Yusupov Umidbek Boltaevich
texnika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Karer sharoitida avtomobil shinalari resursini prognoz qilish metodologiyasi”, 05.08.06 – “G‘ildirakli va gusenisali mashinalar va ularni ishlatish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/T599.
Ilmiy maslahatchi: Muxitdinov Akmal Anvarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.03 raqamli ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Bazarov Baxtiyor Imamovich, texnika fanlari doktori, professor; Irgashev Amirkul, texnika fanlari doktori, professor; Sharipov Kongratbay Avezimbetovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi. Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi karer sharoitida ekspluatatsiya qilinayotgan avtotransportlar shinalari resursini prognoz qilish metodologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
karer sharoitida katta o‘lchamli shinalar resursiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar (tashish masofasining o‘rtacha qiyaligi  va transport vositalarining harakat rejimi)ni baholash uslubi V-Box  uskunasida o‘lchash usuli orqali takomillashtirilgan;
O‘zbekistonning keskin kontinental iqlim sharoitida, turli fasllarda o‘tkazilgan sinov natijalari asosida, atrof muhit temperaturasining texnologik transportlar shina protektorining eyilish jadalligiga ta’sirini baholash uslubi ishlab chiqilgan;
texnologik transportlar tashish masofasidagi o‘rtacha qiyalikning katta o‘lchamli shinalar resursiga ta’sirini baholovchi tuzatish koeffisientlari ishlab chiqilgan;
M.Protodyakonov shkalasi bo‘yicha, qattiqlik darajasi turlicha bo‘lgan karerlarda o‘tkazilgan sinov natijalari asosida, karer yo‘llariga yotqizilgan porodaning qattiqlik darajasini texnologik va yordamchi transportlar shinalari resursiga ta’sirini baholovchi tuzatish koeffisientlari ishlab chiqilgan;
katta o‘lchamli shinalarning haqiqiy TKVCh (tonno-kilometr soatiga) ko‘rsatkichini nominal TKVChga nisbatan o‘zgargan qiymatiga mos shinalar resursini tuzatish koeffisientlari ishlab chiqilgan;
o‘rtacha og‘irlikdagi karer sharoitida tashish masofasining o‘rtacha qiyaligiga va karer yo‘llari asosini tashkil qilgan tog‘ porodasi qattiqlik darajasiga bog‘liq tuzatish koeffisientlariga asoslanib, katta o‘lchamli shinalarning me’yoriy yurish masofasini aniqlashning hisob uslubi ishlab chiqilgan;
karer sharoitida shinalar resursiga ta’sir qiluvchi asosiy omillarga ko‘ra, texnologik va yordamchi transportlar shinalarining resursini prognoz qilish uslublari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Karer sharoitida avtomobil shinalari resursini prognoz qilish metodologiyasini ishlab chiqishda olingan natijalarga asoslanib, quyidagilar joriy qilingan:
karer sharoitida tashish masofasining o‘rtacha bo‘ylama qiyaligini texnologik transportlarning katta o‘lchamli shinalari resursiga ta’sirini baholovchi tuzatish koeffisientlari “Navoiy KMK” AJga joriy etilgan (“Navoiy KMK” AJning 2023 yil 29 sentyabrdagi №02-05-01/05/8814-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu tuzatish  koeffisientlari, tashish masofasidagi o‘rtacha qiyalikning har qanday qiymatida karer samosvallari shina resursini baholash imkonini bergan;
karer yo‘llari asosini tashkil etgan, tog‘ porodasining qattiqlik darajasining texnologik transportlar shina resursiga ta’sirini baholovchi tuzatish koeffisientlari “Navoiy KMK” AJga joriy qilingan (“Navoiy KMK” AJning 2023 yil 29 sentyabrdagi №02-05-01/05/8814-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu tuzatish koeffisientlari, karer yo‘llariga yotqizilgan tog‘ porodasi qattiqligining har qanday qiymatida katta o‘lchamli shinalar resursini baholash imkonini bergan;
karer yo‘llari asosini tashkil qiluvchi tog‘ porodasi qattiqligiga bog‘liq bo‘lgan, yordamchi transportlar shinalarining yurish masofasini tuzatish koeffisientlari “Navoiy KMK” AJga joriy qilingan (“Navoiy KMK” AJning 2023 yil 29 sentyabrdagi №02-05-01/05/8814-son ma’lumotnomasi). Natijada, shinalar yurish masofasini tuzatish koeffisientlari O‘zbekistondagi barcha karerlarda yordamchi transport sifatida ishlatilayotgan ITV shinalari resursini prognoz qilish imkonini bergan;
karer sharoitida ekspluatatsiya qilinayotgan texnologik transportlar shinalari resursini prognoz qilishning matematik modeli “Navoiy KMK”  joriy qilingan (“Navoiy KMK” AJning 2023 yil 29 sentyabrdagi №02-05-01/05/8814-son ma’lumotnomasi). Natijada, Muruntau karerida texnologik transport sifatida ekspluatatsiya qilinayotgan CAT 793D avtosamosvallarida 40.00R57 o‘lchamli shinalar resursi 8% ga oshgan;
karer sharoitida shinalar resursiga ta’sir qiluvchi asosiy omillarga ko‘ra yordamchi transportlar shinalari resursini prognoz qilish uslubi “Navoiy KMK” AJda joriy qilingan (“Navoiy KMK” AJning 2023 yil 29 sentyabrdagi №02-05-01/05/8814-son ma’lumotnomasi). Natijada, yordamchi transport sifatida foydalanilayotgan ITVlari uchun, shina o‘lchami 12.00R24 bo‘lgan bitta MAN 40.400 samosvali misolida, yillik iqtisodiy samara 8000000 so‘mni tashkil qilgan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish