Boymanov Elyor G‘iyozovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tilining turizm terminologiyasi”, 10.00.01 - O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Fil478.
Ilmiy rahbar: Abdiev Murodqosim Bolbekovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.02.03
Rasmiy opponentlar: Jabborov Xo‘jamurod, filologiya fanlari doktori, professor; Sobirov Abdulhay Shukurovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbek tili turizm terminlarini to‘plash, so‘z/terminlarining leksik-semantik, grammatik-struktural va leksikografik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
badiiy asarlarda qo‘llangan mehmon, savdogar, karvonsaroy kabi turizm terminlarining qo‘noq, tojir, rabot singari qadimiy shakllarida ifodalangan xalqimiz tili, dini, urf-odati, yashash tarzining til mentaliteti, til ruhiyati, muloqot vositasi, til sohibi, madaniy antropologiya kabi lingvokulturologik xususiyatlari ochib berilgan;
o‘zbek tili turizm terminlarining tujjor – savdogar, satïğčï – sotuvchi, barqïn – yo‘lovchi, shorping-tur – tijorat turizmi kabi sinonimik; daromad – buromad, kirim – chiqim, arqïš - karvon singari antonimik; sanchqi, bar, langar shaklidagi omonimik hodisalari aniqlangan;
o‘zbek tili turizm terminlarining sodda, qo‘shma, juft, birikmali, qisqartma morfologik tuzilishi ziyoratgoh, sayohatchi, yo‘lovchi, buyurtma, band qilmoq kabi affiksatsiya va kompozisiya usullarida yasalishi isbotlangan;
o‘zbek tili matnlaridagi turizm terminlari qo‘llanilishini kasbga, joyga, vaqtga, mahsulotga tegishli o‘zbekcha nomlarni topish orqali milliylashtirish, turli g‘ayri tillar ta’siridan sodda, tushunarli, ishonchli, maqbul so‘zlarni qo‘llash orqali muhofaza qilish, terminni ifodalaydigan mazmunga mos kelishini aniqlash orqali tartibga solish, og‘zaki va yozma nutq me’yorlari asosida undosh d, t va unli a, o tovushlarini qulay talaffuz qilinishi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tilining turizm terminologiyasida kuzatiladigan leksik-semantik, lingvokultrologik xususiyatlar, gireronomik, graduonimik, rartonimik munosabatlar hamda ularning o‘zgaruvchan qiymat kasb etishidan olingan ilmiy-nazariy natijalar asosida:
o‘zbek tili turizm terminlarining tujjor – savdogar, satïğčï – sotuvchi, barqïn – yo‘lovchi, shorping-tur – tijorat turizmi kabi sinonimik; daromad – buromad, kirim – chiqim, arqïš - karvon singari antonimik; sanchqi, bar, langar shaklidagi omonimik hodisalari aniqlangan o‘rinlardan O‘zRFA Fundamental tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash fondi tomonidan moliyalashtirilgan “Navoiy viloyati cho‘l hududlari mahalliy aholisining muqaddas qadamjolari tarixi va ular bilan bog‘liq rivoyatlar” mavzusidagi № I J.10-18-sonli grant loyihasining bajarilishida foydalanilgan. (O‘zbekiston Resrublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy viloyati bo‘limining 2023-yil 22-maydagi 1-15/92-1-son ma’lumotnomasi). Natijada grant loyihasi ishida qo‘llanilgan turizmga oid so‘z/terminlar imlosi lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosiga ko‘ra yozilishi aniqlashtirildi va o‘zlashma so‘zlar ma’nosi izohlandi;
o‘zbek tili turizm terminlarining sodda, qo‘shma, juft, birikmali, qisqartma morfologik tuzilishi ziyoratgoh, sayohatchi, yo‘lovchi, buyurtma, band qilmoq kabi affiksatsiya va kompozisiya usullarida yasalishi isbotlangan o‘rinlardan Navoiy viloyati turizm salohiyatini oshirishda, ya’ni muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, qadimiy yodgorliklar va ular tarkibida faol qo‘llanuvchi so‘z/terminlarni o‘rganishda foydalanilgan (O‘zbekiston Resrublikasi Madaniyat va turizm vazirligining 2023-yil 26-maydagi 05-12-15-3551-son ma’lumotnomasi). Natijada Navoiy viloyati hududida joylashgan turizm manzillari, ularga doir so‘z/terminlar haqidagi ma’lumotlar yanada aniqlashtirildi hamda turizm sohasi ishtirokchilariga yaqindan yordam berdi;
badiiy asarlarda qo‘llangan mehmon, savdogar, karvonsaroy kabi turizm terminlarining qo‘noq, tojir, rabot singari qadimiy shakllarida ifodalangan xalqimiz tili, dini, urf-odati, yashash tarzining til mentaliteti, til ruhiyati, muloqot vositasi, til sohibi, madaniy antropologiya kabi lingvokulturologik xususiyatlari ochib berilgan o‘rinlardan Yozuvchilar uyushmasi ish faoliyatida, mumtoz va hozirgi zamon adiblari asarlarida qo‘llangan sayyohlik hamda turizmga doir soha so‘z/terminlarning izohida, matnlarda uchraydigan o‘ziga xosliklarning mazmun-mohiyatini ochib berishda, terminlarning qo‘llanishi va imlosidagi bir xillikni ta’minlashga foydalanilgan. (O‘zbekiston Resrublikasi Yozuvchilar uyushmasi Navoiy bo‘limining 2023-yil 18-maydagi 37-son ma’lumotnomasi). Natijada kitobxonlarning badiiy matnda uchraydigan sohaga doir so‘z/terminlar ma’no hamda izohini tushunishlari uchun birmuncha qulayliklar yaratildi;
o‘zbek tili matnlaridagi turizm terminlari qo‘llanilishini kasbga, joyga, vaqtga, mahsulotga tegishli o‘zbekcha nomlarni topish orqali milliylashtirish, turli g‘ayri tillar ta’siridan sodda, tushunarli, ishonchli, maqbul so‘zlarni qo‘llash orqali muhofaza qilish, terminni ifodalaydigan mazmunga mos kelishini aniqlash orqali tartibga solish, og‘zaki va yozma nutq me’yorlari asosida undosh d, t va unli a, o tovushlarini qulay talaffuz qilinishi xususiyatlaridan O‘zbekiston Resrublikasi Milliy teleradiokomraniyasi Navoiy viloyati teleradiokomraniyasining “Til–millat ko‘zgusi”, “Moziyga nazar” teleko‘rsatuvlari hamda “Dolzarb mavzu”, “Munosabat” radioeshittirishlarini efirga uzatishda foydalanilgan (Navoiy viloyat teleradiokomraniyasining 2021-yil 15-dekabrdagi 01-02/197-son ma’lumotnomasi) Natijada efirga uzatilgan ko‘rsatuv va eshittirishlarning dolzarbligi ta’minlangan.