Achilova Nodira G‘ani kizinining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Menopauza davridagi osteoporozli bemorlarga implantatsiyani rejalashtirish,davolash va profilaktika choralarini takomillashtirish” 14.00.21 - Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga  olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib1940.
Ilmiy rahbar: Po‘latova Barno Juraxonovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Dolgalev Aleksandr Aleksandrovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Xabilov Nigman Lukmonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali Ibn Sino nomidagi Tojik davlat tibbiyot universiteti (Tojikiston Respublikasi).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi menopauza davrida osteoporozga chalingan bemor ayollarda dental implantatsiyaning amaliyoti maqsadga muvofiqligini asoslash va samaradorligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
 menopauza davrida osteoporozga chalingan bemor ayollarda alveolyar o‘sikning g‘ovaksimon qismi optik zichligi 150±20 HU birlikni tashkil etib, suyak tizimining patologiyasi bo‘lmagan bemorlarga nisbatan jag‘ suyaklarining mineralizatsiyasining osteoporozda 30 % ga pasayishi isbotlangan;
 postmenopauzal osteoporozga chalingan ayollar tavsiya etilgan terapiyadan foydalanib, 3 oydan so‘ng paratiroid gormoni 26,7% ga kamaygan, kalsitonin va vitamin D, esa mos ravishda 40,0% va 200-300 ME ga oshgan, shu sababli osteoporozga chalingan bemor ayollarda dental implantatsiyani  o‘tkazishda va asoratlarning oldini olishda ijobiy omil bulib hisoblanishi aniqlangan;
 menopauza davridagi osteoporozga chalingan bemor ayollarda dental implantatsiya paytida perioperatsion korreksiyani oqilona amalga oshirish, asoratlarni 18% dan 5% gacha kamaytirish imkonini bergan va bunday yondashuv implantatsiya jarayonining xavfsizligini va samaradorligini oshirishi ishlab chiqilgan algoritmda isbotlangan;
menopauzadagi osteoporozli bemorlarda optimal stabilizatsiya koeffisienti 40Ncm bilan ifodalanib, osteotrop preparatlarni qo‘llash tish implantatsiyasini barqarorlashtirish samaradorligiga asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy kilinishi.
Toshkent davlat stomatologiya instituti muvofiqlashtiruvchi Ekspertlar kengashining 2024 yil 26 fevraldagi №04-x/28-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: menopauza davrida osteoporozga chalingan bemor ayollarda alveolyar o‘sikning g‘ovaksimon qismi optik zichligi 150±20 HU birlikni tashkil etib, suyak tizimining patologiyasi bo‘lmagan bemorlarga nisbatan jag‘ suyaklarining mineralizatsiyasining osteoporozda 30 % ga pasayishi isbotlangan.Qisman  tishsizlikning,suyak defisit nuqsonlari mavjud bemorlarda davolash samaradorligini oshirish va jarrohlik davolash usulini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar amaliy sog‘liqni saqlash sohasida, xususan: Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi Kattalar Yuz-jag‘ jarroxligi bo‘limida (Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasining 2023 yil  03 oktyabrdagi № 54-son bo‘yrug‘i va Toshkent Tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasining 2023 yil 21 oktyabrdagi № 122 –son buyrug‘i) klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi.Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: menopauzali osteoporozli qisman tishsizligi mavjud aellarda jag‘ suyaklarning alveolyar o‘simtasida to‘qimalar mineralizatsiyasining  pasayishi tufayli “osteoporoz teshiklar”aniqlanadi, bunday nuqsonlarni bartaraf etish maqsadida olib boriladigan jarrohlik aralashuvini maksimal darajada aniq rejalashtirish imkoniyati, shuning natijasida davolash samaradorligini oshirishi va ko‘zlangan natijani oldindan ko‘rish imkoniyatini berishi hamda implantologik davolash muddatini qisqartirish imkon beradi. Davolanish vaqtini 25% gacha qisqartirish orqali bemorning hayot sifati yaxshilanadi va mexnatga loyiqatsizlik davri qisqaradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat:  menopauzali osteoporozli