Barakaeva Dildora Baxriddin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston florasidagi Ferula tadshikorum o‘simligi smolasining kimyoviy tarkibi va biologik faolligi», 02.00.10 – Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/K674.
Ilmiy rahbar: Mukarramov Nuridin Isomidinovich, kimyo fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.K.05.01.
Rasmiy opponentlar: Abdulladjanova Nodira Gulomjanovna, kimyo fanlari doktori, professor; Nishonov Mirkozimjon, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: respublikamizning janubiy tog‘ va tog‘oldi hududlarida uchraydigan Ferula tadshikorum o‘simligi ildizi smolasining kimyoviy tarkibi va biologik faolligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ferula tadshikorum smolasi tarkibidagi engil uchuvchan birikmalarining xromato-mass tahlili yordamida o‘rganilishi natijasida 43 ta birikmalarning mavjudligi aniqlangan;
smola tarkibidan ferul kislotasi (3-metoksi-4-gidrooksisinamik kislota), bis(2-etilgeksil)ftalatning 7 ta izomeri (o-ftal kislotaning murakkab efirlari) ajratib olindi va tuzilishi RTT, spektroskopik va xromatografik usullar yordamida isbotlangan;
induktiv bog‘langan argon plazmali mass-spektrometriya usuli yordamida Ferula tadshikorum ildizi smolasining element tarkibini o‘rganish natijasida smola tarkibidan 36 ta makro- va mikroelement aniqlangan;
Ferula tadshikorum ildizi smolasi tarkibidagi uglevodlar, oqsillar, vitaminlar sifat va miqdor jihatdan aniqlangan, smola tarkibidan ajratib olingan ferul kislotasining tuzilishi RTT usuli yordamida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ferula tadshikorum o‘simligi ildizi smolasining kimyoviy tarkibi va biologik faolligini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Ferula tadshikorum ildizi smolasidan olingan “Tojik kovragi shirasining quyuq ekstrakti” va “Tojik kovragi ildizi shirasi” ozuqaga biologik faol qo‘shimcha uchun texnikaviy shartlar O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan tasdiqlangan (S 03535440-054:2023; S 03535440-056:2023). Mazkur texnikaviy shartlar mahsulotning sifati va texnologik jarayonini nazorat qilish imkonini bergan;
Ferula tadshikorum ildizi smolasi kimyoviy tarkibi va biologik faolligini o‘rganish natijasida ajratib olingan ikkilamchi metabolitlardan va tadqiqot doirasida foydalanilgan usullardan №IZ-202002191 “O‘zbekiston florasi o‘simliklarining terpenoidlari asosida yangi dori vositalarini (antiparazitar, ginekologik va yallig‘lanishga qarshi) yaratish va texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihada dorivor o‘simliklar tarkibidan yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi va yuqori samarali yupqa qatlamli xromatografiya usullari yordamida ikkilamchi metabolitlarni sifat va miqdor jihatidan aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2023 yil 19 iyundagi 4/1255-1312-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kelajakda tibbiyotda ekologik xavfsiz biologik faol qo‘shimcha yaratishga asos bo‘lib xizmat qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish