Nortaeva Nilufar Abdiraximovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gipoterioz holatidagi turli yoshdagi bolalarning tish-jag‘ sistemasining morfologik va morfometrik o‘zgarishlari», 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2633.
Ilmiy rahbar: Axmedova Sayyora Muxamadovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Hamidulla Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Xamidova Farida Muinovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gipotireoz holatidagi turli yoshdagi bolalarning tish-jag‘ sistemasining morfometrik o‘zgarishlari va tajribaviy gipotireozda tishlarda kechadigan morfologik o‘zgarishlarni baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turli yoshdagi sog‘lom bolalarni tish-jag‘ tizimining kefalometrik ko‘rsatkichlari jinsga va yoshga qarab o‘zaro farq qilishi: yuzning morfologik kenglik ko‘rsatkichlari barcha yoshdagi qiz bolalarda yuqori, yuzning morfologik uzunlik ko‘rsatkichlari esa o‘g‘il bolalarda yuqori ekanligi aniqlangan;
gipotireoz holatidagi o‘g‘il va qiz bolalarning kefalometrik ko‘rsatkichlari sog‘lom bolalarning ko‘rsatkichlariga nisbatan kamroq o‘sish tempiga ega bo‘lishi, bu o‘zgarishlar ayniqsa qiz bolalarda yuzning morfologik kenglik ko‘rsatkichlari, o‘g‘il bolalarda esa morfologik uzunlik ko‘rsatkichlari bilan namoyon bo‘lishi ilmiy asoslangan;
turli yoshdagi sog‘lom va qalqonsimon bez gormonlari etishmovchigi kuzatilgan bolalarning tish-jag‘ tizimini antropometrik ko‘rsatkichlarining solishtirma tahlili asosida kichik yoshdagi o‘g‘il va qiz bolalarda yuvenilizatsiya belgilari, o‘rta va katta maktab yoshidagi o‘g‘il bolalarda debraxikefalizatsiya, qiz bolalarda esa gratsilizatsiya belgilari rivojlanishi ilmiy asoslangan;
tajribaviy gipotireoz holatida tishda kelib chiqadigan morfologik o‘zgarishlar: tishlarning kech chiqishi, dentin kanalchalarining torayishi, sement qavatining yupqalashishi va nekroz belgilarining rivojlanishi ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024 yil 15 fevraldagi 02/071-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassalariga joriy etish bo‘yicha Toshkent tibbiyot akademiyasining 2023 yil 24 avgustdagi 08-23/31-x-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan):
birinchi ilmiy yangilik: turli yoshdagi sog‘lom bolalarni tish-jag‘ tizimining kefalometrik ko‘rsatkichlari jinsga va yoshga qarab o‘zaro farq qilishi: yuzning morfologik kenglik ko‘rsatkichlari barcha yoshdagi qiz bolalarda yuqori, yuzning morfologik uzunlik ko‘rsatkichlari esa o‘g‘il bolalarda yuqori ekanligi aniqlangani Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 18.08.2023 yildagi 105-son hamda Yangiyo‘l tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 19.08.2023 yildagi 110-T-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: joriy qilingan tadqiqot natijalari turli yoshdagi bolalarda tish-jag‘ tizimidagi kuzatilishi mumkin bo‘lgan antropometrik o‘zgarishlar bilan kechadigan salbiy oqibatlarni erta aniqlash bolalarning o‘quv jarayoniga, hayot sifatiga salbiy ta’sirlarini oldini oladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot natijalari asosida olingan ma’lumotlar turli yoshdagi bolalarning tish-jag‘ tizimining antropometrik o‘lchamlari asosida olingan prosentillar turli xil patologiyalarda tish-jag‘ sistemasining antropometrik o‘zgarishlarini erta bosqichlarda aniqlash va bolalarda kechadigan tish-jag‘ tizimining kasalliklarini oldini olish maqsadida rejali tibbiy ko‘riklarda foydalanish orqali asoratlarni 1,6 barobar kamayishi va davolash muddatlari qisqarishi natijasida iqtisodiy samaradorlikka erishilgan. Xulosa: tish-jag‘ tizimida salbiy o‘zgarishlari bilan bog‘liq kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olish bo‘yicha tatbiq natijalari bir nafar bola hisobiga byudjet mablag‘larini 13450 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: gipotireoz holatidagi o‘g‘il va qiz bolalarning kefalometrik ko‘rsatkichlari sog‘lom bolalarning ko‘rsatkichlariga nisbatan kamroq o‘sish tempiga ega bo‘lishi, bu o‘zgarishlar ayniqsa qiz bolalarda