Raxmonov Azimjon Sattorovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Tog‘dan o‘tuvchi avtomobil yo‘llarida falokatli holatlarda transport vositalarining harakat xavfsizligini oshirish (Qamchiq dovoni misolida)”, 05.08.06 – “G‘ildirakli va gusenisali mashinalar va ularni ishlatish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3382.
Ilmiy rahbar: Fayzullaev Erkin Zikrullaevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.03 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Bazarov Baxtiyor Imamovich, texnika fanlari doktori, professor; Muxitdinov Nuriddin Fatxiddinovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi. Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tog‘dan o’tuvchi avtomobil yo’llarida falokatli holatlarda transport vositalarining harakat xavfsizligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
g‘ildirakning g‘ildirashga qarshilik koeffisientini avtomobil massasi va tezligiga empirik bog‘liqligi asosida avtomobil harakatiga qarshilik yo‘lagining uzunligini aniqlash usuli ishlab chiqilgan;
avtomobilning davomli qiyaliklarda harakatlanishida falokat (avariya) holatlarida xavfsiz to‘xtatish yo‘lakchalarining oʻrnatilish oraliq masofasini aniqlash uslubi avtomobilning nishablikda harakatlanish matematik modeli orqali takomillashtirilgan;
avtomobillarning falokatli harakatlanish holatlarida kinetik energiyasini so‘ndiruvchi qarshilik yo‘lagi parametrlari asoslash usuli ishlab chiqilgan;
turli ob-havo sharoitlari uchun xavfli yoʻl uchastkalarida avtomobil tezligining chegaraviy qiymatini aniqlash uslubi yo‘lning bo‘ylama nishabligini hisobga oluvchi koeffisientlarini tanlash usuli orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tog‘dan o‘tuvchi avtomobil yo‘llarida falokatli holatlarda transport vositalarining harakat xavfsizligini oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
avtomobilning davomli qiyaliklarda harakatlanishida falokat (avariya) holatlarida xavfsiz to‘xtatish yo‘lakchalarining oʻrnatilish oraliq masofasini aniqlash uslubi “Qamchiqavtoyo’l” ixtisoslashtirilgan yo’llardan foydalanish unitar korxonasida joriy etilgan (Transport vazirligining 2023 yil 17 fevraldagi №2/970-sonli ma’lumotnomasi). Natijada davomli qiyaliklarda yo’lning nishabligi 5–12 % bo’lganida xavfsiz to‘xtatish yo‘lakchalarining o’rnatilish oraliq masofasi 250–800 metr oralig‘ida o’zgarishi aniqlangan;
avtomobillarning falokatli harakatlanish holatlarida kinetik energiyasini so‘ndiruvchi qarshilik yo‘lagi parametrlari “Qamchiqavtoyo‘l” ixtisoslashtirilgan yo‘llardan foydalanish unitar korxonasida joriy etilgan (Transport vazirligining 2023 yil 17 fevraldagi №2/970-sonli ma’lumotnomasi). Natijada transport vositasining xavfsiz to‘xtatish yo‘lakchalariga kirishdagi oniy tezligi 60–130 km/soat boʻlganida xavfsiz to‘xtatish yo‘lakchalarining qiyaligi 10%–17% ga o’zgarganda uning uzunligi 80–250 metrgacha oʻzgarishi aniqlangan;
g‘ildirakning g‘ildirashga qarshilik koeffisientini avtomobil massasi va tezligiga empirik bog‘liqligi asosida avtomobil harakatiga qarshilik yo‘lagining uzunligi qiymatlari “Qamchiqavtoyo‘l” ixtisoslashtirilgan yo‘llardan foydalanish unitar korxonasida joriy etilgan (Transport vazirligining 2023 yil 17 fevraldagi №2/970-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mavjud avtomobil harakatiga qarshilik yo‘lagining uzunligini 3–4 barobarga kamaytirish va bitta falokatli holat uchun kirish yo‘lini qurishga ketadigan xarajatlarni o‘rtacha 59 493 950 so‘mga qisqartirish imkonini beradi;
turli ob-havo sharoitlari uchun xavfli yoʻl uchastkalarida avtomobil tezligining chegaraviy qiymatini aniqlash uslubi “Qamchiqavtoyo‘l” ixtisoslashtirilgan yo‘llardan foydalanish unitar korxonasida joriy etilgan (Transport vazirligining 2023 yil 17 fevraldagi №2/970-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Qamchiq dovonidagi xavfli uchastkalarda xavfsiz harakatlanish tezligini ta’minlash va tezligi bilan bog‘liq bo’lgan yo’l-transport hodisalarini 30% ga kamaytirish imkonini bergan.