Pirimova Mehribon Asror qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ba’zi 3d-metallarining 1,3,4-oksadiazol hosilalari bilan gomo- va geterometalli kompleks birikmalari», 02.00.01 - Noorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/K171.
Ilmiy rahbar: Kadirova Shaxnoza Abduxalilovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Kadirova Zuxra Chingizovna, kimyo fanlari doktori, professor; Ibragimova Mavluda Ro‘zimetovna, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ba’zi 3d-metallarining 1,3,4-oksadiazol hosilalari bilan gomo- va geterometalli kompleks birikmalarini sintez qilish, tuzilishi va xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Co2+, Ni2+, Cu2+, Zn2+ ionlarining NH4VO3 va 1,3,4-oksadiazol hosilalari (L1-3) bilan 27 ta gomo- va 12 ta geterometalli yangi kompleks birikmalari sintez qilingan;
kvant-kimyoviy usullar yordamida L1,2 bidentat ligandlar ekanligi va komplekslarda tiol guruhining S atomi va oksadiazol halqasining N3 atomi orqali, L3 ligandi esa karboksil guruhidagi O atomlari orqali metall ionlariga bidentat koordinasiyalanish ehtimolligi aniqlangan;
ilk bor rentgen nurlari difraksiyasiga asoslangan strukturaviy tahlil usuli yordamida [Ni2V4O12(L2)4]·2H2O kompleksning kristall tuzilishi aniqlangan;
ilk bor rentgenstrukturaviy tahlil usuli yordamida [Zn(L2)2]n kompleksning tuzilishi, ichki va molekulalararo vodorod bogʻlarning ta’siri natijasida, polimer tuzilishli kompleksning [Zn-S-C-N-Zn-S-C-N] sakkiz a’zoli “kreslo” hosil qilishi va kompleksning geometriyasi siqilgan tetraedrik shaklda ekanligi isbotlangan;
ligandlarning termik barqarorligi L3˂L2˂L1 qatori bo‘yicha ortishi hamda gomometalli kompleks birikmalarning termik barqarorligi geterometalli kompleks birikmalarnikidan yuqoriligi aniqlangan;
L1 asosida yangi sintez qilingan [Cu2V4O12(L1)4]·2N2O, [Zn2V4O12(L1)4]·2N2O, [V4O12](L1+N+)4 komplekslarning antioksidantlik faolligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
1,3,4-Oksadiazol hosilalarini 3d-metallar bilan yangi biologik faol gomo- va geterometalli kompleks birikmalarining sintezi va fizik-kimyoviy hamda biologik xossalarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
[(Zn(L2)2)n] tarkibli kompleksning rentgen tuzilish tahlili natijalari Kembridj kristallografik ma'lumotlar bazasiga kiritilgan (The Cambridge Structural Database CCDC reference: 2184492, https://doi.org/10.1107/S2056989022006922). Natijada, o‘xshash yangi kimyoviy birikmalarni sintez qilish va tuzilishini tavsiflash imkonini bergan;
2-karboksimetiltio-5-fenil-1,3,4-oksadiazol va uning [Cu(L3)2(H2O)2], [Zn(L3)2(H2O)2] tarkibli metallokomplekslari “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” MChJ ning amaliyotiga joriy etishga tavsiya berilgan (“Muborak gazni qayta ishlash zavodi” MChJ ning 2021 yil 28 maydagi 403/SK-05-son ma'lumotnomasi). Natijada, metall konstruksiyasi va qurilmalarida anaerob biokorroziya jarayoniga qarshi 76-80% samara bilan biokorroziya ingibitori sifatida qo‘llashga tavsiya qilingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish