Zokirova Muborakxon Bobir qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yurak ishemik kasalligi mavjud bemorlarda endogen fibrinoliz omillarini klinik-diagnostik ahamiyati» 14.00.06 – Kardiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tib3763.
Ilmiy rahbar: Nurillaeva Nargiza Muxtarxanovna, tibbyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsataetgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.64.01.
Rasmiy opponentlar: Tulaboeva Gavxar Mirakbarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kurbanov Abduqodir Kenjaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: YuIK (stabil zo‘riqish stenokardiyasi) mavjud bemorlarda qon-tomir trombotsitar gemostaz va endogen fibrinolizning yetakchi omillarining (trombin faollashtirgan fibrinoliz ingibitori (TAFI)) diagnostik ahamiyatini baxolash va ularni o‘zaro bog‘liqligini aniqlagan xolda davolash dasturini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor YuIK stabil stenokardiya mavjud bemorlarning plazmasida TAFI oksilini miqdori amaliy sog‘lomlarga nisbatan yuqoriligi va shu bilan birga protein S va trombomodulinlarning plazmada oshishi bevosita kasallikning og‘ir kechishi bilan bog‘liqlik aniqlangan;
ilk bor TAFI oqsilini oshishi va XO, shu jumladan semizlik va giperxolesterinemiya, gipodinamiya o‘rtasida bog‘liqlik aniklangan;
TAFI oksilini toj tomirlarni aterosklerotik zararlanishiga giperkoagulyasiya va yallig‘lanish tizimini faollashtirish orqali ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan;
YuIK stabil zo‘riqish stenokardiyasi mavjud bemorlarda TAFI oksilining miqdorini oshishi kasallikning tashxislashda diagnostik ahamiyati aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Toshkent Tibbiyot akademiyasining ekspert kengashining 2024-yil 26-fevral` №02/078-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor YuIK mavjud bemorlarning plazmasida TAFI oksilini miqdori amaliy sog‘lomlarga nisbatan yuqoriligi aniqlangan, shu bilan birga stabil zo‘riqish stenokardiyaning funksional sinfi qanchalik yuqori bo‘lsa ushbu qo‘rsatkichlar miqdori ham yuqori bo‘lishi va bu bevosita kasallikni og‘ir kechishi bilan bog‘liqligi tasdiqlangan.
Ilmiy yangilikning ahamiyati: qonda standart koagulogramma tekshiruvi ko‘rsatkichlari, trombotsitlar soni, trombotsitlar agregatsiyasi ko‘rsatkichlarida salbiy o‘zgarishlar kuzatilganda TAFI oqsilining miqdori nazorat qilinishi tavsiya etiladi;
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent shaxar Olmazor tumani Toshkent tibbiet akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasiga 20.09.2023-yildagi 102-sonli buyruq, hamda Toshkent shaxri Shayxontoxur tumani 40-son oilaviy poliklinikaga 20.09.2023-yildagi 121-buyruq joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi surunkali YuIKga chalingan, ammo bemorda o‘tkir holatlar kuzatilmaganida ham, ulardagi fibrinolitik tizimdagi buzilishlar orqali kasallikni yanada avjlanishi va asoratlanishini erta aniqlash imkonini beradi. Bu esa jamiyatdagi YuIK chalingan bemorlarning turmush tarzi va hayot sifatini yaxshilanishiga olib kelgan. Bu holat masalaning ijtimoiy ahamiyatini ta’minlaydi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat:
bemorlarning hayotiga xavf soluvchi, erta nogironlik va o‘limga olib keluvchi yurak qon-tomir kasalliklarida asoratlarning, qo‘shimcha koagulogramma laborator tekshiruvi uchun ehtiyojning kamayishiga olib keladi, bu esa xar sarflanadigan o‘rta hisobda 110 000 so‘mni tejash imkonini berdi. Bu sohada mehnatga layoqatsizlik, nogironlik va davolashga qaratilgan chora-tadbirlarga bo‘lgan talabni kamayishiga olib kelishi hisobiga iqtisod qilishga erishilgan.
Xulosa: olingan natijalarga qo‘ra semizlik va giperxolesterinemiya mavjud bo‘lgan bemorlarda koagulogramma tekshiruvi normal ko‘rsatkichlarni ko‘rsatsa ham, bemorlarga TAFI oqsilini baholash, kasallikni avjlanishi, asoratlanishini oldini olish, bemorlarning kasalxonaga qayta gospitalizatsiya sonini va kunini hamda davolash uchun ketadigan xarajatlarni kamaytirish orqali iqtisodiy samara beradi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Surunkali yurak ishemik kasalligida endogen fibrinoliz omilini baxolash» mavzusidagi ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2023-yil 4-avgustdagi 09-06323-sonli xati yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: TAFI oqsili semizlik, giperxolesterinemiya, gipodinamiya, HDS, AG va chekish kabi xavf omillari mavjud bemorlarda plazmasidagi TAFI oqsili miqdori yuqoriligi aniqlangan. TAFI oqsilining yuqoriligi bo‘yicha keyingi o‘rinlarni giperxolesterinemiya va gipodinamiya kabi XO yakka holda uchragan bemorlar yetakchilik qilgan.
Ilmiy yangilikning ahamiyati: YuIK SZS chalingan bemorlarda semizlik, XDS, gipodinamiya, giperxolesterinemiya mavjud bemorlarda TAFI oqsili nisbatan yuqoriligiga tayangan xolda ushbu XO bilan nomedikamentoz davolashga xam urg‘u berish tavsiya etiladi;
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent shaxar Olmazor tumani Toshkent tibbiet akademiyasining ko‘p tarmoqkli klinikasiga 20.09.2023-yildagi 102-sonli buyruq hamda Toshkent shaxri Shayxontoxur tumani 40-son oilaviy poliklinikaga 20.09.2023-yildagi 121-buyruq joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi semizlik va giperxolesterinemiya mavjud bo‘lgan bemorlarda koagulogramma tekshiruvi normal ko‘rsatkichlarini ko‘rsatgan holatda ham bemorlarga TAFI oqsilini baholash tavsiya etiladi;
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi YuIK mavjud bemorlarda standart davolash kursi bilan birgalikda xavf omillarni bartaraf etish, sog‘lom ovkatlanish, jismoniy faol bo‘lish va TAFI oqsilini baxolash natijasida bemorlarning lipid almashinuvini me’yoriy ko‘rsatkichlarga yaqinlashishiga va qon tomir ateroskleroz kasalligini bartaraf etilishiga sabab bo‘lib, bemorlarda qo‘shimcha gipolipidemik dori vositalarga har oyda sarflanadigan 115 000 so‘mni tejash imkonini beradi.
Xulosa: olingan natijalarga ko‘ra semizlik, gipodinamiya va giperxolesterinemiya bemorlarimizda XO bartaraf etish bilan birga TAFI oqsilini erta baholash kasallikni avjlanishi, asoratlanishini oldini olish, bemorlarning kasalxonaga qayta gospitalizatsiya sonini va kunini, hamda davolash uchun ketadigan xarajatlarni kamaytirish orqali iqtisodiy samara beradi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Surunkali yurak ishemik kasalligida endogen fibrinoliz omilini baxolash» mavzusidagi ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2023-yil 4-avgustdagi 09-06323-sonli xati yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: Plazmasida TAFI oqsili bilan uch va undan ko‘p koronar tomirlar zararlanishlari aniklangan bulib, ulardan OQATS, chap koronar arteriya, o‘ng va o‘ng proksimal koronar arteriya va bir tomirli zararlanishlar mavjudligi aniqlangan.
Ilmiy yangilikning ahamiyati: TAFI oqsili zararlangan tomir bo‘yicha: 80-90% li zararlanishlar o‘rtasida kuchli korrelyasion bog‘; ikki tomirli va 70-80% li zararlanishlar bilan o‘rtacha musbat korrelyasion bog‘; bir tomirli va 60-70% li zararlanishlar bilan kuchsiz korrelyasion bog‘lanish mavjudligi aniqlandi. Shuningdek, ko‘rsatkichlar kasallikni nisbatan og‘ir kechishi bilan tasdiqlanadi.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent shaxar Olmazor tumani Toshkent tibbiet akademiyasining ko‘p tarmoqkli klinikasiga 20.09.2023-yildagi 102-sonli buyruq hamda Toshkent shaxri Shayxontoxur tumani 40-son oilaviy poliklinikaga 20.09.2023-yildagi 121-buyruq joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi YuIK III-IV FS bemorlarda TAFI oqsilining erta aniqlanishi, bemorlarni ushbu kasallik ortidan nogironlik xavfini olishi va shifokorga kayta murojatlarni kamaytirishiga olib keladi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi YuIK III-IV FS bemorlarda TAFI oqsilining erta aniqlanishi va protein S, trombomodulin miqdorini tekshirish bemorlarni koronaroangiografiya tekshiruvini qayta o‘tkazmasligiga va xar bir bemordan 3.000.000 so‘mni tejashga imkon beradi.
Xulosa: olingan natijalarga ko‘ra trombomodulin, protein S va TAFI oqsilining YuIK mavjud bemorlarda tekshirish, ushbu bemorlarda optimal standart terapiya tanlash orqali qayta gospitalizatsiya va koronaroangiografiya tekshiruvini o‘tkazishni kamaytirish imkonini beradi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Surunkali yurak ishemik kasalligida endogen fibrinoliz omilini baxolash» mavzusidagi ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2023-yil 4-avgustdagi 09-06323-sonli xati yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: bemorlarga individual yondoshgan holda ularda aspiringa rezistentlik holatlari mavjud yoki mavjud emasligi baholanmaganligi, ushbu bemorlarda standart koagulogramma ko‘rsatkichlarda salbiy natijalar aniqlanmagan holatlari mavjud bo‘ldi. Keltirilgan ma`lumotlarga tayangan holda SZSning FS ortib borishi xavfini erta baholash maqsadida plazmada TAFI oqsilini aniqlash taklif etiladi.
Ilmiy yangilikning ahamiyati: birlamchi bo‘g‘in muassasalari tomonidan YuIK bilan kasallangan bemorlarda laborator ko‘rsatkichlarni yaxshilash maqsadida individual endashib antiagregant davo tanlanish lozim.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent shaxar Olmazor tumani Toshkent tibbiet akademiyasining ko‘p tarmoqkli klinikasiga 20.09.2023-yildagi 102-sonli buyruq hamda Toshkent shaxri Shayxontoxur tumani 40-son oilaviy poliklinikaga 20.09.2023-yildagi 121-buyruq joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi aspiringa rezistentlik xolatlari baxolanmagan va standart koagulogramma ko‘rsatkichlarida salbiy og‘ishlar kuzatilmagan xolatlarda plazmada TAFI oqsilini aniqlash, bemorlarda maqsadsiz davomli antiagregant preparatlarni qo‘llashni oldini olib, ularga individual antiagregant davo tanlashga va bu orqali yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan o‘tkir asoratlar va erta o‘lim xavfini kamaytiradi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi berilgan tavsiyamizga amal qilinishda bemorlarda aspiringa rezistentlik aniqlanganda boshqa turdagi antiagregant dori vositasi individual tanlangan holda xar oy uchun 47 300 so‘mni tejash imkonini beradi.
Xulosa: Bemorlarga antiagregant sifatida faqat aspirin ishlatilishi rezistentlik holatini baholamaslik terapiya sifati bo‘lmasligi va FS ortib borishiga olib kelishi mumkin. Bizning tavsiyamizga ko‘ra bemorga individual antiagregant davoni tanlash, bemorlarda samarasiz davoni oldini olish orqali ortiqcha xarajatdan tejaydi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Surunkali yurak ishemik kasalligida endogen fibrinoliz omilini baxolash» mavzusidagi ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2023-yil 4-avgustdagi 09-06323-sonli xati yuborilgan.