Alimov Farhod Sharabidinovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ingliz tilida yozuv kompetensiyasini shakllantirish (nofilologik fakul`tetlar misolida)», 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Ped199.

Ilmiy rahbar: Mamatov Abdumurod Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston  davlat jahon tillari universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.27.01.

Rasmiy opponentlar: Teshaboeva Dilfuza Muminovna, filologiya fanlari doktori, professor;   Misirov Sohibjon Abdupattaevich, pedagogika fanlari nomzodi.

Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’lim muassasalarining nofilologik fakul`tet talabalarida ingliz tilida yozuv kompetensiyasini shakllantirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

nofilologik fakul`tet talabalarida yozuv va yozma nutq malakalari differensial yondashuv asosida mustaqil o‘qitish va baholash tizimlari  bo‘yicha aniqlashtirilgan;

ingliz tilini o‘zlashtirish va kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodik ta’minoti lingvodidaktik tahlil asosida mutaxassislik o‘quv materiallarini tizimlashtirish bo‘yicha yozma nutq kompetensiyasi takomillashtirilgan;

grammatik kompetensiya bo‘yicha yozuv bilan bog‘liq nutq-motor harakatlarini nazorat qilish, qiyinchiliklarni aniqlash, individual  topshiriqlar berish, kreativlik asosida yozma nutq malakasini shakllantirish bosqichlari ishlab chiqilgan;

kimyo-biologiya fakul`tetlari talabalarining amaliy kompetensiyasi fonetik, grammatik, leksik darajadagi tasniflar asosida yozuv texnikasi aniqlashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Oliy ta’lim muassasalarining nofilologik fakul`tetlarida ingliz tilida yozuv kompetensiyasini shakllantirish yuzasidan ishlab chiqilgan nazariy-metodologik va amaliy natijalar asosida:

ingliz tilidagi yozma nutq kompetensiyasini shakllantirishga doir takliflardan Evropa ittifoqining Tempus dasturi «TuCAHEA» loyihasi – ta’lim sohasidagi kompetensiyani yaratish dasturining o‘qitish mazmuni va maqsadini takomillashtirishda foydalanilgan (Evropa ittifoqining Tempus dasturi «TuCAHEA» loyihasi koordinatsion kengashining 2016 yil 14 noyabrdagi 02/354-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalari nofilologik fakul`tetlari talabalarining yozuv va yozma nutq kompetensiyasini shakllantirishga xizmat qilgan;

nofilologik fakul`tetlarda ingliz tilida yozuv va yozma nutq malakalarini shakllantirish usullari, vositalari, ishlab chiqilgan  mashqlar tizimidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 1 noyabrdagi  89-03-2640-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijasi bo‘lgan «Learn writing» o‘quv qo‘llanmasi nofilologik fakul`tet talabalarida yozuv va yozma nutq kompetensiyasini shakllantirishda va talabalarning ingliz tilidagi mustaqil ishlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;

talabalarning ingliz tilidagi yozma nutq kompetensiyasini shakllantirishning axborot-metodik ta’minotini ishlab chiqishda foydalanilgan (Latviya universiteti Xalqaro Kengashning 2015 yil 27 noyabrdagi AG-6016/1373-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 12 fevraldagi 87-03-310-son va Trnava universiteti Xalqaro Kengashning 2016 yil 21 apreldagi ID/318-son ma’lumotnomalari). Ushbu takliflar talabalarning ingliz tilidagi yozuv va yozma nutq kompetensiyasini umumevropa kompetensiyalariga mos ravishda o‘rganishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish