Shamsieva Maxbuba Badrievnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Efir moylari asosida charmlarni yog‘lantirish texnologiyasi, xossalari va olinishi», 05.06.03–Teri, mo‘yna, poyabzal va teri-galantereya buyumlari texnologiyasi (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/T284.

Ilmiy rahbar: Qodirov To‘lqin Jumaevich, texnika fanlari dktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.27.06.2017.T.08.01 raqamli bir martalik ilmiy kengash.

Rasmiy opponentlar: Nabieva Iroda Abdusamatovna, texnika fanlari doktori, professor; Ixtiyarova Gul`nora Akmalovna, kimyo fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: qo‘shimcha va ikkilamchi mahsulotlardan efir moyi olish, olingan efir moyi xossalarini aniqlash va charmni yog‘lantirish texnologiyasini yaratishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

charmni yog‘lantirish samarasini oshiruvchi, mog‘orlashga qarshi ingibirlash natijasida charmni innovatsion yog‘lantirish usuli yaratilgan;

model namuna sifatida izoamil spirti va olein kislotasi hamda  katalizator ishtirokida sul`fat kislotasidan foydalanilgan holda, eterifikatsiya reaksiyalari orqali yangi efir moyi olingan va uning asosiy xossalari aniqlangan;

sanoat ikkilamchi va qo‘shimcha mahsulotlari hisoblangan distillangan yog‘ kislotalari va sivush moyi asosida charmni yog‘lantirish uchun yangi yog‘lovchi modda-efir moyi sintez qilinib, efir moyi olish texnologiyasining asosiy parametrlari ishlab chiqilgan;

sanoat ikkilamchi va qo‘shimcha mahsulotlari hisoblangan distillangan yog‘ kislotalari va sivush moyidan sintez qilingan efir moyi asosida charmni yog‘lantirish uchun yog‘lovchi tarkib olingan;

efir moyi asosidagi mahalliy yog‘lovchi tarkibni charmni yog‘lantirish jarayonida qo‘llash orqali ekspluatatsion xossalari yaxshilangan charm ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Mahalliy yog‘lovchi moddalar ishtirokida charmni takomillashtirilgan yog‘lantirish texnologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

charmni yog‘lantirish usuli uchun Rossiya Federatsiyasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan («Sposob jirovaniya koji», №RU 2601292-2016 y.). Natijada charmni yog‘-moy sanoati ikkilamchi mahsulotlari bilan yog‘lantirish jarayonini takomillashtirish maqsadida mog‘orlashga qarshi ingibirlash asosida charmni yog‘lantirishning ishlab chiqilgan yangi usuli orqali mog‘or zamburug‘lari bilan charm namunalarining zararlanishi 0,2%gacha kamayishi hisobidan tayyor charm sifatini yaxshilash imkonini bergan;

bulg‘ori charm ishlab chiqarishning yog‘lantirish jarayonida soapstok asosidagi yog‘lovchi tarkibni qo‘llash texnologiyasi Toshkent shahrining «Shoxaydarov X.Sh.» XKda joriy qilingan («O‘zbekcharmpoyabzali» uyushmasining 2017 yil 27 sentyabrdagi ShSh-9/1183-son ma’lumotnomasi). Natijada charmni yog‘lantirish jarayonida import mahsulotlari o‘rniga mahalliy yog‘lovchi moddalarni qo‘llash asosida samarador hamda yuqori fizik-kimyoviy xossalarga ega bo‘lgan charm olish imkoni yaratilgan;

poyabzal ustki qismi uchun charm ishlab chiqarishning yog‘lantirish jarayonida mahalliy ikkilamchi mahsulotlardan hamda yangi efir moyini qo‘llash texnologiyasi «Osiyo-Charm-Fayz» OAJda joriy etilgan («O‘zbekcharmpoyabzal» uyushmasining 2017 yil 27 sentyabrdagi ShSh-9/1183-son ma’lumotnomasi). Natijada tayyor charmning mustahkamlik xossalaridan kelib chiqib, yog‘lovchi kompozisiya tarkibida efir moyi miqdorini 75%dan oshirmaslik tavsiya etilgan;

charmni yog‘lantirish jarayonida mahalliy yog‘lovchi moddalar hamda efir moyi asosidagi yog‘lantiruvchi tarkiblar “O‘zbekcharmpoyabzali” uyushmasi tasarrufidagi korxonalar, jumladan “Osiyo-Charm-Fayz” OAJ va “Shoxaydarov X.Sh.” korxonalarida joriy etilgan («O‘zbekcharmpoyabzal» uyushmasining 2017 yil 27 sentyabrdagi ShSh-9/1183-son ma’lumotnomasi). Natijada tayyor charm tarkibidagi bog‘langan yog‘lovchi moddalarni 0,6%ga oshirish hisobidan fizik-mexanik xossalarini yaxshilash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish