Abdullaeva Rayxon Rozimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Anemiyali bolalarda dimog‘ murtak bezi gipertrofiyasi diagnostikasi va davolash usullarini takomillashtirish” 14.00.04 – Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib1862.
Ilmiy rahbar: Ashurov Azimjon Mirzajonvich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlanish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01
Rasmiy opponentlar: Dobresov Konstantin Grigor`evich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Shamsiev Jaxongir Fazliddinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: A.Aliev nomidagi Ozarbayjon davlat shifokorlar malakasini oshirish instituti (Ozarbayjon Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
II. Tadqiqotning maqsadi: anemiyali bolalarda dimog‘ murtak bezi gipertrofiyasining klinik xususiyatlarini o‘rganish, diagnostikasi va dovolashning optimal usullarini aniklashdan iborat olishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor dimog‘ murtak bezi gipertrofiyasida tananing umumiy gipoksiya va temir tanqisligi anemiyasi o‘rtasida korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan;
2-3 darajali adenoidli vegetatsiyada turli xil jarrohlik amaliyotlarida qon yo‘qotish hajmi bo‘yicha qiyosiy tavsifi asoslangan;
o‘tkazilgan tadqiqotlar asosida 1-2 darajali anemiyasi bo‘lgan bolalarda adenoid vegetatsiyalarini davolash uchun jarrohlik amaliyotidan oldingi tayyorgarlik va jarrohlik usulini tanlash uslubi ishlab chiqilgan;
temir tanqisligi anemiyasi bo‘lgan bolalarda, dimog‘ murtak bezi gipertrofiyasi diagnostkasi va davolash algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Temir tanqislik anemiyasi bo‘lgan bolalarda dimog‘ bezi gipertrofiyasi diagnostikasi va davolash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilmiy yangilikning mohiyati birinchi bor dimog‘ murtak bezi gipertrofiyasida tananing umumiy gipoksiya va temir tanqisligi anemiyasi o‘rtasida korrelyasion bog‘liqlik aniqlandi;
Ilmiy yangilikning ahamiyati: Temir tanqisligi anemiyasi bilan og‘rigan bolalarda operatsiya oldidan qisqa vaqt ichida dastlabki tayyorgarlikdan so‘ng adenotomiya operatsiyasiga ko‘rsatmalar kengaytirildi. Gemoglobin 95g/l bo‘lgan holatlarda opersiyaga olish mumkin.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Koraqalpog‘iston Respublikasi bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga 2022 yil 15 oktabrdagi 58-sonli, "Sayfulloh ota shifo" xususiy klinikasiga 2022 yil 22 oktabrdagi 18-sonli va Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasiga 2022 yil 15 oktabrdagi 32-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Gipertrofiyalangan dimog‘ murtak bezini olib tashlashning optimal usuli, jarrohlik amaliyoti vaqtida qon yo‘qotish miqdorini minimallashtirdi va amaliyotga joriy etildi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagicha: Gipertrofiyalangan dimog‘ murtak bezini olib tashlash bemor bolalarda gemoglobinni normallashtirish, temir preparatlari bilan uzoq muddatli va intensiv davolanishni talab qiladi. Taklif etilgan usulda o‘tkaziladigan jarrohlik amaliyoti gemoglobinning minimal miqdori bilan amalga oshirilishi mumkinligi isbotlangan. Bu esa har bir bemor boladan 6 mln. emas, 3,4 mln harajat qilib, tejamkorlikni keltiradi.
Xulosa: "Temir tanqisligi anemiyasi bilan og‘rigan bolalarda dimog‘ murtak bezi gipertrofiyasini jarrohlik yo‘li bilan davolash usuli" va "Temir tanqisligi anemiyasi bilan og‘rigan bolalarda dimog‘ murtak bezi gipertrofiyasining diagnostikasi va davolash algoritmi" usulini qollash, har bir bemor boladan 6 mln. emas, 3,4 mln harajat qilib, sarf-harajatlarning qisqarishiga olib keldi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilmiy yangilikning mohiyati adenoidli vegetativda turli xil jarrohlik amaliyotida qon yo‘qotish hajmi bo‘yicha qiyosiy tavsifi o‘tkazildi;
Ilmiy yangilikning ahamiyati: Dimog‘ murtak bezi gipertrofiyasi va anemiya bilan og‘rigan bemor bolalarning davolanishdan oldin va keyin hayot sifati yahshilandi.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Koraqalpog‘iston Respublikasi bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga 2022 yil 15 oktabrdagi 58-sonli, "Sayfulloh ota shifo" xususiy klinikasiga 2022 yil 22 oktabrdagi 18-sonli va Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasiga 2022 yil 15 oktabrdagi 32-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: anemiya va 2-3 darajali adenoid o‘simtalari bo‘lgan kasal bolalarning hayot sifati tavsiya etilgan usulni natijasida 2,5 marta yaxshilandi. Ularni shifohonada yotish davri 2 martaga qisqardi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: dimog‘ murtak bezi va anemiya bilan kasallangan 1 nafar bemor bola uchun kasallikning qo‘zg‘atuvchi omilini aniqlash orqali 4 million 350 ming so‘m mablag‘ tejaladi. Bu, o‘z navbatida, bemorni jarrohlik amaliyotiga tayyorlashga va vaziyatni to‘g‘ri baholashga yordam beradi, bu esa shifoxonadagi kunlar sonini kamaytiradi.
Xulosa: Bemorlarni tekshirishning to‘g‘ri taktikasi va taklif qilingan jarrohlik usulidan foydalanish bemor bolalar hayot sifatini yahshiladi, shifohonada qolish davrini qisqartirdi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilmiy yangilikning mohiyati o‘tkazilgan tadqiqotlar asosida 1-2 darajali anemiyasi bo‘lgan bolalarda adenoid vegetatsiyalarini davolash uchun jarrohlik amalieti oldingi tayyorgarlik va jarrohlik usulini tanlash ishlab chiqilgan.
Ilmiy yangilikning ahamiyati: Anemiyasi bo‘lgan bolalarda adenotomiya jarrohlik amalityoidan oldin va davolashdan keyin olib boriladigan muolajalar tavsiya etilgan algoritmning samaradorligini ko‘rsatdi.
Ilmiy yangilikning joriy qilinishi: olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Koraqalpog‘iston Respublikasi bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga 2022 yil 15 oktabrdagi 58-sonli, "Sayfulloh ota shifo" xususiy klinikasiga 2022 yil 22 oktabrdagi 18-sonli va Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasiga 2022 yil 15 oktabrdagi 32-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagicha: 2-3-daraja adenoidlari va anemiyasi bo‘lgan bolalarda taklif qilingan usulni qullash sababli, jarrohlik amalyoti davrida qon ketish ta’minlandi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Dimog‘ murtak bezi gipertrofiyasi va anemiyali bolalarni tashxislash hamda davolashning ishlab chiqilgan algoritmi yordamida sarf-xarajatlar uchun 4 million 350 ming so‘m mablag‘ tejaladi va iqtisodiy samaradorlikka erishiladi.
Xulosa: 2-3-daraja adenoidlari va anemiyasi bo‘lgan bolalarda taklif qilingan usulni qollaganda, jarrohlik amalieti davrida qon ketish ta’minlandi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilmiy yangilikning mohiyati temir tanqislik anemiya bilan dimog‘ murtak bezi bo‘lgan bolalarni boshqarish algoritmi ishlab chiqilgan va joriy qilingan.
Ilmiy yangilikning ahamiyati: 2-3-daraja adenoidli va anemiyasi bo‘lgan bolalarda taklif qilingan usulni qollash natijasida burun orqali nafas olish 100% tiklandi.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilish: olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Koraqalpog‘iston Respublikasi bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga 2022 yil 15 oktabrdagi 58-sonli, "Sayfulloh ota shifo" xususiy klinikasiga 2022 yil 22 oktabrdagi 18-sonli va Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasiga 2022 yil 15 oktabrdagi 32-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: 2-3-daraja dimog‘ murtak bezi gipertrofiyasi va anemiya bilan og‘rigan bemor bolalarni , jarrohlik amalyoti oldin tayyorlashning ishlab chiqilgan usuli qisqa vaqt ichida adenotomiya operatsiyasini o‘tkazish imkonini beradi, shuning uchun bolalar klassik usulga qaraganda tezroq hayot tarziga qaytadi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Dimog‘ murtak bezi gipertrofiyasi va anemiyali bolalarni tashxislash va davolashning ishlab chiqilgan algoritmi xarajatlarni 4 million 350 ming so‘m mablag‘ tejaladi va iqtisodiy jihatdan kamaytirishga yordam beradi.
Xulosa: anemiyasi bo‘lgan bolalarda, 2-3-daraja adenoidlari taklif qilingan operatsiya oldi tayorlash va "Fotek" koaugulyatorini qollash samaradorligi isbotlandi.