Davletova Dilfuza Madiyorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Preeklampsiya rivojlanish xavfi boʻlgan homiladorlar guruhida platsenta disfunksiyasining profilaktikasi, olib borish taktikasi va diagnostikasini takomillashtirish” 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1607.
Ilmiy rahbar: Karimov Ahmad Hoshimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.11.2023.Tib.114.01.
Rasmiy opponentlar: Yusupbaev Rustem Bazarbaevich, tibbiyot fanlari doktori, katta ilmiy hodim; Qurbanov Djahangir Djamalovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: anemiya va surunkali piyelonefrit bo‘lgan homiladorlarda engil preeklampsiya rivojlanish xavfini aniqlashda platsenta disfunksiyasining dopplerometrik va platsentometrik mezonlarining rolini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor platsenta disfunksiyasi va preeklampsiya rivojlanishiga olib keladigan anemiya va surunkali piyelonefrit fonida ona-platsenta-homila tizimida qon aylanishining buzilishi aniqlangan, bunda platsenta disfunksiyasi fonida preeklampsiya rivojlanishi 46,7%ni tashkil etishi aniqlangan;
bachadon - platsenta - homila tizimining tomirlarida platsenta disfunksiyasini exografik, Dopplerometrik tashxislash mezonlari (MCAda IR 15% (p<0,05), a.umbilicalis da IR – 0,62 (p<0,05) pasaydi) aniqlangan;
anemiya va surunkali piyelonefriti bo‘lgan homilador ayollarda preeklampsiya rivojlanishining oldini olish maqsadida L-argininni qo‘llashdan so‘ng platsentada ijobiy gistomarfologik va morfometrik o‘zgarishlar aniqlangan;
ishlab chiqilgan algoritm asosida olingan ko‘rsatkichlarni baholash orqali homiladorlikning II va III trimestrida platsenta disfunksiyasini o‘z vaqtida tashxislash akusherlik asoratlarining 1,7 barobarga, perinatal asoratlarning esa 2,5 barobarga kamayishiga olib kelishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi ekspert kengashining 2024 yil 15-fevraldagi 02/075-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Toshkent tibbiyot akademiyasining 2022 yil 22 fevraldagi 03-559-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan):
Anemiya va surunkali pielonefrit bilan kasallangan ayollarda bachadon – platsenta – homila tizimi gemodinamikasida yuzaga keladigan o‘zgarishlar oqibatida yuzaga keladigan perinatal asoratalar, shuningdek platsentar disfunksiyaning xavf omillari tufayli perinatal va onadagi asoratlar o‘rtasidagi bog‘liqlik isbotlangan bo‘lib, Toshkent Tibbiyot akademiyasi koʿp tarmoqli klinikasi tug‘ruq kompleksi 29.06.2023-yildagi 79-sonli buyruq hamda Respublika va Xorazm viloyat perinatal markazi 06.07.2023-yildagi 139-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Tadbiq natijalari homilador ayollarda preeklampsiya rivolanishini erta muddatlarda aniqlash orqali bachadon, homila va platsentada qon aylanishini yaxshilash choralarini ko‘rish va bu orqali homila o‘sishidan orqada qolishi, preeklampsiyaning og‘ir darajalariga o‘tishining, homiladorlik asoratlari rivojlanishining oldini olish hamda onalar va bolalar o‘limini kamaytirish ga olib keladi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: anemiya va surunkali pielonefrit bilan og‘rigan homiladorlarga 2021-2023 yillar davomida davolash kurslari o‘tkazilgan, QShP va QVPda davolangan 20 nafar homiladorlar uchun tibbiy xizmatlar narxi 5 376 000 so‘mni tashkil etgan: 20 nafar ayol x 83 400 so‘m x 3,5 y/k = 5 838 000 so‘m. Ayollarning ushbu tadqiqot guruhida (2021-2023) profilaktika qilinmagan taqdirda davlat moliyaviy xarajatlarining umumiy qiymati oldindan hisoblab chiqildi va natijalar ushbu guruhdagi haqiqiy byudjet xarajatlari bilan taqqoslandi. Ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, iqtisodiy samaradorlik 2021 yilda 77,12 foizni, 2023 yilda esa 79,17 foizni tashkil etdi. Demak, 2021 yilda xarajatlarni minimallashtirish 18 124 800 so‘mni, 2023 yilda esa 22 184 400 so‘mni tashkil etdi.
Kasalliklarni tashxislash, davolash va oldini olishning yangi texnologiyalarini joriy etish samaradorligini baholash. Biz quyidagi ko‘rsatkichlarni hisoblab chiqdik: 1. Tibbiy xizmatlar narxi (TXN - MXT) formula bo‘yicha TXN = (KKQ x BO‘QM) + QXN, bu erda YKN – yotoq kunlik narxi, so‘m/yil BO‘QM – davolash profilaktik muassasada bemorning o‘rtacha qolish muddati (kunlar) QXN – qo‘shimcha xizmatlar narxi (dorilar + oziq-ovqat + kommunal xizmatlar), so‘m/yil 2. Xarajatlarni minimallashtirish tahlili (minimallashtirilgan narxlar taxlili -MNT) (masalan, shu davrlar 2021-2023 yillar): XMT = TXN 2021 - TXN 2023 (so‘m) 3. Bitta bemorga iqtisodiy xarajatlar o‘zgarishi (Δ Ix): Δ Ix = Ix 1 – Ix 2, Ix1 - 2021 yilda bitta bemorga iqtisodiy xarajatlar. Ix2 – 2023 yilda bitta bemorga ketgan iqtisodiy xarajatlar.
Xulosa: preeklampsiya rivojlanishi uchun xavf omillari bo‘lgan homilador ayollar uchun davolash va profilaktik tadbirlarni o‘tqizish, a.uterine et a.umblicalis arteriyalarining qon tomir tonusi holatiga ta’sir ko‘rsatadigan ona–platsenta - homila tizimida qon oqimining normallashishiga yordam beradigan L-arginin qo‘shilishi bilan, platsenta erta qarishi (involyusiyasi) jarayonining oldini olish va sekinlashtirishga yordam berdi.
“Preeklampsiya rivojlanish xavfi bo‘lgan homiladorlar guruhida platsenta disfunksiyaning profilaktikasi, olib borish taktikasi va diagnostikasini takomillashtirish” mavzusidagi ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyaning 2023-yil 27-noyabrdagi 09-05152 sonli xat yuborilgan.
Bachadon-platsenta-homila tizimining tomirlarida platsenta disfunksiyasining exografik, Dopplerometrik tashxislash mezonlarini aniqlashda Toshkent Tibbiyot akademiyasi koʿp tarmoqli klinikasi tug‘ruq kompleksi 14.02.2024-yildagi 42-sonli buyruq hamda Respublika va Xorazm viloyat perinatal markazi 29.06.2023-yildagi 79-sonli buyruq va 06.07.2023-yildagi 139-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat. Olingan ma’lumotlardan foydalanib, xarajatlarni minimallashtirish holati hisoblab chiqilgan. Erta reproduktiv yo‘qotish yoki erta tug‘ilishning oldini olish uchun platsenta disfunksiyasini kompleks davolashni amalga oshirganimizdan so‘ng, odatda muddatidagi tug‘ruqlar sodir bo‘ldi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: ayollarning ushbu tadqiqot guruhida (2021-2023) profilaktika qilinmagan taqdirda davlat moliyaviy xarajatlarining umumiy qiymati oldindan hisoblab chiqilgan va natijalar ushbu guruhdagi haqiqiy budjet xarajatlari bilan taqqoslandi. Ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, iqtisodiy samaradorlik 2021 yilda 77,12 foizni, 2023 yilda esa 79,17 foizni tashkil etdi. Demak, 2021 yilda xarajatlarni minimallashtirish 18 124 800 so‘mni, 2023 yilda esa 22 184 400 so‘mni tashkil etdi.
XROQ ushbu patologiyaga ega bo‘lgan ayollar orasida homilador ayollarni platsenta disfunksiyasidan kelib chiqqan homiladorlik asoratlari uchun kasalxonada davolash paytida o‘tkaziladigan manipulyasiya xarajatlarini va davlat tomonidan ajratiladigan bilvosita xarajatlarni minimallashtirishni ta’minlaydi.; shuningdek, muvaffaqiyatli davo natijalar va ularning prognostik ahamiyati asoslangani Toshkent Tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi homiladorlar akusherlik va patologiya bo‘limlarida 14.02.2024-yildagi 42-sonli buyruq hamda Respublika va Xorazm viloyat perinatal markazi 29.06.2023-yildagi 79-sonli buyruq va 06.07.2023-yildagi 139-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat. Shu bilan birga, agar bu ayollar ETning oldini olishga imkon beruvchi Tivortin (L-arginin eritmasi 4,2%-100 ml) preparati yordamida kompleks davolashdan o‘tmaganlarida, ular ET ni boshdan kechirgan bo‘lishlarini hisobga olinib ishlab chiqilgan algoritm asosida olingan ko‘rsatkichlarni baholash orqali homiladorlikning II va III trimestrida platsenta disfunksiyasini o‘z vaqtida tashxislash bilan akusherlik asoratlarining 1,7 barobarga, perinatal asoratlarni esa 2,5 barobarga kamayishiga olib kelindi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Tivortin (L-arginin eritmasi 4,2-100 ml) preparatini kompleks qo‘llash bilan preeklampsiya bilan og‘rigan homilador ayollarda platsenta disfunksiyasining dori-darmonlarni oldini olish va davolashning ishlab chiqilgan usuli platsenta disfunksiyasi (erta, kech reproduktiv yo‘qotishlar) tufayli kelib chiqadigan homiladorlik asoratlarini kamaytirishga imkon beradi. bDisfunksiya mavjud ayollarda qon aylanish tizimidagi buzilishlar homiladorlik natijalari bo‘yicha olingan ma’lumotlarga ko‘ra, ularni erta aniqlash va salbiy oqibatlarga olib kelish xavfi yuqori bo‘lganligi sababli, 5 838 000 so‘mni tejaydi (bitta ayolning o‘rtacha davolanish narxi).
