Matrasulov Ramon Sultanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda nefroblastomaning patomorfologik va immunogistokimyoviy xususiyatlari», 14.00.15 – Patologik anatomiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2800.
Ilmiy rahbar: Nishanov Daniyar Anarbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Hamidulla Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Magrupov Boxodir Asadullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Hoja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universtiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: nefroblastomada rivojlanadigan patomorfologik o‘zgarishlarni yoshga va jinsga bog‘liq ravishda yuzaga keladigan gistologik, immunogistokimyoviy va qondagi umumiy o‘zgarishlarni baholashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nefroblastoma ko‘proq 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda, qizlargyoa nisbatan o‘g‘il bolalarda ko‘p uchrashi, asosan epitelial turidagi, xavflilik darajasi yuqoriligi, o‘sma qon tomirlariga boyligi, tez invaziv o‘sishi agressiv kechishi isbotlangan;
nefroblastomaning turli gistologik shakllari podotsitlar rivojlanishi, mezangial xujayralarning proliferatsiyasi, apoptoz jarayonlarining rivojlanish xususiyatlari va mexanizimlarida farqlar mavjudligi isbotlangan;
epitelial nefroblastomada angiogenez rivojlanishi, o‘smadagi qon tomirlari zichligining aniqlovchi CD34 markerining yuqori ekspressiyalanishi, Ki-67>60% ning yuqori proliferativ faolligi va mitoxondrial membrananing o‘tkazuvchanligini nazorat qiluvchi Bcl2 ning kuchli ekspressiyalanishi asosida har bir bemor uchun individual davolash taqtikasi zarurligi isbotlangan;
umumiy qon tahlilida nefroblastomaning epitelial turida I-II darajali kamqonlik, aralash turida III darajali kamqonlik kuzatilish, mezenximal turida esa deyarli o‘zgarishlar kuzatilmasligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasini Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024 yil 26 fevraldagi 02/081-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni sag‘lash muassasalariga joriy etish to‘g‘risida Toshkent tibbiyot akademiyasining 2023 yil 26 oktyabrdagi 09-09554-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan):
birinchi ilmiy yangilik: nefroblastoma ko‘proq 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda, qizlargyoa nisbatan o‘g‘il bolalarda ko‘p uchrashi, asosan epitelial turidagi, xavflilik darajasi yuqoriligi, o‘sma qon tomirlariga boyligi, tez invaziv o‘sishi agressiv kechishi isbotlangani Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi RIO va RIATM Farg‘ona filiali bo‘yicha 26.10.2023 yildagi 74-son hamda Namangan viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi RIO va RIATM Namangan filiali bo‘yicha 26.10.2023 yildagi 77-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samardorligi kuyidagilardan iborat: bemorlarga to‘g‘ri tashxis ko‘yish, davolash taktikasini to‘g‘ri belgilash o‘sma asoratlarini kamaytirish, bemor bolalarning yashovchanlik davrini uzaytirish va erta nogironlikni oldini olish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samardorligi: nefroblastomaning har bir gistologik turida individual davo taqtikasini qo‘llash jami 16 ta kurs noadyuvant kimyoterapiyaning o‘tkazilmasligi hisobiga byudjet mablag‘larini 163141760 so‘mga tejash imkonini bergan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirining 02.05.2023 yildagi 29-05/15-son, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 02.05.2023 yildagi 28/1-02-son, O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish iste’molchilar xuquqini ximoya qilish qo‘mitasining 02.05.2023 yildagi 233/01-21-son buyruqlari asosida tuzilgan RIOvaRIATM qlinikasining preysqurantiga ko‘ra nefroblastomada ambulator tekshiruv va xirurgik davolash 15225255 so‘mni, ambulator tekshiruv va nur terapiyasi usulida davolash 23891260 so‘mni, ambulator tekshiruv va kimyoterapiya usulida davolash 10196360 so‘mni tashkil etadi). Xulosa: nefroblastomaning har bir turiga individual yondoshilgan, davo taktikasini qo‘llanilishi, uning mezenximal turida 10 ta kurs, aralash turida 6 ta kurs, jami 16 kurs kimyoterapiya o‘tkazilmasligi, qo‘shimcha tekshiruvlar va shifoxonada qolish o‘rin kunlarining qisqarishi hisobiga byudjet mablag‘larini 163141760 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: nefroblastomaning turli gistologik shakllari podotsitlar rivojlanishi, mezangial xujayralarning proliferatsiyasi, apoptoz jarayonlarining rivojlanish xususiyatlari va mexanizimlarida farqlar mavjudligi isbotlangani Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi RIO va RIATM Farg‘ona filiali bo‘yicha 26.10.2023 yildagi 74-son hamda Namangan viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi RIO va RIATM Namangan filiali bo‘yicha 26.10.2023 yildagi 77-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradoligi kuyidagilardan iborat: xar bir bemorda kasallikning gistologik shaklini xisobga olgan xolda davolash taktikasini to‘g‘ri ko‘llash uning asoratlarini, nogironlikni oldini olish, xayot sifatini yaxshilash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iktisodiy samardorligi: immunogistokimyoviy tekshirish orqali aniq tashxis qo‘yilishi natijasida mikropreparatlar qayta ko‘rigi 2 barobar kamaygan va bu byudjet mablag‘larini 425320 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan (RIO va RIATM klinikasining preyskurantiga ko‘ra 1 ta gistologik preparatni qayta ko‘rigi 212660 so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: har bir bemorda nefroblastomaning turini hisobga olgan holda individual davolash taktikasini qo‘llash kasallik asoratlarini, nogironlikni oldini olish va immunogistokimyoviy tekshirish orqali aniq tashxis qo‘yilishi natijasida mikropreparatlar qayta ko‘rigini 2 barobar kamayishi hisobiga byudjet mablag‘larini 425320 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: epitelial nefroblastomada angiogenez rivojlanishi, o‘smadagi qon tomirlari zichligining aniqlovchi CD34 markerining yuqori ekspressiyalanishi, Ki-67>60% ning yuqori proliferativ faolligi va mitoxondrial membrananing o‘tkazuvchanligini nazorat qiluvchi Bcl2 ning kuchli ekspressiyalanishi asosida har bir bemor uchun individual davolash taqtikasi zarurligi isbotlangani Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi RIO va RIATM Farg‘ona filiali bo‘yicha 26.10.2023 yildagi 74-son hamda Namangan viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi RIO va RIATM Namangan filiali bo‘yicha 26.10.2023 yildagi 77-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradoligi kuyidagilardan iborat: davolash taqtikasini to‘g‘ri tanlash va algoritm ishlab chiqish orqali bemorlar yashovchanligi uzaygan, hayot sifati yaxshilangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samardorligi: nefroblastomada hujayralar proliferatsiyasini Ki-67 markerining yuqori darajada ekspressiyalanishi bilan aniqlash, o‘smalar hajmining kattalashishi, ikkilamchi o‘zgarishlarning paydo bo‘lishi, podotsitlar polimorfizmi, angiogenez jarayonining rivojlanishini o‘smadagi qon tomirlar zichligini CD34 markeri bilan tekshirish 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini o‘rtacha 12% ga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: immunogistokimyoviy tekshiruvda qo‘llaniladigan markerlar sonini kamayishi natijasida 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini o‘rtacha 12% ga iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: umumiy qon tahlilida nefroblastomaning epitelial turida I-II darajali kamqonlik, aralash turida III darajali kamqonlik kuzatilish, mezenximal turida esa deyarli o‘zgarishlar kuzatilmasligi isbotlangani Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi RIO va RIATM Farg‘ona filiali bo‘yicha 26.10.2023 yildagi 74-son hamda Namangan viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi RIO va RIATM Namangan filiali bo‘yicha 26.10.2023 yildagi 77-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samardorligi quyidagilardan iborat: bemorlarda kamqonlikni va poliorgan etishmovchilikni erta oldini olish va hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samardorligi: taklif etilayotgan usul Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi kesimida jami sog‘liqni saqlash tizimiga ajratiladigan moliyaviy ko‘makni 4,3%ga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi kesimida jami sog‘liqni saqlash tizimiga ajratiladigan moliyaviy ko‘makni 4,3%ga iqtisod qilish imkonini bergan.