Ganjiev Feruz Furqatovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Globallashuv davrida agressiv o‘smirlar jamiyatga moslashishining ijtimoiy-psixologik determinantlari», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/P121.
Ilmiy rahbar: Baratov Sharif Ramazonovich, psixologiya fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Umarali Do‘stqobilovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Fayzieva Mavluda Xudayarovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Farfieva Kamola Adxamdjanovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi globallashuv davrida agressiv o‘smirlar jamiyatga moslashishining ijtimoiy-psixologik determinantlarini aniqlash va zarur tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘smirlarda agressivlikni namoyon bo‘lishining yoshga oid dinamik xususiyatlari jismoniy, verbal tajovuz, autodestruktiv reaksiyalarni shaxs psixofizologik holati negizida ifodalashidagi gender sotsializatsiyaning differensial farqlarini mavjudligiga ko‘ra “o‘z-o‘ziga beradigan baho”, “shaxslararo munosabatlar” bilan bog‘liq xavotirlanishga identiv kechishi dalillangan;
oiladagi noadekvat munosabatlarning o‘smirlik davrida agressivlikni namoyon bo‘lishiga ta’sir natijasida ota-onaning desturiktiv, psixoemotsional holati, oiladagi kommunikativ simbiozning sustligi, sotsial konfliktlar bilan bog‘liq xulqning ustuvorligi tufayli ota-onalik roliga nisbatan ustanovka va munosabat muhim ijtimoiy omil ekanligi dalillangan;
o‘smirlardagi salbiy hissiy holatlardagi differensial farqlarga ko‘ra, maktab jamoasi va ta’lim bilan bog‘liq xavotirlanish jismoniy, shaxslararo munosabatlarda tan olinish istagini ifodalovchi bezovtalik tajovuzkorona reaksiyalarni shaxsning o‘ziga beradigan bahosiga integrativ tarzda kuchaytirganligi tufayli o‘g‘il bolalarda agressiya, qiz bolalarda autoagressiyaga moyillikning ustuvorligi asoslangan;
nizoli vaziyatlarda xulq-atvor strategiyalarini namoyon bo‘lishiga ko‘ra “egressiya”ni “moslashuv”, “boshqalarni qabul qilish”, ustunlikka erishish, xavotirlanishni boshqalarni qabul qilish, “emotsional komfort” hislari bilan salbiy hislar rakursida teskari bog‘lanishga ega ekanligi tufayli agressiya o‘smirlarning ijtimoiy-psixologik moslashuvida psixologik-disfunksional bar’er ekanligi asoslangan;
agressiv o‘smirlarni jamiyatga moslashuvida faollik, ijtimoiy qiziqish va identifikatsiya, hissiy barqarorlikni psixologik-madaniy simbioz ta’sirida adekvat shakllanishi shaxsdagi “Men” ni “Biz” ga proeksiyalanishiga olib kelganligi tufayli shaxs konstruktlarining motivatsion, kognitiv, ijtimoiy, altruistik komponentlariga korreksion-adaptiv ta’sir etishi muhimligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Globallashuv davrida agressiv o‘smirlar jamiyatga moslashishining ijtimoiy-psixologik determinantlari yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
o‘smirlarda agressivlikni namoyon bo‘lishining yoshga oid dinamik xususiyatlari jismoniy, verbal tajovuz, autodestruktiv reaksiyalarni shaxs psixofizologik holati negizida ifodalashidagi gender sotsializatsiyaning differensial farqlarini mavjudligiga ko‘ra “o‘z-o‘ziga beradigan baho”, “shaxslararo munosabatlar” bilan bog‘liq xavotirlanishga identiv kechishi dalillanganligi bilan bog‘liq xulosalardan Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 10-oktyabrdagi PM-91-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya», moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 1-noyabrdagi PM-91a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlarda agressivlikni namoyon bo‘lishining yoshga oid dinamik xususiyatlari tadqiq etish imkoniyati yaratilgan;
oiladagi noadekvat munosabatlarning o‘smirlik davrida agressivlikni namoyon bo‘lishiga ta’sir natijasida ota-onaning desturiktiv, psixoemotsional holati, oiladagi kommunikativ simbiozning sustligi, sotsial konfliktlar bilan bog‘liq xulqning ustuvorligi tufayli ota-onalik roliga nisbatan ustanovka va munosabat muhim ijtimoiy omil ekanligi dalillanganligi bilan bog‘liq xulosalardan Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 10-oktyabrdagi PM-91-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi», “Rivojlanish psixologiyasi» modullariga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 1-noyabrdagi PM-91a-son ma’lumotnomasi). Natijada oiladagi noadekvat munosabatlarning o‘smirlik davrida agressivlikni namoyon bo‘lishiga ta’sirini tahlil qilish imkoniyati yaratilgan;
o‘smirlardagi salbiy hissiy holatlardagi differensial farqlarga ko‘ra, maktab jamoasi va ta’lim bilan bog‘liq xavotirlanish jismoniy, shaxslararo munosabatlarda tan olinish istagini ifodalovchi bezovtalik tajovuzkorona reaksiyalarni shaxsning o‘ziga beradigan bahosiga integrativ tarzda kuchaytirganligi tufayli o‘g‘il bolalarda agressiya, qiz bolalarda autoagressiyaga moyillikning ustuvorligi bilan bog‘liq xulosalardan Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 10-oktyabrdagi PM-91-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 1-noyabrdagi PM-91a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlardagi agressivlikning shaxs xususiyatlariga bog‘liqligiga ko‘ra shaxslararo munosabatlarda ustuvor xarakterga ega ekanligini dalillash imkoniyati yaratilgan;
nizoli vaziyatlarda xulq-atvor strategiyalarini namoyon bo‘lishiga ko‘ra “egressiya”ni “moslashuv”, “boshqalarni qabul qilish”, ustunlikka erishish, xavotirlanishni boshqalarni qabul qilish, “emotsional komfort” hislari bilan salbiy hislar rakursida teskari bog‘lanishga ega ekanligi tufayli agressiya o‘smirlarning ijtimoiy-psixologik moslashuvida psixologik-disfunksional bar’er ekanligi asoslanganligi bilan bog‘liq xulosalardan Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 10-oktyabrdagi PM-91-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 1-noyabrdagi PM-91a-son ma’lumotnomasi). Natijada nizoli vaziyatlarda xulq-atvor strategiyalarini namoyon bo‘lishiga ko‘ra agressiv holatlarni keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlash imkoniyatlari yaratilgan;
agressiv o‘smirlarni jamiyatga moslashuvida faollik, ijtimoiy qiziqish va identifikatsiya, hissiy barqarorlikni psixologik-madaniy simbioz ta’sirida adekvat shakllanishi shaxsdagi “Men” ni “Biz” ga proeksiyalanishiga olib kelganligi tufayli shaxs konstruktlarining motivatsion, kognitiv, ijtimoiy, altruistik komponentlariga korreksion-adaptiv ta’sir etishi bilan bog‘liq xulosalardan Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 10-oktyabrdagi PM-91-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya», «Ontogenez psixologiyasi», “Rivojlanish psixologiyasi» modullariga kiritilgan(Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 1-noyabrdagi PM-91a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlardagi agressivlik holatlar dinamikasini qiyosiy tahlil qilish natijasida uni pasaytiruvchi psixotexnikalari uslubiy va mazmunan takomillashtirilgan.