qisman ikkilamchi adentida jag‘ suyaklarning alveolyar o‘simtasida to‘qimalar mineralizatsiyasi defisiti mavjud bo‘lgan bemorlarda spongioz implantantlarni qo‘llash  bemorlarni tashxislashni va davolanish davrining kisqarishiga hamda ikkilamchi asoratlar kelib chiqishini, buning oqibati qo‘shimcha jarrohlik aralashuvlarining o‘tkazilishni oldini oladi. Tibbiy tashxisot va samarali jarrohlik yo‘li bilan davolash chora-tadbirlarini amalga oshirish iqtisodiy xarajatlar o‘rtasidagi farq tufayli iqtisodiy samaradorligi mablag‘ hisobida har bir bemor uchun o‘rtacha 2.400.000 so‘mgacha mablag‘larni iqtisod qilish imkonini berdi.Xulosa: " Menopauza davridagi osteoporozli bemorlarga implantatsiyani rejalashtirish, davolash va profilaktika choralarini takomillashtirish” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga Toshkent davlat stomatologiya instituti rektori tomonidan 2024-yil 20 fevraldagi №04-z/49-sonli xat yuborilgan
ikkinchi ilmiy yangilik: postmenopauzal osteoporozga chalingan ayollar tavsiya etilgan terapiyadan foydalanib, 3 oydan so‘ng paratiroid gormoni 26,7% ga kamaygan, kalsitonin va vitamin D, esa mos ravishda 40,0% va 200-300 ME ga oshgan, shu sababli osteoporozga chalingan bemor ayollarda dental implantatsiyani  o‘tkazishda va asoratlarning oldini olishda ijobiy natijaga erishilgan.Ikkilamchi adentiyali bemorlar jag‘ suyaklarida   osteoporoz o‘zgarishlar bor holatida davolash samaradorligini oshirish va jarrohlik davolash usulini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar amaliy sog‘liqni saqlash sohasida, xususan:Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi Kattalar Yuz-jag‘ jarroxligi bo‘limida (Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasining 2023 yil  03 oktyabrdagi № 55-son bo‘yrug‘i va Toshkent Tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasining 2023 yil 21 oktyabrdagi № 123 –son bo‘yrug‘i) klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi.Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: menopauza davridagi osteoporozli jag‘larda jarrohlik davolash bosqichlarini kondagi kalsitonin, paratireoid gormon, vitamin D ko‘rsatkichlar asosida tashxislashning zamonaviy usullaridan foydalangan holda rejalashtirish, jag‘ suyakning avvalgi holatini qayta tiklashga, shuning natijasida jag‘ harakatlari va chaynash funksiyasining tiklanishiga olib keladi. Bu o‘z navbatida bemorlarning ish qobiliyatini oshishiga jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga olib keladi.Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: menopauza davridagi osteoporozli bemorlarda suyak to‘qimalar patologik uzg‘arishi va ikklamchi adentiya mavjud 1 nafar bemor uchun  jarroxlik va korreksion terapiya usulining joriy qilinishi hisobiga qayta o‘tkaziladigan jarrohlik amaliyoti darajasini 23% dan 3,2% ga kamaytirish hisobiga  4 100 000 so‘m iqtisod qilinadi (tajribaga ko‘ra 23% bemorlarda boshqa jarroxlik taktika operatsiyasi amalga oshirildi), individual tayyorlangan autoblok yordamida alveolyar  nuqsonlarini to‘laqonli bartaraf etilishi hisobiga bemorlar hayot sifatini yaxshilash va bemorlarni statsionarda davolanish muddatlarini qisqartirishi xisobiga iqtisodiy samaradorlikka erishildi.Xulosa:"Menopauza davridagi osteoporozli bemorlarga implantatsiyani rejalashtirish, davolash va profilaktika choralarini takomillashtirish” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga Toshkent davlat stomatologiya instituti rektori tomonidan 2024-yil 20 fevraldagi №04-z/49-sonli xat yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: menopauza davridagi osteoporozga chalingan bemor ayollarda dental implantatsiya paytida perioperatsion korreksiyani oqilona amalga oshirish, asoratlarni 18% dan 5% gacha kamaytirish imkonini bergan va bunday yondashuv implantatsiya jarayonining xavfsizligini va samaradorligini oshirishi ishlab chiqilgan algoritmda isbotlandi.Ikkilamchi adentiyali bemorlar jag‘ suyaklarida osteoporoz o‘zgarishlar bor holatida davolash samaradorligini oshirish va jarrohlik davolash usulini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar amaliy sog‘liqni saqlash sohasida, xususan:Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi Kattalar Yuz-jag‘ jarroxligi bo‘limida (Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasining 2023 yil  03 oktyabrdagi № 55-son bo‘yrug‘i va Toshkent Tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasining 2023 yil 21 oktyabrdagi № 123 –son bo‘yrug‘i) klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: jag‘lar estetik va funksional jihatdan tiklanishi bemorning ishga loyiqatsizligini kamaytirishi, jamoada ijtimoiy aloqalarning tiklanishi, bemorning ruhiy holatiga ta’siri va bemor og‘iz bo‘shligida  va nutqidagi nuqson sababli shakllangan komplekslarning bartaraf etilishi orqali ijtimoiy hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi.Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: davolashning operatsiyadan oldingi va keyingi bosqichlarida  biokimiyo markerlar ( kal`sitonin, paratgormon asosida tashhislash, shu toifadagi usullaridan foydalanish ushbu patologiyali bemorlarda o‘tkaziladigan jarrohlik aralashuvlarini rejalashtirish va davolash natijalarini baholash uchun qulay sharoit yaratib beradi. Shu tufayli, bemorlarning davolash muassasalariga qatnovi 2 barobar kamayadi, iqtisodiy samara pul ko‘rinishida o‘rtacha 1 500 000 so‘mni tashkil etadi.Xulosa:"Menopauza davridagi osteoporozli bemorlarga implantatsiyani rejalashtirish, davolash va profilaktika choralarini takomillashtirish” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga Toshkent davlat stomatologiya instituti rektori tomonidan 2024-yil 20 fevraldagi №04-z/49-sonli xat yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: menopauzadagi osteoporozli bemorlarda optimal stabilizatsiya koeffisienti 40Ncm bilan ifodalanib, osteotrop preparatlarni qo‘llash tish implantatsiyasini barqarorlashtirish samaradorligiga asoslangan.Ikkilamchi adentiyali bemorlar jag‘ suyaklarida osteoporoz o‘zgarishlar bor holatida davolash samaradorligini oshirish va jarrohlik davolash usulini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar amaliy sog‘liqni saqlash sohasida, xususan:Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi Kattalar Yuz-jag‘ jarroxligi bo‘limida (Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasining 2023 yil  03 oktyabrdagi № 55-son bo‘yrug‘i va Toshkent Tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasining 2023 yil 21 oktyabrdagi № 123 –son bo‘yrug‘i) klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: menopauzadagi osteoporozga chalingan ikklamchi adentiyali bemorlarda jag‘ suyaklar to‘qimalar patologik o‘zgarishlarni tashxislash va davolashda ishlab chiqilgan algoritmning qo‘llanishi, ularga ko‘rsatilayotgan malakali tibbiy yordamdan, xususan amalga oshirilgan jarrohlik aralashuvi natijasining samaradorligidan, keng ma’noda mamlakatimiz sog‘lig‘ni saqlash tizimidan qoniqish hissining paydo bo‘lishiga, bemorning zamonaviy tibbiyotga, tibbiyot xodimlariga bo‘lgan qarashlarini ijobiy tomonga o‘zgartiribgina qolmay, uning jamiyatga to‘laqonli qaytishiga, hayot sifatining yaxshilanishiga yordam beradi.Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: menopauzadagi osteoporozli tish qatoridagi nuqsonlari mavjud bemorlarni tashxislash va davolash jarayonida tug‘ri tashxis qo‘yish va jarroxlik amaliyotiga to‘g‘ri tayyorlash bemorning davolash muassasalariga qatnovlari sonini 2 barobar kamaytiradi va asoratlarni qisqartirish hisobiga kaytadan jarrohlik amaliyotini amalga oshirishni oldini oladi, iqtisodiy samara mablag‘ hisobida o‘rtacha 4 100 000 so‘mni tashkil etadi.Xulosa:”Menopauza davridagi osteoporozli bemorlarga implantatsiyani rejalashtirish, davolash va profilaktika choralarini takomillashtirish” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga Toshkent davlat stomatologiya instituti rektori tomonidan 2024-yil 20 fevraldagi №04-z/49-sonli xat yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish