Burxev Farxod Zabxievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Og‘ir piroliz moyidan polisiklik birikmalar va ularning biologik faol hosilalarini olish», 02.00.10 – Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/K635.
Ilmiy rahbar: Qo‘shiev Habibjon Hojiboboevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.K.05.01.
Rasmiy opponentlar: Matchanov Alimjan Davletbaevich, kimyo fanlari doktori, professor; Nishonov Mirkozimjon Fozilovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: og‘ir piroliz moyidan inden hamda naftalin polisiklik birikmalarini ajratish va ularning qishloq xo‘jaligi o‘simliklarini o‘sish-rivojlanihini avjlantiruvchi hamda zararkunandalarga qarshi ta’sir etuvchi hosilalarini olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tabiiy gazni qayta ishlash asosida hosil bo‘ladigan og‘ir piroliz moyi tarkibidan polisiklik birikmalar - inden (C9H8) va naftalin (C10H8) deflegmatsiya usulida termik haydash orqali ajratib olingan hamda IQ-Fure spektrlari asosida miqdoriy va aralashmadagi foiz ko‘rsatkichlari YuSSXda aniqlangan.
ajratib olingan indenning metil-, etil-, propil-, izopropil-, butil- efirari hamda ularning xlorli hosilalari olinib, IQ-Fure spektrlari va mass detekterli gaz xromatografiyasida olingan spektrlariga ko‘ra molekulyar massasini aniqlash asosida isbotlangan;
inden hosilalarining antiatsetilxolinesteraza faolligini tadqiq qilish asosida o‘rgamchakkana va brazovka qo‘ng‘izlariga (Oxythyrea cinctella) qarshi fiziologik faollik ko‘rsatkichlari aniqlangan;
Inden–1ning karbon kislota bilan efiri hamda xlorli hosilasi (1,2–dixlorinden) asosida “HFT-Inden” preparati yaratilgan;
yaratilgan “HFT-Inden” preparatining biologik faolligi hamda samaradorlik ko‘rsatkichlari laboratoriya va dala sharoitida Abomektin va tarkibida permetrin bo‘lgan Coral kommersial preparatlar bilan solishtirilgan holda aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Piroliz moyidan ajratib olingan inden va indenni modifikatsiyalashda ularning biologik faolliklari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
indenning karbon kislota bilan efiri hamda xlorli hosilasi (1,2–dixlorinden) asosida yaratilgan “HFT-Inden” preparati O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Zoologiya instituti huzuridagi Respublika termitlarga qarshi kurash markazida hamda Sirdaryo viloyatining Boyovut tumani paxta maydonlarida g‘o‘za nihollarini o‘rgimchakkanalardan saqlab qolishda tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligini 2023 yil 20 fevraldagi 07/05-714-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘rgimchakkanalar bilan zararlangan dala maydonlarida zararkunandalarning sezilarli darajada kamayishi natijasida o‘simliklarning zararlanishining oldini olishga imkonini bergan;
indenning murakkab efiri va xlorli hosilasi asosida tayyorlangan “Inden-1” preparati Sirdaryo viloyati Boyovut tumanidagi Don va dukkakli donli ekinlar ilmiy tadqiqot instituti Sirdaryo IS dala tajriba maydoni va “Allayor ota avlodlari” fermer xo‘jaligida tarqalgan o‘rgimchakkanalarga qarshi qo‘llanilgan (O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashining 2022 yil 27 dekabrdagi 01/03-3421-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, g‘o‘za nihollarini o‘rgamchakkananing zararlashidan saqlab qolish asosida gektariga 5,6 sentr qo‘shimcha hosil olish imkonini bergan.