Xulosa: homiladorlik davrida asoratlarning rivojlanishi uchun asosiy xavf omillarini erta aniqlash tug‘ruqning salbiy natijalarining oldini olish natijasida 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larining 15000 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
Ishlab chiqilgan algoritm asosida olingan ko‘rsatkichlarni baholash orqali homiladorlikning II va III trimestrida platsenta disfunksiyasining o‘z vaqtida tashxislash bilan akusherlik va perinatal asoratlarni kamayishiga olib kelishi o‘rtasidagi bog‘liqlik isbotlangan, Toshkent Tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi homiladorlar akusherlik va patologiya bo‘limlarida 14.02.2024-yildagi 42-sonli buyruq hamda Respublika va Xorazm viloyat perinatal markazi 29.06.2023-yildagi 79-sonli buyruq va 06.07.2023-yildagi 139-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Dopplerometrik va platsentometrik usullarni fon kasalliklari bilan homiladorlik davrida qoʻllash akusherlik va perinatal asoratlarning rivojlanishida ularni aniqlashning yuqori prognostik ahamiyati va samaradorligini isbotlashga imkon berdi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Anemiya va surunkali pielonefritni o‘rganish va individuallashgan homiladorlikni olib borish natijalari homiladorlik asoratlar sonini, davolanish vaqtini va kasalxonada qolishni kamaytirishga imkon berdi. Bu har bir bemor uchun 2500000 so‘mni tejash imkonini berdi. Ya’ni, bunday patologiyalar bilan asoratlangan taqdirda, uni tuzatish uchun qo‘shimcha xarajatlar 5000000 so‘mni tashkil qiladi. Taklif etilayotgan yangi yondashuvning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida bunday xarajatlar o‘rtacha 2500000 so‘mni tashkil etgan. Natijada ushbu patologiya bilan og‘rigan bir bemorga aniqlangan yondashuv hisobiga yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarni kamaytirish hisobiga 2500000 so‘m mablag‘ tejaldi (TTA ko‘p tarmoqli klinika tug‘ruq majmuasi narxlari ro‘yxati bo‘yicha).
Xulosa: Anemiya va surunkali pielonefrit mavjud ayollarda platsenta disfunksiyasining mavjudligi homiladorlikni asoratlanishiga, homila ichki holati va tug‘ruq asoratlarining oshirganligi natijasida 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larining 250000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
akusherlik va perinatal asoratlar uchun xavf omillari hisoblangan anemiya va surunkali pielonefrit ishonchli ahamiyati asosida platsenta disfunksiyasi natijasida homiladorlik va tugʻruq kechishini bashorat qilish usuli ishlab chiqilgani Toshkent Tibbiyot akademiyasi koʻp tarmoqli klinikasi homiladorlar akusherlik va patologiya boʻlimlarida 14.02.2024-yildagi 42-sonli buyruq hamda Respublika va Xorazm viloyat perinatal markazi 29.06.2023-yildagi 79-sonli buyruq va 06.07.2023-yildagi 139-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Taklif etilayotgan prognozlash usuli klinik oldi bosqichlarida homiladorlikni nazoratli boshqarish va olib boorish imkonini berdi, bu esa homiladorlik va tugʻruq asoratlarini profilaktikasini ta’minlashga imkon bergan.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Surunkali anemiya va pielonefrit fonida homiladorlikning va tugʻruqning salbiy oqibatlarini bashorat qilish usulining joriy etilishi ayollarda 5 800 000 so‘mni (bir ayol davolanishining o‘rtacha narxi) tejash imkonini berdi.
Xulosa: ishlab chiqilgan prognostik model anemiya va surunkali pielonefrit bilan kasallangan homilador ayollarda homiladorlik davrida akusherlik va perinatal asoratlar hamda reproduktiv yo‘qotishlarning mumkin bo‘lgan oqibatlarini taxmin qilish natijasida natijasida 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larining 5 800 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.