Akbarova Shaxlo Ganievnaning    
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Hozirgi o‘zbek nasrida A.Kamyu resepsiyasi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fil2229.
Ilmiy rahbar: Qosimov Abdug‘apir Abdukarimovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01.
Rasmiy opponentlar: Yaqubov Jamoldin Abduvalievich, filologiya fanlari doktori, professor; Qobilova  Zebo  Bakirovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hozirgi o‘zbek nasri, jumladan, hikoyachilik, qissachilik va romanchilikdagi A.Kamyu asarlari resepsiyasi, ta’sir ko‘lami hamda talqin imkoniyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
badiiy resepsiyaning samarali-ijodiy (produktiv), reproduktiv, ilmiy, siyosiy va  mafkuraviy resepsiya singari tarkibiy paradigmalari qatoriga resepsiya kuzatiladigan adabiyotdagi milliy o‘ziga xosliklar ta’siridan kelib chiqadigan “milliy resepsiya” paradigmasini kiritish zarurati asoslangan;
A.Kamyu targ‘ib etgan g‘oyalar o‘zbek yozuvchilari asarlarida tranformatsiyalashgan, milliy kolorit bilan to‘yintirilgan tarzda namoyon bo‘layotgani  asoslab berilgan;
X.Do‘stmuhammadning “Alam”, “Mirkomilboyning qazo bo‘lgan namozi”,  “O‘n birinchi eshik” hikoyalari va “Donishmand Sizif” romani hamda  N.Eshonqulning  “Tobut”   hikoyasi  asosida A.Kamyu ijodining o‘zbek nasridagi  resepsiyasi (talqini) ochib berilgan;
“Begona” (L’Étranger) qissasining Ahmad A’zam tarjima varianti asosida asar g‘oyaviy mazmunida muhim ahamiyat kasb etgan so‘z va iboralarning o‘zbek tiliga qilingan tarjimalari natijasida frazeologik birliklar, realiyalar (xos so‘zlar), tarjima tilida noadekvat berilishi, tushirib qoldirilishi yoki ruscha transliterasiyalar orqali ifodalanganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hozirgi o‘zbek nasrida A.Kamyu resepsiyasini  o‘rganish, tahlil va talqin qilish  jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
A.Kamyu targ‘ib etgan g‘oyalar o‘zbek yozuvchilari asarlarida tranformatsiyalashgan, milliy kolorit bilan to‘yintirilgan tarzda namoyon bo‘layotganligiga oid ma’lumotlar bilan bog‘liq taklif-tavsiyalar, xulosalar va ilmiy yangiliklaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Adabiy jarayon”, “Jahon adabiyoti”, “Ta’lim va taraqqiyot” dasturlarini samarali tashkil etishda, ularning dastur va ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 7-iyundagi 04-36-906-son ma’lumotnomasi). Ko‘rsatuvlardagi adabiy-ilmiy materiallar fransuz adabiyotining o‘zbek adabiyotiga, xususan Alber Kamyu ijodining zamonaviy adabiy jarayonga ta’siri to‘g‘risidagi tasavvurlarni kengaytirishga muhim manba bo‘lib xizmat qilgan. Natijalarining bayoni ko‘rsatuvlarning mazmunli tayyorlanishiga, ta’limiy, tarbiyaviy ahamiyatini oshishiga xizmat qilgan;
X.Do‘stmuhammadning “Alam”, “Mirkomilboyning qazo bo‘lgan namozi”, “O‘n birinchi eshik” hikoyalari va “Donishmand Sizif” romani hamda N.Eshonqulning “Tobut” hikoyasi tahlili asosida A.Kamyu ijodining o‘zbek nasridagi resepsiyasi muammolarini ilmiy tadqiq qilish yuzasidan berilgan takliflar va tahlil natijalari O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasining Adabiy tanqid va adabiyotshunoslik kengashi faoliyatida qo‘llanilgan hamda o‘zbek va fransuz adabiyoti o‘rtasidagi aloqalar, o‘zaro ta’sir va bir-birini boyitish jarayonlariga oid ma’lumotlardan uyushma tomonidan o‘tkazilgan tadbirlarda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi 2023-yil 19-iyundagi 01-03/793-son ma’lumotnomasi). Natijalar hozirgi kunda sharqshunoslik sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan fransuz olimlari, tarjimonlari hamda tadqiqotchilari bilan O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi o‘rtasida ijodiy hamkorlik o‘rnatishga xizmat qilgan;
“Begona” (“L’Étranger”) qissasining Ahmad A’zam tarjima varianti asosida asar g‘oyaviy mazmunida muhim ahamiyat kasb etgan so‘z va iboralarni o‘zbek tiliga o‘girishdagi yutuq va kamchiliklar, ya’ni qissasining rus va o‘zbek tilllaridagi tarjimalarining qiyosiy tahlillari natijalaridan 2020-2021-yillar “O‘zbekiston milliy raqs sanʼatini targ‘ib etishga bag‘ishlangan veb-sayt va multimedia mahsulotlari (elektron lug‘atlar) to‘plamini yaratish” mavzusidagi IZ-2019081663 raqamli fundamental loyihani bajarishda hamda o‘zbek milliy raqs sanʼati terminlarining qisqacha o‘zbekcha-ruscha-inglizcha-fransuzcha izohli lug‘ati”ni yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2023-yil 15-iyundagi 1/04-59-son ma’lumotnomasi). Natijada raqs sanʼatiga oid fransuz tilidagi so‘zlar va ularning muqobilini aniqlash va to‘g‘ri tanlashga doir ilmiy-nazariy qarashlarning mukammallashishiga asos bo‘lgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish