Avezov Quvondiq G‘iyosovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ftorlangan β-diketonlar hosilalari asosida Ni(II) va Cu(II) kompleks birikmalarining sintezi, tuzilishi va xossalari», 02.00.01–Noorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/K50.
Ilmiy rahbar: Umarov Baqo Bafoevich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Kadirova Shaxnoza Abduxalilovna, kimyo fanlari doktori, dotsent; Fatxullaeva Muyassar, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ftor tutgan polidentat ligandlar hamda ularning Ni(II) va Cu(II) ionlari bilan kompleks birikmalarini sintez qilish, tuzilishi va xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor 27 ta yangi organik ligandlar va ular asosidagi 44 ta ichki kompleks birikmalar sintez qilingan;
6 ta ligand va 4 ta kompleks birikmalarning monokristallari o‘stirilgan hamda ularning molekulyar va kristall tuzilishi aniqlangan;
ilk bor ftorlangan β-diketonlarni LiH yordamida sintez qilingan;
ftorlangan 1,3-diketonlarning atsilgidrazinlar bilan reaksiyalarining yo‘nalishi to‘g‘risidagi sistematik ma’lumotlar va alohida regio-izomerlarni olishga yordam beradigan omillar aniqlangan;
3d-metallarning xelat kompleks birikmalarida markaziy ion va ikki karra deprotonlangan ligandning besh va olti a’zoli metall halqalar hosil qilishi aniqlangan;
kompleks tarkibidagi nikel` va mis atomining d-elektronlari bilan monodentat ligand – piridinning π-orbitali orasida d-π-dativ bog‘ hosil bo‘lishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ftorlangan β-diketonlar hosilalari bilan Ni(II) va Cu(II) kompleks birikmalarining sintezi, tuzilishi va xossalarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
2-triftoratsetilsiklopentanon benzoilgidrazoni – H2L1, 2-pentaftor-propionilsiklogeksanon benzoilgidrazoni – H2L6, triftoratsetilatseton orto-gidroksibenzoilgidrazoni – H2L21 2-triftoratsetilsiklogeksanon benzoilgidrazoni kompleksi – NiL2.NH3 ligandlar va kompleks birikmalarning kristall tuzilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar Kembrij struktur ma’lumotlar bazasiga kiritilgan (Cambridge Crystallographic Data Centrening 2017 yil 19 noyabrdagi 1586402-son va 1586403-son ma’lumotnomalari). Natijada bazaga kiritilgan yangi moddalar o‘xshash moddalarni sintez qilishda taqdim etilgan ma’lumotlardan foydalanish imkonini bergan;
triftoratsetil-para-brombenzoilmetan benzoilgidrazoni – CuL17.NH3, geptaftorbutiril-(para-xlorbenzoil) metan benzoilgidrazoni – NiL19.NH3, triftoratsetil-2-tenoilmetan para-metilbenzoilgidrazoni – CuL23.NH3 kompleks birikmalarining kristall tuzilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar Kembrij struktur ma’lumotlar bazasiga kiritilgan (Cambridge Crystallographic Data Centrening 2015 yil 27 yanvardagi 1045841-son ma’lumotnomasi). Natijada yangi ftorlangan ligandlarning kompleks birikmalarni maqsadli sintez qilish bo‘yicha taqdim etilgan ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatini bergan;
ftorlangan ligandlarning Ni(II) va Cu(II) tutgan kompleks birikmalari FA-A9-T110 raqamli «Fitopatogenlar hujayra devorini parchalaydigan miselial zamburug‘lar gidrolitik fermentlari preparatlarini olish texnologiyasini ishlab chiqish» mavzusidagi loyihada fitopatogen (Fusarium solani, Fusarium galena, Fusarium laher, Fusarium melini, Fusarium oxysporium, Vertisilium dalhliae) zamburug‘larning o‘sishi va rivojlanishida fungisid faolligini aniqlash uchun foydalanilgan (O‘zR Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 29 noyabrdagi FTA-02-11/1207-son ma’lumotnomasi). Natijada qishloq xo‘jaligida ekinlarni himoyalovchi va o‘sishini tezlashtiruvchi preparatlar yaratish imkonini bergan.