Turdimuratova Amangul Baymuratovnaning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Differensial diagnostik intellektual qobiliyatlarni tashxislash metodikalarini moslashtirish va standartlashtirish», 19.00.01 – Psixlogiya nazariyasi va amaliyoti. Shaxs psixologiyasi. Psixologiya tarixi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/P126.
Ilmiy rahbar: Qodirov Botir Rahmankulovich, psixologiya fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Begmatov Abduladjan Seradjinovich, falsafa fanlari doktori, professor; Akramov Mirmuxsin Rustamovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston yoshlarining intellektual qobiliyatlarini tashxislash metodikalarini qayta ishlash va standartlashtirishning konseptual asoslari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
psixodiagnostik metodikalarni psixometrik tekshirish usuliga ko‘ra maktab o‘quvchilarining aqliy salohiyatining rivojlanish darajasini saralash va tabaqalashtirish uchun intellektning integral ko‘rsatkichlarini faktorli tahlil qilish natijasida “Saodxonlik”, “T-test”lari Qoraqalpog‘iston muhitiga moslashtirilgan va ma’yorlashtirilganligi aniqlangan;
intellektual qobiliyatlarni differensial diagnostika qilish uchun topshiriqlarning murakkablik darajasiga muvofiq oson so‘zlarni almashtirish, mazmunini murakkablashtirish orqali metodikani milliylashtirish muhimligi tufayli Qoraqalpoq tilida psixologik testlarni nazorat qilishning uch bosqichli algoritmi ishlab chiqilgan;
intellektning integral ko‘rsatkichlarini aniqlashda natijalarning ishonchliligi va ichki izchilligi biserial korrelyasiya koeffisenti orqali baholangan metodika yordamida aqliy salohiyatning umumiy rivojlanganlik darajasining milliy muhitda individual jihatlarini tashhislash muhimligi tufayli psixometrik talablarga javob beruvchi “T-test”ni qo‘llash mumkinligi dalillangan;
test ishlab chiqish texnologiyasining o‘zaro ta’sir xususiyatlariga ko‘ra shaxs intellektual rivojlanganlik darjasi bo‘yicha olingan natijalarning tasodifiy tanlash yordamida normal taqsimlanish qonuniga bo‘ysunishiga asoslanib, konstruktiv va kriterial validlik mezonlaridan kelib chiqib “Savodxonlik” va “T-test” metodikalarini Qoraqalpog‘iston hudidiga moslashtirishning zamonaviy talablari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Differensial diagnostik intellektual qobiliyatlarni tashxislash metodikalarini moslashtirish va standartlashtirish muammosini tadqiq etish natijasida:
psixodiagnostik metodikalarni psixometrik tekshirish usuliga ko‘ra maktab o‘quvchilarining aqliy salohiyatining rivojlanish darajasini saralash va tabaqalashtirish uchun intellektning integral ko‘rsatkichlarini faktorli tahlil qilish natijasida “Saodxonlik”, “T-test”lari Qoraqalpog‘iston muhitiga moslashtirilgan va ma’yorlashtirilganligi aniqlanganligiga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 4-dekabrdagi PM-94-son buyrug‘i bilan «Umumiy psixologiya», «Psixodiagnostika asoslari» modulllariga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 11-dekabrdagi PM-94a-son ma’lumotnomasi). Natijada intellektual qobiliyatlarni aniqlash metodikalarining nazariy holatini o‘rganish imkoniyati yaratilgan;
intellektual qobiliyatlarni differensial diagnostika qilish uchun topshiriqlarning murakkablik darajasiga muvofiq oson so‘zlarni almashtirish, mazmunini murakkablashtirish orqali metodikani milliylashtirish muhimligi tufayli Qoraqalpoq tilida psixologik testlarni nazorat qilishning uch bosqichli algaritmi ishlab chiqilganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 4-dekabrdagi PM-94-son buyrug‘i bilan «Umumiy psixologiya», «Psixodiagnostika asoslari» modulllariga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 11-dekabrdagi PM-94a-son ma’lumotnomasi). Natijada intellektual qobiliyatlarni tashhislash uchun metodikalarning validligini tekshirish imkoniyati yaratilgan;
intellektning integral ko‘rsatkichlarini aniqlashda natijalarning ishonchliligi va ichki izchilligi biserial korrelyasiya koeffisenti orqali baholangan metodika yordamida aqliy salohiyatning umumiy rivojlanganlik darajasining milliy muhitda individual jihatlarini tashhislash muhimligi tufayli psixometrik talablarga javob beruvchi “T-test”ni qo‘llash mumkinligi dalillangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 4-dekabrdagi PM-94-son buyrug‘i bilan «Umumiy psixologiya», «Psixodiagnostika asoslari» modulllariga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 11-dekabrdagi PM-94a-son ma’lumotnomasi). Natijada intellektual qobiliyatlarni tashhis qiluvchi metodikalar uchun standart yosh va jins normalarini olish, etnik jihatdan ajraluvchi guruhlar tomonidan topshiriqlar tarkibini o‘rganish samaradorligi oshgan;
test ishlab chiqish texnologiyasining o‘zaro ta’sir xususiyatlariga ko‘ra shaxs intellektual rivojlanganlik darjasi bo‘yicha olingan natijalarning tasodifiy tanlash yordamida normal taqsimlanish qonuniga bo‘y sunishiga asoslanib, konstruktiv va kriterial validlik mezonlaridan kelib chiqib “Savodxonlik” va “T-test” metodikalarini Qoraqalpog‘iston xudidiga moslashtirishning zamonaviy talablari yoritib berilgan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 4-dekabrdagi PM-94-son buyrug‘i bilan «Umumiy psixologiya», «Psixodiagnostika asoslari» modulllariga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 11-dekabrdagi PM-94a-son ma’lumotnomasi). Natijada “Savodxonlik” va “T-test” testlarining intellektual qobiliyatlarni tashhislash metodikasi ahamiyatini aniqlashga erishilgan.