yuzning morfologik kenglik ko‘rsatkichlari, o‘g‘il bolalarda esa morfologik uzunlik ko‘rsatkichlari bilan namoyon bo‘lishi ilmiy asoslangani Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 18.08.2023 yildagi 105-son hamda Yangiyo‘l tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 19.08.2023 yildagi 110-T-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: joriy qilingan tadqiqot natijalari turli yoshdagi bolalarda gipotireoz holatida tish-jag‘ tizimida kuzatiladigan antropometrik o‘zgarishlarni oldini olish, bolalarning jismoniy rivojlanishini va hayot sifatini yaxshilashga olib kelgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: joriy qilingan tadqiqot natijalari turli yoshdagi bolalarda tish-jag‘ tizimidagi salbiy o‘zgarishlar rivojlanayotganligini erta aniqlash shifoxonada bo‘lish kunlarini kamayishiga, tashxislashga hamda davolashga ketadigan mablag‘ni 1,2 barobar iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: gipotireoz holatidagi 7 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning tish-jag‘ tizimidagi morfometrik ko‘rsatkichlarini orqada qolishlarni bartaraf etish bir nafar bola hisobiga byudjet mablag‘larini 223805 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: turli yoshdagi sog‘lom va qalqonsimon bez gormonlari etishmovchigi kuzatilgan bolalarning tish-jag‘ tizimini antropometrik ko‘rsatkichlarining solishtirma tahlili asosida kichik yoshdagi o‘g‘il va qiz bolalarda yuvenilizatsiya belgilari, o‘rta va katta maktab yoshidagi o‘g‘il bolalarda debraxikefalizatsiya, qiz bolalarda esa gratsilizatsiya belgilari rivojlanishi ilmiy asoslangani Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 18.08.2023 yildagi 105-son hamda Yangiyo‘l tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 19.08.2023 yildagi 110-T-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: joriy qilingan tadqiqot natijalari asosida stomatolog, pediatr, endokrinolog shifokorlarga qalqonsimon bez gormonlarining etishmovchiligida kelib chiqadigan antropometrik o‘zgarishlarni oldini olish va davolash algoritmini to‘g‘ri olib borish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan tavsiyalar tish-jag‘ tizimida kelib chiqqan morfometrik o‘zgarishlar qalqonsimon bez gormonlarining etishmovchiligi natijasida bolalarda kuzatilishi mumkin bo‘lgan tish-jag‘ tizimidagi o‘zgarishlarni erta aniqlash va davolashni erta davrdayoq boshlash bir holat uchun 13450 so‘mdan 26900 so‘mgacha tejashga olib kelishi mumkin. Xulosa: gipotireoz holatidagi turli yoshdagi bolalarning tish-jag‘ tizimida kuzatiladigan o‘zgarishlarni aniqlash endokrinolog, pediatr, stomatologlarga bu patologiyani to‘g‘ri tushunish va maqsadli davolash imkonini beradi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: tajribaviy gipotireoz holatida tishda kelib chiqadigan morfologik o‘zgarishlar: tishlarning kech chiqishi, dentin kanalchalarining torayishi, sement qavatining yupqalashishi va nekroz belgilarining rivojlanishi ilmiy asoslangani Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 18.08.2023 yildagi 105-son hamda Yangiyo‘l tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 19.08.2023 yildagi 110-T-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tajribaviy gipoterioz holatida tishda kelib chiqqan morfologik o‘zgarishlar qalqonsimon bez gormonlarining etishmovchiligi natijasida bolalarda kuzatilishi mumkin bo‘lgan tishdagi salbiy o‘zgarishlarni erta tashxislash va davolashni takomillashtirish yo‘llarining samarali usullarini yaratish imkonini berish bilan izohlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan tavsiyalar qalqonsimon bez gormonlarining etishmovchiligi natijasida bolalarda kuzatilishi mumkin bo‘lgan tishdagi morfologik o‘zgarishlarni erta aniqlash va davolashni erta davrdayoq boshlashni imkonini beradi. Xulosa: gipotireoz holatidagi turli yoshdagi bolalar tishida kuzatiladigan morfologik o‘zgarishlarda emal, dentin, sementni yupqalashishi va nekroz jarayonlarini erta tashhislash natijasida byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkonini beradi.