Naimova Rano Shukurovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Rudali konlarni ochiq usulda qazib olishda texnogen resurslarni boshqarish usullari», 04.00.10–Geotexnologiya (ochik, er osti va kurilish) (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.DSc/T168.
Ilmiy maslahatchi: Raimjanov Baxadirjan, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik instituti va Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.27.06.2017.T.06.01.
Rasmiy opponentlar: Borovkov Yuriy Aleksandrovich, texnika fanlari doktori, professor; Galiev Seytgali Joldasovich, texnika fanlari doktori, professor; Norov Yunus Djumaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: rudali konlarni ochiq usulda qazib olishda texnogen resurslarni boshqarish usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tizimli, davriy, muvofiqlashtirilgan va takror ishlab chiqish tamoyillariga tayangan bo‘sh maydon texnogen resurslardan foydalanish darajasini baholash kriteriyalari aniqlangan;
texnik va texnologik usullar qo‘llash sharoitida klassifikatsion belgilar o‘zaro bog‘liqligini ta’minlovchi ichki va tashqi texnogen massivlar klassifikatsiyasi ishlab chiqilgan;
murakkab strukturali konlarni ochiq usulda qazib olishda tashqi ochiq maydonni birlamchi ag‘darmalar bilan to‘ldirishning minimal energetik xarajatlarini tanlash metodikasi ishlab chiqilgan;
ag‘darma qiyaligining deformatsiya parametrlariga ta’siri belgilandi, shuningdek egri chiziqli deformatsiya parametrlarining grafo-analitik usuliga asoslangan qamrash zonasining ag‘darma radiusi bilan o‘zaro teskari bog‘liqligi aniqlangan;
ag‘darma asosining turli to‘g‘ri chiziqli va qavariq ag‘darmalaridan qamrash zonasini aniqlashga imkon beruvchi nomogramma olingan va ag‘darma deformatsiyasi parametrlarini aniqlash metodikasi ishlab chiqilgan;
ruda yuk oqimini bosqichma-bosqich o‘zgartirishda kondisiyani kamaytirish bilan kelishishni ko‘zda tutgan Muruntau va Myutenbay kar`erlari sharoitida tashqi bo‘sh maydon resurslarni qo‘llashning texnologiyasi ishlab chiqilgan;
variatsion tenglamani qo‘llagan holda chekli elementlar usuli bilan birinchi marotaba masalaning matematik qo‘yilishi amalga oshirilgan va bortli massivda tangensial kuchlanishlarning tarqalganligi «osma» ag‘darma balandligiga nochiziqli bog‘liqligi aniqlangan;
ag‘darmadagi tog‘ jinslarining amaldagi xarakteristikalarini statistik qayta ishlab qazilgan ag‘darmaning 1 tonna kon massivi zaxirasidagi mineral xomashyoning chiqishi orasidagi bog‘liqlikni belgilovchi formulalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Rudali konlarni ochiq usulda qazib olishda texnogen resurslarni boshqarish usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
tog‘ jinslari yoyilish qobiliyatini ag‘darmalarning parametrlari bilan boshqarishni muvofiqlashtirish usuli Navoiy kon-metallurgiya kombinati Markaziy kon boshqarmasi Muruntau kar`erida joriy qilingan (Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 2018 yil 25 maydagi 02-06-03/6600-son ma’lumotnomasi). Natijada zaiflashgan hududlarida bir yarusli ag‘darmalarni balandligi avtomobil` transporti uchun 30–60 m va konveyer transporti uchun 60–90 m ga oshirish imkonini bergan;
texnogen resurslardan foydalanish texnologiyasi Navoiy kon-metallurgiya kombinati Markaziy kon boshqarmasi Muruntau kar`erida joriy qilingan (Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 2018 yil 25 maydagi 02-06-03/6600-son ma’lumotnomasi). Natijada Muruntau konida resurs potensialini qo‘llashi 6–7% ga oshirish va tashish masofasi 0,20–0,45 km ga qisqartirish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan rudali konlarni ochiq usulda qazib olishda texnogen resurslarni boshqarish usullari Navoiy kon-metallurgiya kombinati Markaziy kon boshqarmasi Muruntau kar`erida joriy qilingan (Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 2018 yil 25 maydagi 02-06-03/6600-son ma’lumotnomasi). Natijada Muruntau kar`eri hududidagi ag‘darma-omborlarida tashqi fazoviy resursini qullash koeffisientini 1,0–1,18 (18%) ga oshirish imkonini bergan.