Ungalov Akmal Navruzovich
falsafa doktori  (PhD) dissertatsiyasi himoya haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Iqlim o‘zgarishining Chirchiq daryosi oqimi va atrof-muhitga potensial ta’sirini modellashtirish”, 11.00.05 – Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy rusurslardan oqilona foydalanish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Gr295.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
G‘afforov Husen Shirinovich, texnika fanlari falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti hamda Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutlari.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.18/30.11.2022.T.153.01 raqamli Ilmiy Kengash.
Rasmiy opponentlar: Erkabaev Furqat Ilyasovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Juliev Muxiddin Komilovich, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot – Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Iqlim o‘zgarishi sharoitida Chirchiq daryosi oqimining atrof-muhitga bo‘lgan ta’sirini baholashda global iqlim modellarni moslashtirish va kelajak uchun modellashtirish iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Geo-axborot texnologiyalaridan foydalangan holda, ko‘p spektrli sun’iy yo‘ldosh tasvir sensorlari yordamida iqlim o'zgarishining atrof-muhitga ta’sirini bashorat qilish usullari ishlab chiqilgan;
Iqlim o‘zgarishining ekologiya va atrof-muhitga bo‘lgan ta’sirini hisobga olgan holda Chirchiq daryosi havzasida erdan foydalanish va er qoplamidagi o‘zgarishlar bashorat qilingan;
Iqlim parametrlarining o‘zgarishiga qarab suv sathi dinamikasining
atrof-muhitga ta’sirini hisoblash usullari takomillashtirilgan;
Tuproq eroziyasining atrof-muhitga ta’sirini baholashda global iqlim modellaridan foydalangan holda eroziyani bashorat qilish usullari ishlab chiqilgan;
Mintaqa iqlimi uchun yuqori korrelatsiya koeffisientiga ega 5 ta global iqlim modellari: ACCESS1-3; bcc-csm1-1-m; CanESM2; CSIRO-Mk3-6-0; GISS-E2-R verifikatsiyalangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Iqlim o‘zgarishining Chirchiq daryosi oqimi va atrof-muhitga potensial taʼsirini modellashtirish hamda atrof-muhitga bo‘lgan salbiy ta’sirlarni kamaytirish bundan tashqari tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Suv resurslarini optimal va operativ boshqarish usullari Sirdaryo havzasi suv xo‘jaligi birlashmasi tomonidan iqlim o‘zgarishi sharoitida olingan ilmiy natijalar Chiqchiq daryosi havzasida joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2023-yil25-maydagi BP27857800-sonli ma’lumotnomasi). Natijada iqlim o‘zgarishi sharoitida suv taqchilligi, qurg‘oqchilik va atrof-muhitni himoya qilishda tezkor chora-tadbirlar ishlab chiqishga imkon yaratilgan.
 Geo-axborot texnologiyalaridan foydalangan holda, ko‘p spektrli sun’iy yo‘ldosh tasvir sensorlari yordamida iqlim o‘zgarishining atrof-muhitga ta’sirini bashorat qilish usullari Chirchiq daryosi havzasi uchun ishlab chiqilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 25-maydagi BP27857800-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu usulni joriy qilish orqali tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga erishilgan.
Statistik, MODSNOW, SWAT, LCM kabi interfeysli modellar jamlanmasidan iborat tezkor qarorlar qabul qilish imkonini beruvchi, fazo va makon bo‘ylab taqsimlangan maʼlumotlar asosida iqlim o‘zgarishi sharoitida daryo havzalarida oqimining atrof-muhitga bo‘lgan ta’sirini baholashga imkon yaratuvchi ma’lumotlar bazasi ishlab chiqilgan. Ushbu ishlab chiqilgan hisoblash usuli va ma’lumotlar bazasi uchun Intellektual mulk agentligidan guvohnoma olingan (DGU 25590). Natijada iqlim o‘zgarishi kontekstida oqim o‘zgarishining atrof-muhitga bo‘lgan salbiy ta’sirini tezkor hisoblash hamda bartaraf etilishiga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish