Hamroev Javohir Zokirjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Qoratepa tog‘larida noyob er elementlari va oltin ma’danlashuvining joylashuv qonuniyatlari va izlash mezonlari», 04.00.02 – Qattiq foydali qazilma konlarining geologiyasi, ularni qidirish va razvedka qilish. Metallogeniya va geokimyo (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/GM204.
Ilmiy rahbar: Turapov Mirali Kamalovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Mineral resurslar instituti” DM.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Mineral resurslar instituti” DM, DSc.24/30.12.2019.GM.40.01.
Rasmiy opponentlar: Pirnazarov Majid Maxkamovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor; Umarov Akromiddin Zayniddinovich, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: «O‘zbek geologiya qidiruv» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoratepa tog‘lari shimoliy-sharqiy yonbag‘ridagi noyob er elementlari va oltin ma’danlashuvining joylashish sharoiti va istiqbolini o‘rganish, ularni izlash mezonlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qoratepa tog‘laridagi endogen ma’danlashuvning noyob er elementlaridan tashqari oltinga ham istiqbolliligi isbotlangan;
Qoratepa tog‘larining shimoliy-sharqiy yonbag‘rida noyob er elementlari va oltinning tarqalish xususiyatlari hamda ularning mineral konsentratorlari aniqlangan;
Ohalik-Mironko‘l maydonlarida ma’danli minerallashuvning ko‘p komponentliligi (V, Cu, Mo, As, Pb, Sb, Zn, Re, U, Au) o‘rnatilgan;
birinchi bor Qoratepa antiklinoriyasida strukturaviy omil sifatida noyob er elementlar ma’danlarini nazorat qiluvchi biotitli granodioritlar bilan gabbroid jinslarning kontakt zonasi aniqlandi;
noyob er elementlarining morfogenitik hususiyatlari, mineral-konsentratorlar va ma’danlashuvni nazorat qiluvchi omillar (litologik, strukturaviy, magmatik) asosida ularni bashoratlash va izlash mezonlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Qoratepa tog‘lari shimoliy-sharqiy yonbag‘ridagi noyob er elementlari va oltin ma’danlashuvining joylashish sharoiti va istiqbolini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Qoratepa tog‘larining shimoliy-sharqiy hududidagi noyob er elementlari va oltin ma’danlashuvining joylashish qonuniyatlari hamda izlash mezonlari “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ faoliyatiga joriy qilingan. (Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2023 yil 9 noyabrdagi 854-05-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, hududdagi noyob er elementlari va oltin ma’danlarini hosil bo‘lishi hamda ularning joylashish qonuniyatlarini aniqlash imkonini bergan;
Qoratepa tog‘larining shimoliy-sharqiy hududidagi Ohalik-Mironko‘l minerallashgan zonalarida ko‘p komponentli (V, Cu, Mo, As, Pb, Sn, Zn, Re, U) elementlar majmuasi aniqlangan hamda “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ faoliyatiga joriy qilingan. (Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2023 yil 9 noyabrdagi 854-05-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, V, Cu, Mo, As, Pb, Sn, Zn, Re, U elementlariga istiqbolli minerallashgan zonalarni aniqlash imkonini bergan;
Ohalik-Mironko‘l, Qoratepa-Sevassoy va Gurmak-Yo‘lsoy istiqbolli uchastkalar “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ faoliyatiga joriy qilingan. (Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2023 yil 9 noyabrdagi 854-05-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, noyob er elementlari va oltin mineral xomashyo bazasini kengaytirish imkonini bergan.