan belgilansa, yiliga 8964000  so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: mehnat jarayonining og‘irligi va tig‘izligi, zararlilik va xavflilik ko‘rsatkichlarini kamaytirish orqali ishchilar vaqtinchalik ish qobiliyatini yo‘qotishi va kasbiy kasalliklarning oldini olinishi natijasida korxonada 1 nafar ishchi hisobiga byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larini yiliga 8964000  so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish