Umar Lebbe Atham Lebbe Mohamed Rifkyning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Funksional moylar qo‘shilishi hisobiga yaxshilangan funksional xususiyatlarga ega yogurt va panir pishloq olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.17 – Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/T3259.
Ilmiy rahbar: Serkaev Qamar Pardaevich, texnika fanlari doktori, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Isabaev Ismoil Babadjanovich, texnika fanlari doktori, professor; Qarshiev Tolib Obloevich, biologiya fanlari nomzodi, dotsentm.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: maxsus qo‘shimchalar qo‘shilgan sutni qayta ishlash bilan funksional xususiyatlari yaxshilangan yogurt va Panir pishlog‘i olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yogurt resepturasiga 300 mkl/kg gacha inkapsulyasiyalangan funksional moyli (sarimsoq, korisa, qora sedana va gvozdikali) emul`siyalar qo‘shish, mahsulotning teksturasi va organoleptik xususiyatlarini yaxshilashi asoslanib, patogenlar o‘sishini ingibirlashi hisobiga saqlanish muddatini 30 kungacha uzaytirishi isbotlangan;
achitqini 2,5 soat 42 C haroratda inkubatsiyalash bilan protokooperatsion rostlash, meyyorlarda sut kislotasi ishlab chiqarilgandan so‘ng antibioz yo‘li bilan bakteriyalar o‘sishini to‘xtatib, yogurt ta’mi va hidini boshqarish jarayonini asoslangan;
quritilgan moringa barglari kukunining tarkibida zeatin, kversitin, kempferom va boshqa fitokimyoviy moddalar kompleksining mavjudligi bilan antimikrob va antibakterial xususiyatlari aniqlanib, panir pishlog‘iga 1,5 % mass. qo‘shilganda 30 kunlik saqlash jarayonida achitqi va mog‘orlarni 1,81102 KOE/g gacha (nazorat namunalariga nisbatan 3 barobargacha) kamayishi isbotlangan;
koagulyant sifatida ishlatiladigan reaksion qobiliyati past kislotada yumshoq konsitensiyali, silliq va aksincha, reaksion qobiliyati yuqori kislota bilan qattiq konsistensiyali, dag‘al teksturali Panir pishlog‘i hosil bo‘lishi aniqlangan;
pishloqni chiqish darajasi bilan koagulyant miqdori va konsentratsiyasi orasidagi bog‘liqlik aniqlanib, kislota miqdori oshib borishi bilan mahsulot chiqishi kamayishi isbotlangan;
sut mahsulotlari tarkibiga sarimsoq: o‘simlik moylari (GEO: VO) mikrokapsulalari inkapsulyasiya qilinishi patogen E.coli va S.aureus bakteriyalariga nisbatan antimikrob faollik ko‘rsatishi aniqlangan;
tarkibida 20% gacha jo‘xori moyi bo‘lgan sarimsoq: o‘simlik moylari aralashmasini inkapsulyasiyalashda yog‘li va suvli fazalar zichligi o‘rtasidagi farq hisobiga yuqori emul`sion turg‘unlik aniqlan va Ostval`d etilishi ta’siridagi fazaviy ajralishni to‘xtatishi isbotlangan;
maxsus qo‘shimchalar qo‘shilgan sutni qayta ishlash bilan funksional xususiyatlari yaxshilangan yogurt va Panir pishlog‘i olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Maxsus qo‘shimchalar qo‘shilgan sutni qayta ishlash bilan funksional xususiyatlari yaxshilangan yogurt va Panir pishlog‘i olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
funksional yogurtlar ishlab chiqarish texnologiyasi «Shahrixon sut» MChJ korxonasida ishlab chiqarish amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston «Oziq-ovqat sanoati uyushmasi»ning 2023 yil 21 noyabrdagi 21-99/11-23 ma’lumotnomasi). Natijada, jo‘xori moyi bilan mikrokapsulalangan korisa, sarimsoq va sedana moylari emul`siyalari qo‘shilib, patogen mikroorganizm-lari ingibirlangan, stafilokokklari 2 martagacha kamaytirilgan yogurtlar ishlab chiqarish imkonini bergan; 
Funksional qo‘shimcha - aloevera sharbati qo‘shilgan yogurt ishlab chiqarish texnologiyasi «Shahrixon sut» MChJ korxonasi ishlab chiqarish amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston «Oziq-ovqat sanoati uyushmasi»ning 2023 yil 21 noyabrdagi 21-99/11-23 ma’lumotnomasi). Natijada, tarkibida 6 ml/l gacha aloevera ekstrakti saqlovchi, yuqori barqarorlikka ega yogurt ishlab chiqarish imkonini bergan;
quritilgan murunga bargi kukuni, qora murch va ziravorlarning qovurilgan aralashmasi qo‘shilgan Panir pishlog‘i olish texnologiyasi «Milkolino Products» MChJ korxonasi ishlab chiqarish amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston «Oziq-ovqat sanoati uyushmasi»ning 2023 yil 21 noyabrdagi 21-99/11-23 ma’lumotnomasi). Natijada, istemol bozorida yangilik hisoblangan funksional qo‘shimchali Panir pishlog‘ini ishlab chiqarish imkoni bergan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish