Davranova Lobar Saidovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): "Vaginal va bachadon aplaziyasi bo‘lgan bemorlarni kasalxonaga qadar olib borishni optimallashtirish", 14.00.01-Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib2044.
Ilmiy raxbar: Negmadjanov Baxodur Boltaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajargan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/30.12.2019.Tib.102.01.
Rasmiy opponentlar: Zokirova Nodira Islomovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Nadirxanova Natal`ya Suratovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qin va bachadon aplaziyasi bor bemorlarda erta tashxislashni va bemorlarni shifoxona bosqichigacha olib borishni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qin va bachadon aplaziyasi bo‘lgan bemorlarga kech tashxis qo‘yilishi va 83% xolarda turmush qurish va jinsiy hayotni boshlash kabi noto‘g‘ri maslahat berilishi aniqlangan;
ilk bor qin va bachadon aplaziyasi bo‘lgan bemorlarning klinik va anamnestik xususiyatlari taxlili asosida, tashxislash va davolashdagi eng ko‘p uchraydigan xatolar (bachadon gipoplaziyasi 73%, jaroxlik aralashuv paytidagi appendektomiya-72,7%, utkir korin 61,9%, asosiz gormonal terapiya 66,1%) aniqlangan;
qin va bachadon aplaziyasi mavjud bemorlarning kasalxonagacha bo‘lgan davrda erta aniklash uchun (maxsus ginekologik tekshiruv va magnit -rezonans tomografiya) usularini ko‘llash maksadga mofik ekanligi asoslangan;
qin va bachadon aplaziyasi mavjud bemorlarda uchragan diagnostik va terapevtik xatolar tahlili asosida kasalxonagacha bo‘lgan davrda bemorlarni olib borish usullari takomilashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Samarqand davlat tibbiyot universiteti 2024 yildagi 26 fevraldagi №15-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2022 yil 8 oktyabrdagi 3442-sonli xati yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: qin va bachadon aplaziyasi bo‘lgan bemorlarga kech tashxis qo‘yilishi va 83% xolarda turmush qurish va jinsiy hayotni boshlash kabi noto‘g‘ri maslahat berilishini oldini olish bo‘yicha Samarqand shahar 3-son tug‘ruq majmuasi 21.10.2022 yildagi 318/5- sonli buyrug‘i bilan ginekologiya bo‘limiga, Samarqand shahar 6-sonli oilaviy poliklinikasining 05.12.2022 yildagi 174/3 sonli buyrug‘i bilan Samarqand shahar 10-sonli oilaviy poliklinikasining 07.12.2022yildagi 203/2-sonli buyrug‘i bilan amaliy faoliyatiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi kuyidagilardan iborat: qin va bachadon aplaziyasi bo‘lgan bemorlarni uchrash chastotasini xisobga olgan xolda kasalikni tekshirish uchun xamda prognozini baxolash uchun dastur yaratilgan va bemorlarning hayot sifatini, kasalikni erta tashxislash mezonlari takomillashtirilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qin va bachadon aplaziyasi bo‘lgan bemorlarga kech tashxis qo‘yilishi va turmush qurish va jinsiy hayotni boshlash kabi noto‘g‘ri maslahat berilmasligni va asoratlarni sonini kamaytirish xamda oldini olish maksadida ambulator akusher-ginekolog ko‘rigi uchun 54 000 (ellik) so‘m miqdorida mablag‘ sarflansa, 1 nafar bemor uz vaktida aniklansa shu mablag‘ni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: qin va bachadon aplaziyasi bo‘lgan bemorlarga kech tashxis qo‘yilishi va jinsiy hayotni boshlash kabi noto‘g‘ri maslahat berilmasligni oldini olish maksadida diagnostik-davolash chora tadbirlarni qo‘llash natijasida 1 nafar bemor hisobiga davlat byudjeti mablag‘larini 6000 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor qin va bachadon aplaziyasi bo‘lgan bemorlarning klinik va anamnestik xususiyatlari taxlili asosida, tashxislash va davolashdagi eng ko‘p uchraydigan xatolarni (bachadon gipoplaziyasi 73%, jaroxlik aralashuv paytidagi appendektomiya-72,7%, utkir korin 61,9%, asosiz gormonal terapiya 66,1%) aniqlash va o‘z vaktida oldini olish bo‘yicha Samarkand shaxar 3-son tugruk majmuasi, 2022 yil 05 dekabrdagi 174/3-sonli buyruq bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Qin va bachadon aplaziyasini erta tashxislashni takomilashtirish, profilaktik chora-tadbirlarni optimallashtirish, qin va bachadon aplaziyasini bilan kasallangan bemorlarda hayot sifatini yaxshilash, asoratlarni kamaytirish va tibbiy yordam sifatini oshirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Qin va bachadon aplaziyasi bo‘lgan ayolning appendektomiya 300 ming so‘m, asosiz gormonal terapiya 360 ming so‘m hisobiga davlat byudjeti mablag‘lari iqtisod qilingan. Xulosa: qin va bachadon aplaziyasi bo‘lgan bemorlarga klinik va anamnestik xususiyatlari taxlili asosida, tashxislash va davolashdagi eng ko‘p uchraydigan xatolar oldini olish maksadida chora tadbirlarni qo‘llash natijasida 1 nafar bemor hisobiga davlat byudjeti mablag‘larini 600 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
uchinchi ilmiy yangilik: qin va bachadon aplaziyasi mavjud bemorlarning kasalxonagacha bo‘lgan davrda erta aniklash uchun (maxsus ginekologik tekshiruv va magnit - rezonans tomografiya) usularini ko‘llash maksadga mofik ekanligi Samarkand shaxar 6-sonli oilaviy poliklinikasida 2022 yil 07 dekabrdagi 203/3-sonli buyruq bilan,Samarkand shaxar 10-sonli oilaviy poliklinikasi 2023 yil 13yanvardagi 64-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Qin va bachadon aplaziyasi bulgan bemorlarda ul`tratovush apparati yordamida kasallikni erta tashxislashni, kasallik prognozini yaxshilashi imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Kin va bachadon aplaziyasi bilan kasallangan bemorlarda kin aplaziyasini aniklash uchun ginekologik kuruv utkazish va bachadon aplaziyasini aniklash uchun ul`tratovush tekshirishlar o‘tkazish, kasallikni erta aniklashga erishish, asoratlarning uchrash chastotasini kamaytirishi bilan izohlanadi. Bu o‘z navbatida kin va bachadon aplaziyasi bulgan bemorlarda ambulator ul`tratovush va magnit-rezonans kurikdan utkazish uchun 75 ming sum mablag‘ sarflanib, boshka kushimcha tekshiruvlar talab etilmagani uchun davlat byudjeti mablag‘lari iqtisod qilingan. Xulosa: qin va bachadon aplaziyasi mavjud bemorlarning kasalxonagacha bo‘lgan davrda erta aniklash uchun (maxsus ginekologik tekshiruv va magnit - rezonans tomografiya) usularini ko‘llash natijasida 1 nafar bemor hisobiga davlat byudjeti mablag‘larini 450 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: qin va bachadon aplaziyasi mavjud bemorlarda uchragan diagnostik va terapevtik xatolar tahlili asosida kasalxonagacha bo‘lgan davrda bemorlarni olib borish usullari takomilashtirish Samarqand shahar 3-son tug‘ruq majmuasi 21.10.2022 yildagi 318/5- sonli buyrug‘i bilan ginekologiya bo‘limiga , Samarqand shahar 6-sonli oilaviy poliklinikasining 05.12.2022 yildagi 174/3 sonli buyrug‘i bilan Samarqand shahar 10-sonli oilaviy poliklinikasining 07.12.2022 yildagi 203/2-sonli buyrug‘i bilan amaliy faoliyatiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: ilk bor “oddiydan murakkabgacha” zamonaviy tekshirish usullaridan foydalangan holda algoritm ishlab chiqigan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Bir bemorning shifoxonada qolish muddatini 9 kundan 6 kunga (3 kun) kiskartirish xisobiga statsionarda etish narxi urtacha 210 000sumga arzonlashdi, kushimcha davo choralari talab etilmagani uchun davlat byudjeti mablag‘lari iqtisod qilingan. (Samarkand shaxridagi 3- son tugruk majmuasi preyskuranti buyicha 1 kun kasalxonaga etish urtacha 70000sum tashkil etadi). Xulosa: qin va bachadon aplaziyasi mavjud bemorlarda uchragan diagnostik va terapevtik xatolar tahlili asosida kasalxonagacha bo‘lgan davrda bemorlarni olib borish usullari takomilashtirilgan natijasida 1 nafar bemor hisobiga davlat byudjeti mablag‘larini 210 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Vaginal va bachadon aplaziyasi bo‘lgan bemorlarni kasalxonaga qadar olib borishni optimallashtirish” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand davlat tibbiyot universiteti prorektori tomonidan 2022 yil 27 sentyabrdagi №1038-sonli xati yuborilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 27 sentyabrdagi 8n-z/1038-son ma’lumotnomasi).