Zaxidova Mavlyuda Abdukarimovnaning
doktorlik (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zaryadlanmagan atom va molekulalarning shaffof qattiq jism sirti bilan o‘zaro ta’sirining Raman -spektroskopiyasi”, 01.04.05 - Optika (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2023.4.DSc/FM242.
Ilmiy maslahatchi: Nematov Sherzod Kalandarovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomli O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zR FA Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti huzuridagi DSc.02/30.12.2019.FM.65.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar:
Mamadalimov Abdug‘afur Teshaboevich, fiz.-mat. fanlari doktori, akademik;
Rahmatullaev Ilyos Arzimurodovich, fiz.-mat. fanlari doktori;
Maxmanov Urol Qudratovich , fiz.-mat. fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomli Toshkent davlat Texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Dissertatsiya ishining maqsadi «molekula (atom) + sirt» tizimidagi o‘zaro ta’sirning fizik tabiatini raman sochilishi metodi yordamida aniqlash, bu ta’sirda rezonansli lazer nurlanishining rolini hamda bu tizimda fluoressensiyaning o‘zgarishini, shuningdek lazer nurlanishi yordamida shisha kapillyarlarda diffuz molekulalar oqimini boshqarish mumkinligini va «molekula C60+ ZnO» sirt tizimida elektron bog‘lanishining paydo bo‘lishini ko‘rsatib berishdan iboratdir.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
molekulalarning (atomlarning) shaffof qattiq jism yuzasi bilan oʻzaro taʼsirini kompleks analitik tadqiqotlar doirasida birinchi marta mass-spektrometriya va Raman spektroskopiyasidan foydalangan holda ushbu oʻzaro taʼsirning sifat va miqdoriy tahlilini oʻtkazish usullari ishlab chiqildi va shakllantirildi;
birinchi martta zaryadlanmagan molekulalarning (atomlarning) shaffof qattiq jism sirti bilan o‘zaro ta’sirini, lazer nuri ta’sirida molekula (atom)ning qutblanishidan vujudga keluvchi dipol momentining shaffof qattiq jism yuzasida shakllanadigan “ko‘zguli aksi” bilan o‘zaro ta’siriga asoslangan qutblanish mexanizmi asosida tavsiflash mumkinligi, eksperimental tarzda isbotlandi;
brom molekulalari 514,5 nmli to‘lqin uzunlikka ega argon lazer nuri bilan rezonansli yoritilganda molekula va sirtdan iborat tizimdagi o‘zaro ta’sir potensialining ko‘p martta ortishi eksperimental tarzda ko‘rsatildi va tahlil qilindi;
birinchi martta to‘lqin uzunligi 488,0 nm bo‘lgan lazer nuri maydonida ksenon atomlarining shaffof g‘ovakli qattiq jismning sirti bilan o‘zaro ta’siri natijasida molekulyar bog‘lanish hosil bo‘lishi eksperimental tarzda ko‘rsatildi va bu bog‘lanish qutblanish mexanizmiga ega ekanligi tahlil qilindi hamda ushbu jarayonda raman sochilishining stoks-antistoks komponentlari spektrlari yordamida «atom+sirt» tizimidagi elektron-tebranish hossalarini ko‘rsatuvchi doimiylar aniqladi va baholandi;
shaffof qattiq jism yuzasida molekulalarning (atomlarning) o‘zaro ta’siridagi energiya o‘zgarishini raman sochilishi va fluoressensiya spektrlari yordamida miqdoriy tahlil usuli ishlab chiqildi va ilmiy jihatdan asoslandi;
fluoressensiya va rezonansli raman sochilishi metodlari molekulalarning (atomlarning) sirtdagi adsorbsion xususiyatlarini o‘rganishning samarali vositasi ekanligi, biomembranada joylashgan xlorofill molekulalari fluoressensiyasining kinetikasi esa atrof muhitdagi fizikaviy shart-sharoitlarni ularga ta’sirini baholash uchun effektiv, original yangi usul ekanligi ko‘rsatildi;
nanorelefli ZnO sirtiga yotqizilgan yupqa qatlamli C60 molekulalaridan iborat geterostrukturani to‘lqin uzunligi 325 nm bo‘lgan, ultrabinafsha lazer nuri bilan yoritish natijasida «molekula-sirt» tizimini o‘zaro ta’sirlashishining keskin kuchayishiga eksperimental tarzda erishildi va bu jarayon dinamikasi raman sochilishi intensivligiga qarab nazorat qilishning yangi usuli sifatida taklif qilindi;
C60 molekulalari va ZnO sirtining o‘zaro ta’sirlashishini ulardagi raman sochilishi va fluoressensiyaning spektral hususiyatlari yordamida baholash mumkinligi ko‘rsatildi, hususan raman sochilishi spektrida kuzatiladigan, chastotasi 1080 sm-1 bo‘lgan cho‘qqining «C60+ZnO» tizimidagi elektron bog‘lanishning bevosita ko‘rsatkichi ekanligi nazariy tahlil qilindi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Zaryadlanmagan atom va molekulalarning shaffof qattiq jism sirti bilan o‘zaro ta’sirining Raman - spektroskopiyasini tadqiq etish natijalari asosida:
tor kapillyar tizimlar va g‘ovak muhitlar orqali gaz oqimlarini boshqarish, shuningdek shaffof sirtning unda joylashgan molekulalar (atomlar) bilan o‘zaro ta’siri intensivligini nazorat qilish usullari № OT-F2-45; "Vzaimodeystvie strukturirovannogo svetovogo polya s nano ob’ektami" nomli fundamental loyihaning ilmiy-texnikaviy vazifalarini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lumotnomasi № 02/14-299-son 26.01.2024 y.). Ilmiy natijalardan foydalanish kichik to‘lqin uzunlikli yorug‘lik nurlanishi ostidagi shaffof dielektrik silindr sirti yaqinida silindr radiusi va yorug‘lik to‘lqin uzunligi nisbatiga mutanosib yorug‘lik maydoni intensivligi minimumlarini kuzatish mumkinligi to‘g‘risida xulosa qilishga imkon bergan;
rezonansli lazer nurlanishi ta’sirida ksenon atomlari bilan qattiq jism yuzasi o‘rtasida adsorbsion potensialning o‘zgarishi hisobiga hosil bo‘lgan bog‘lanishlarni ko‘rsatuvchi rezonansli raman sochilish stoks-antistoks komponentasining spektral xususiyatlaridan va majburiy lazer nurlanish ta’sirida molekulalar energiyasi o‘zgarishlarining spektrlari yordamida qattiq jism sirtidagi molekulalarning kimyoviy adsorbsiyasini aniqlash metodlari №FA-Ateh-2018-17: “Yangi psixofaol moddalarning iz qoldiqlarini tezkor yuqori sezgirlik bilan aniqlashning termionli uslublarini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihasining ilmiy texnikaviy vazifalarini bajarishda foydalanilgan (O‘zRFA №2/1255-294-son ma’lumotnoma 09.02.2024y.). Ilmiy natijalardan foydalanish organik molekulalarning metal oksidi qaynoq sirtiga adsorbsiyalanishida qatlamda sodir bo‘ladigan geterogen reaksiyalar jarayonida bog‘lanish energiyasi o‘zgarishini baholash, shuningdek, molekulalarning metall oksidlari yuzasida adsorbsiya paytidagi zaryadlarning lokallashuv markazlarini aniqlash imkonini bergan;
nanorelefli ZnO sirtiga yotqizilgan yupqa qatlamli C60 molekulalaridan iborat geterostrukturaga to‘lqin uzunligi 325 nm bo‘lgan ultrabinafsha nur bilan yoritish natijasida «molekula+sirt» tizimi ta’sirlashishining kuchayishiga erishilishi va bu jarayon dinamikasi o‘zgarishini raman sochilishi intensivligiga qarab baholash mumkinligidan hamda raman sochilishi spektoridagi maksimal chastotasi 1080 sm-1 to‘g‘ri kelgan cho‘qqining intensivligi «C60+ ZnO» tizimidagi o‘zaro elektron bog‘lanishning bevosita ko‘rsatkichi ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan, №OT-Ateh-2018-503 “Si, Ni va ularning ionli bombalashdagi oksidlari yuza qavatining emission va optik xossalari, elektron strukturasi modifikatsiyasi” loyihasini bajarishda C60 va ZnO orasidagi yupqa qatlam chegarasida (interfeysida) raman sochilishini tavsiflashda foydalanilgan. (O‘zbekiston respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lumotnomasi № 02/17-804-son 18.03.2024-yil). Ilmiy natijalardan foydalanish raman sochilishi va floressensiyaning spektral xususiyatlaridan C60 molekulalari va ZnO yuzasi o‘rtasida vujudga kelgan o‘zaro ta’sirni baholash imkoni yaratilgan